|
Pedagogik innovatsiyalarni baholashning umumiy jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin
|
bet | 2/3 | Sana | 05.09.2024 | Hajmi | 4,16 Mb. | | #270316 |
Bog'liq innovatsiyaPedagogik innovatsiyalarni baholashning umumiy jihatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- baholanayotgan yangilikning dolzarbligi;
- yangilikning ta’lim muassasasi rivojining umumiy g’oyasiga mosligi;
- yangilik kiritishning natijaviyligi;
- g’oyaning innovatsion salohiyati;
- g’oyaning metodik ishlanganligi;
- yangilik o’zlashtirilayotgan muassasaning salohiyat darajasi;
- yangilikka munosabati bo’yicha turli guruhdagi o’qituvchilarning qiziqishlari darajasi;
- o’zlashtirish uchun zarur vaqt;
- yangi g’oyani o’zlashtirish uchun sarflanadigan moliyaviy va moddiy-texnik ta’minot;
- tashkiliy shart-sharoitlar;
- me’yoriy-huquqiy ta’minlanganlik;
- pedagogika nazariyasi va amaliyotining so’nggi yutuqlariga mosligi
Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlariga munosabatiga ko’ra pedagogik innovatsiyalarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
- ta’lim maqsadi va vazifalari bilan bog’liq pedagogik innovatsiyalar. Masalan, “identiv o’quv maqsadlarini o’quv vazifalariga aylantirish”;
- ta’lim va tarbiya mazmuni bilan bog’liq innovatsiyalar. Masalan, “ta’lim mazmunini integratsiyalash va differentsiyalashtirish”, “axborotlashtirish va prognozlash”;
- ta’limning shakl, metod, vosita va texnologiyalari bilan bog’liq innovatsiyalar. Masalan, noana’naviy dars shakllari, interfaol metodlar, mulьtimedia vositalari, ta’limning samarali texnologiyalari (modulli ta’lim texnologiyalari, madaniy-insonparvarlik yondashuv texnologiyalari);
- ta’lim olganlikni tashxis etish bilan bog’liq innovatsiyalar. Masalan, o’quv portfoliolari;
Innovatsion faoliyatning maqsadi –
birinchidan, kutilgan natijaga erishish vaqtini aniqlash, ikkinchidan, belgilangan muddatda uni qo’lga kiritish imkoniyatlari, uchinchidan, maqsadga erishishdagi sub’ektining yo’nalganliligi, to’rtinchidan, olingan natijani kutilayotgan bilan taqqoslash imkonini beruvchi yangilikning ta’lim jarayonining innovatsiyalanayotgan qismini o’zgartirishga qaratilishidir.
Innovatsion faoliyatning vazifasi –
kutilgan natijaga imkon beruvchi ta’lim jarayonining innovatsiyalanayotgan qismining avvalgi va uni o’zgartirishga qaratilgan yangi modelining holatini o’zida aks ettirishidadir.
Innovatsion faoliyat shakli–
Deganda mazkur jarayon sub’ektlarning maqsadga erishish uchun tashkil etilgan faoliyati tuzilishini o’zaro muvofiqlashtirish, innovatsion faoliyat metodi deganda esa, uning maqsadga erishish yo’lidagi, ma’lum bir ma’nodagi tizim faoliyatini tartibga solinishi tushuniladi.
Innovatsion faoliyat natijasi ob’ektning yangilanishidagi aniq o’zgarishlarni o’zida aks ettirib, erishilgan natijalarni baholashda uch guruh mezonlaridan foydalaniladi:1) sifat mezonlari; 2) samaradorlik mezonlari; motivatsiya mezonlari.
O’qituvchi innovatsion faoliyatining shakllanishidagi birinchi bosqichda quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:
pedagogik faoliyatda ijodiy yo’nalishni shakllantirib borish;
pedagogik jarayonda sub’ekt-sub’ekt hamkorligini yo’lga qo’yish;
pedagoglik kasbini rivojlantirish va bunga qiziqishni orttirib borish;
keng qiziqish doirasini shakllantirish, pedagogik muloqotda ochiqlikni ta’minlash;
“men-g’oyalar” ijodiy fikrlash yo’nalishini rivojlantirib borish;
pedagogik vazifalarni hal etishga ijodkorlik bilan yondashuv, tahlil qilish malakalarini rivojlantirib borish;
ijodiy ishlash texnologiyasini shakllantirish.
O’qituvchilarda innovatsion faoliyatni shakllantirishning ikkinchi bosqichida quyidagi vazifalar bajarilishi lozim:
pedagogik faoliyatni kreativ rivojlantirish;
ma’naviy-madaniy bilimlarni oshirish;
pedagogik yangiliklarni o’zlashtirish ehtiyojini shakllantirish;
pedagogik reflektsiyani rivojlantirish;
yangi turdagi faoliyat sifatida innovatsion axborot fonlini shakllantirish.
|
| |