|
SHKning asosiy bloklari va ularning vazifalari. Shaxsiy kompyuterning tuzilishi
|
bet | 14/46 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 13,72 Mb. | | #249645 |
Bog'liq davlat pedagogika institutiSHKning asosiy bloklari va ularning vazifalari. Shaxsiy kompyuterning tuzilishi
SHKning asosiy bloklari va ularning vazifalarini kо‘rib chiqamiz.
Mikroprotsessor (MP). Bu, SHKdagi markaziy blok bо‘lib, mashinaning barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mо‘ljallangan.
Mikroprotsessor tarkibiga quyidagilar kiradi: boshqaruv qurilmasi (BQ) – oldin bajarilgan operatsiyalarning natijalari va ayni fursatda bajarilayotgan operatsiyadan kelib chiqadigan muayyan boshqaruv signallarini (boshqaruv impulslarini) shakllantirib, mashinaning barcha bloklariga zaruriy fursatlarda uzatib boradi; bajarilayotgan operatsiyada foydalaniladigan xotira uyalarining manzillarini shakllantirib, ularni EHMning tegishli bloklariga uzatadi; mazkur boshqaruv qurilmasi impulslarning asosiy izchilligini taktli impulslar generatoridan oladi; arifmetik-mantiqiy qurilma (AMQ) – sonli va belgili axborot bilan bajariladigan barcha arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mо‘ljallangan (SHKning ayrim modellarida operatsiyalar ijrosini jadallashtirish uchun AMQga qо‘shimcha matematik soprotsessor ulanadi); mikroprotsessor xotirasi (MPX) – mashina ishining bevosita taktlarida bajarilayotgan hisob ishlarida qо‘llaniladigan axborotni qisqa muddatga yozib olish va aks ettirish (uzatish) uchun xizmat qiladi. Negaki, asosiy xotira qurilmasi (AXQ) doim ham tez ishlovchi mikroprotsessor samarali ishlashi uchun zarur bо‘ladigan axborot yozish, qidirish va hisoblab
chiqarish tezligini ta’minlay olmaydi; registrlar – uzunligi turlicha bо‘la oladigan tez ishlovchi xotira uyalari (standart uzunligi 1 bayt ga teng va ish tezligi ancha past bо‘lgan AXQ uyalaridan farq qiladi); mikroprotsessorning interfeys tizimi –
SHKning boshqa qurilmalari bilan ulanib, aloqa bog‘lashni ta’minlaydi; о‘z ichiga MPning ichki interfeysi va xotirada saqlovchi bufer registrlarni hamda kiritishchiqarish portlari (KCHP) va tizim shinasini boshqarish sxemasini mujassam etadi. interfeys (ingl. interface) – kompyuterda mavjud qurilmalarni о‘zaro ulab, ular о‘rtasida aloqa bog‘lash va unumli hamkorligini ta’minlash uchun mо‘ljallangan vositalar majmui. kiritish-chiqarish porti (ingl. I/O – Input/Output port) – mikroprotsessorga SHKning boshqa qurilmasini bog‘lash imkonini beruvchi ulash apparati.
Mikroprotsessor , boshqacha nomi – markaziy protsessor (MzP).
Markaziy protsessor (CPU, ingl. Central Processing Unit) – kompyuterning dastur tomonidan berilgan arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradigan asosiy ish komponenti bо‘lib, hisoblash jarayonini boshqaradi va kompyuterda mavjud barcha qurilmalar ishini muvofiqlashtiradi. Aksariyat hollarda MzP о‘z ichiga: arifmetikmantiqiy qurilmani; ma’lumotlar shinalari va manzillar shinalarini; registrlarni; komandalar hisoblagichini;kesh – kichik hajmli (virtual) xotiraga juda tez (8 dan 512
Kbaytga qadar) saqlash qurilmasini; nuqtasi о‘zgaruvchan sonlarning matematik soprotsessorini mujassam etadi.
|
| |