Mashinasozlik sanoati korxonasini qurish uchun maydon tanlash




Download 28,65 Kb.
bet2/7
Sana03.02.2024
Hajmi28,65 Kb.
#150855
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Asosiy talablar-fayllar.org

2. Mashinasozlik sanoati korxonasini qurish uchun maydon tanlash
QMQ 3. 01. 02 - 00 sanitar me'yorlari bo'yicha mashinasozlik sanoati korxonalari xavflilik darajasi bo'yicha besh sinfga bo'linadi. Bu sinflarni asosan ana shu sanoat korxonasi tomonidan atrof-muhitga chiqarib yuborilayotgan zararli moddalar miqdori belgilaydi.
  1. sinfga cho'yan quyuvchi domna pechlarining umumiy hajmi 1500 m3 dan ortiq bo'lgan va rangli metallarni bir yilda 3000 tonnadan ortiq miqdoriga ishlov beradigan yoki marten va konventor pechlari yordamida bir yilda 1000 000 tonnadan ortiq po'lat eritish quwatiga ega bo'lgan sanoat korxonalari kiradi.


  2. sinfga xuddi shunday sanoat korxonasi, ammo kamroq quwatga ega bo'lgan, ya'ni po'lat eritish yiliga 1000 000 tonnagacha, umumiy domna pechlarining hajmi 500 dan 1500 m3 gacha bo'lgan, shuningdek, rangli metallarga ishlov berish quvvati 1000 dan 3000 tonnagacha bo'lgan yoki 20 000 tonnagacha miqdorda cho'yan quymalari ishlab chiqaradigan sanoat korxonalari kiradi.


  3. sinfga cho'yan erituvchi domna pechlarining umumiy hajmi 500 m3 gacha bo'lgan 10 000 tonnadan 20 000 tonnagacha cho'yan quymalari ishlab chiqarish quwatiga ega bo'lgan, shuningdek, 1000 tonnagacha rangli metallarga ishlov berish imkoniyatiga |ga bo'lgan yoki simob ishlatish yo'li bilan har xil asboblar ishlab chiqaradigan (simobli elektr tokini to'g'rilagichlar, lampalar va h.k.) sanoat korxonalari kiradi.


  4. sinfga uncha katta bo'lmagan quyuv va metallarga qizdirib ishlov beradigan sexlaiga ega bo'lgan, shuningdek, metall elektrodlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan sanoat korxonalari kiradi.


  5. sinfga quyuv sexlariga ega bo'lmagan, ammo qizdirilgan va cho'g'lantirilgan holatdagi metallarga ishlov berishga moslashtirilgan, shuningdek, metallarga sovuq holda ishlov beriladigan sanoat korxonalari kiradi.


Sanoat korxonalarini aholi yashash punktlarida maxsus belgilangan maydonga joylashtiriladi. Bunda sanoat korxonasi joylashgan maydon aholi yashaydigan punktga nisbatan shamolning bosh yo'nalishiga qaramaqarshi tomonda bo'lishiga e'tibor beriladi. Agar iloji bo'lsa, sanoat korxonasi quriladigan maydon aholi yashaydigan punktdan birmuncha olisroqda joylashtirilgani ma'qul. Bu holda ham, albatta shamolning bosh yo'nalishi hisobga olinishi va sanoat korxonasi aholi yashaydigan punktga nisbatan shamol yo'nalishida bo'lishi maqsadga muvofiqdir.


Sanoat korxonasi bilan aholi yashaydigan punkt oralig'idagi masofa sanitar-muhofaza oralig'i deb ataladi. Bu sanitar-muhofaza oralig'i sanoat korxonalari sinflariga qarab belgilanadi: 50, 100, 300, 500, 1000 m. Sanitar-muhofaza oralig'i ko'kalamzor-lashtirilgan va sog'lomlashtirish chora-tadbirlari belgilangan bo'lishi kerak. Sanitar-muhofaza oralig'iga doimiy yashash joylari, dam olish joylari tashkil qilish, shuningdek, issiqlik hosil qilish va boshqa sanoat inshootlarini qurishga yo’l qo'yilmaydi. Bu oraliqlarga yong'inga qarshi depo, avtotransport turish joylarini qurishga ruxsat etiladi. Ammo bu qurilishlar oraliq ko'kalamzorlariga zarar keltirmasligi shart.
Sanoat korxonasini aholi yashaydigan punktga nisbatan joylashtirish va sanitar-muhofaza oraliqlarini belgilashdan tashqari uning maydonini tekislash, rejalashtirish ishlarini amalga oshirish kerak. Bunda yomg'ir, qor suvlarini to'xtamay oqib ketish yo'llari, korxonada ishlatib ifloslangan suvlarni yig'ish va tozalashni yo'lga qo'yish, yer osti suvlarini darajasini belgilash, toshqin va boshqa holatlarda sanoat korxonasini suv bosib ketmasligini ta'minlash zarur. Bundan tashqari quyosh nurlarining sanoat korxonasi binolarini iloji boricha ko'proq yoritishini ta'minlovchi vositalar hamda sanoat korxonalari xonalarini iloji boricha yaxshiroq tabiiy shamollatish vositalari bilan ta'minlashga e'tibor berilishi kerak.

Download 28,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 28,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mashinasozlik sanoati korxonasini qurish uchun maydon tanlash

Download 28,65 Kb.