|
-MAVZU: DASTURLAR VA APPARAT TA’MINOTI, INTERFEYS TUSHUNCHASI, UNING TURLARI
|
bet | 2/46 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 13,72 Mb. | | #249645 |
Bog'liq davlat pedagogika instituti2-MAVZU: DASTURLAR VA APPARAT TA’MINOTI, INTERFEYS TUSHUNCHASI, UNING TURLARI
Reja:
Kompyuterning dasturiy ta`minoti
Sistemaviy dasturiy ta`minot
Amaliy dasturiy ta`minot
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari
Kompyuterning dasturiy ta`minoti bilan tanishib chiqaylik. Barcha dasturiy ta`minotlarni uchta kategoriya bo’yicha tasniflash mumkin:
sistemaviy dasturiy ta`minot;
amaliy dasturiy ta`minot;
dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari
Sistemaviy dasturiy ta`minot (Sistem software) —kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta`minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta`minot (Application program package) — bu aniq bir predmet soxasi bo’yicha ma`lum bir masalalar sinfini yechishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari — yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir.
Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya`ni ular dasturlarni ishlab chiqish(shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.
Sun`iy intellekt tizimlari. Bu soxadagi izlanishlarni turt yunalishga bo’lish mumkin:
— Ijodiy jarayonlarni imitatsiya k.iluvchi tizimlar.
Ushbu yunalish kompyuterda uyinlarni (shaxmat, shashka va h.k.) avtomatik tarjima qilishni va boshqalarni amalga oshiradigan dasturiy ta`minotni yaratish bilan shugullanadi.
—Bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar.
Ushbu yunalishdagi muhim natijalardan biri ekspert tizimlarning yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun`iy intellekt tizimlarini ma`lum va kichik soxdparning eksperti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin. — EHM larning yangi arxitekturasini yaratish.
Bu yunalish sun`iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EHMlari) ni yaratish muammolarini urganadi. — Intellektual robotlar.
Bu yunalish oldindan quyilgan manzil va maqsadga erisha oladigan intellektual robotlar avlodini yaratish muammolari bilam shugullanadi.
|
| |