|
Innovatsion faoliyat shakllanishining uchinchi va to’rtinchi bosqichlarida quyidagi vazifalarni bajarish lozim
|
bet | 3/3 | Sana | 05.09.2024 | Hajmi | 4,16 Mb. | | #270316 |
Bog'liq innovatsiyaInnovatsion faoliyat shakllanishining uchinchi va to’rtinchi bosqichlarida quyidagi vazifalarni bajarish lozim:
Innovatsion jarayonlarni boshqarish tamoyillari:
- shaxsga yo’naltirilgan, jamoa a’zolari ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan insonparvarlik tamoyili.
- ta’lim muassasasining strategik rivojlanishini aks ettiruvchi qadriyatga yo’naltirilganlik tamoyili;
- ta’lim muassasasining ichki va tashqi ehtiyojlarini o’zgarib borishini inobatga olishni taqozo etuvchi bashoratga yo’naltirilganlik tamoyili;
- innovatsiya sub’ektlari qiziqishini va uni amalga oshirish imkoniyatini hosil qiluvchi ta’lim muassasasi rivojlanishining maqsadga yo’naltirilganlik tamoyili;
- pedagogik jamoaning muhokama, ishlab chiqish va boshqaruv qarorlarini ta’lim muassasasi ichki boshqaruvining barcha bo’g’inlarida erkin ravishda amalga oshirishga yo’naltirilgan demokratlashtirish tamoyili;
- innovatsion jarayonlarning muvofiqlashtirilganligi, uning rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim muassasasi faoliyatining barqarorlikka yo’naltirilganlik tamoyili;
- ta’lim muassasasidagi muammolarini aniqlash, ularning qamrovlik darajasini va chuqurligini o’lchash, o’z vaqtida qarorlar qabul qilish, pedagogik jamoaning kuchini muammoni yechishga safarbar qilishga qaratilgan muammo yechimi topishga yo’naltirilganlik tamoyili;
- ta’lim muassasasidagi muammolarni muxokama qilish imkoniyatlari va ularni hal qilish vakolatiga ega shaxslar va tashkilotlarning ishtirok etishini taqozo etuvchi tashqi muhit ta’sirining ochiqligi tamoyili;
- ta’lim muassasasi jamoasining innovatsion jarayon natijalari va yo’nalishi haqidagi ma’lumotlardan xabardor bo’lish huquqiga ega bo’lish tamoyili;
- innovatsiya sub’ektlari faoliyatini integratsiyalash va umumiy tarzda innovatsion dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan tizimlilik tamoyili;
- ta’lim muassasasida yangidan o’zgartirishlar kiritishga talab etuvchi pedagogik jarayon tarkibiy qismlarining istiqbolli yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish tamoyili;
- kontseptual qarashlarga yo’nalganlik va aynan boshqaruv faoliyati tuzilishini aniqlash, boshqaruv tizimini tashkiliy tuzilishini tashkil etish, boshqaruv texnologiyasini tanlashga doir boshqaruv harakatining to’liqligi tamoyili;
- ta’lim muassasasi rivojlanishi doirasida boshqaruv ta’sirini innovatsion jarayonga moslik tamoyili.
E’tiboringiz uchun rahmat!!!!
|
| |