|
Ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik innovatsiya nima? “Innovatsiya
|
bet | 1/3 | Sana | 05.09.2024 | Hajmi | 4,16 Mb. | | #270316 |
Bog'liq innovatsiya
Ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan pedagogik innovatsiya
INNOVATSIYA - NIMA?
“Innovatsiya” tushunchasi lotin tilidan olingan bo’lib (in-ga, novus-yangi), “yangilanish”, “o’zlashtirish”, “qandaydir yangilikni kiritish”, “yangini joriy qilish”, “yangilik kiritish” ma’nolarini beradi. O’z navbatida “yangi” so’zi ushbu tushunchaning asosiy yadrosini tashkil etadi. Odatda¸ yangilanish tushunchasi ta’limda ko’p hollarda o’zgartirish tushunchasi bilan sinonimdir. Agar ushbu o’zgartirish keng qamrovli bo’lsa va butun ta’lim tizimini o’zgartirsa, unda «islohot» tushunchasi bilan izohlanadi. Lekin barcha o’zgarishlarni yangilik deb qarash to’g’ri bo’lmaydi. CHunki yangilik o’zida avval boshidanoq qo’yilgan vazifalarning yangilanishini maqsad qilib qo’yadi.
Innovatsiya – bu ma’lum bir bosqich asosida rivojlanadigan jarayondir. U bir nechta ma’nodagi tushunchalarni beradi:
1. Innovatsiya bu – ta’limning yangi mazmuni, shakl va metodlarini ishlab chiqish.
2. Yaratilgan pedagogik tizimni joriy etish va ommalashtirish.
3. Ta’lim muassasani boshqarish va rivojlantirishning yangi texnologiyasini ishlab chiqish.
4. Tajriba-sinov ob’ekti sifatida.
5. Yaxlit pedagogik jarayonni innovatsiyalash.
6. Yangiliklarning qo’llanilish darajasini yangi mahsuldorliklar bilan o’zgartirish bosqichi.
Innovatsion faoliyat - maksimal maqsadli natija olishga qaratilgan, ta’limiy jamoani harakatga keltiruvchi kuchdir. Innovatsiya esa tizimli, yaxlit va davomli bo‘lib, faoliyatni loyihalaydi, yangicha yo‘nalishlarni, yangi texnologiyalarni yaratib, faoliyatga qo‘llab yangi sifat natijalariga erishishni ko‘zlaydi. Innovatsion ta’limiy faoliyatda qo‘llanadigan har qanday yangilik innovatsiya bo‘la olmaydi. Qachonki ma’lum yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa va uning natijasi aynan tizimi rivojlanishiga va takomillashuviga yoki uning o‘zgarishiga, olib kelsagina, uni innovatsiya deyish mumkin.
Pedagogning innovatsion faoliyati xususiyatlari olimlar fikrlariga tayangan holda, quyidagilarni innovatsion faoliyatning asosiy belgilari deb hisoblash mumkin:
- ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish;
- ta’limiy tadqiqot metodlarini egallash;
- mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyati;
- o‘zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo‘llay olish;
- hamkasblar bilan hamkorlik;
- fikr almashish va metodik yordam ko‘rsata olishlik;
- ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish;
- yangiliklarni izlab topish
Innovatsion faoliyat davrida yangiliklar, innovatsiyalar, o‘zgarishlar, moslashtirishlar ta’lim jarayoniga kirib keladi. Shu sababli ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni ta’limiy jarayonga kiritish 4 bosqichda amalga oshiriladi:
|
| |