• Intel mikroprotsessorlari
  • -MARUZA: YARIM O‘TKAZGICHLI MIKROELEKTRONIKANING FIZIK ASOSLARI




    Download 13,72 Mb.
    bet15/46
    Sana22.05.2024
    Hajmi13,72 Mb.
    #249645
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46
    Bog'liq
    davlat pedagogika instituti

    7-MARUZA: YARIM O‘TKAZGICHLI MIKROELEKTRONIKANING FIZIK ASOSLARI
    Reja:

    1. Kompyuterning funksional jihatdan tuzilishi

    2. SHKning asosiy bloklari va ularning vazifalari. Shaxsiy kompyuterning tuzilishi

    3. Mikroprotsessorlarning turlari

    Zamonaviy protsessorlar mikroprotsessorlar kо‘rinishida tayyorlanadi. Jismonan mikroprotsessor integral sxema kо‘rinishidan iborat, ya’ni u umumiy maydoni atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan tо‘g‘ri burchak shaklga ega kristall holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi kо‘rinishida tayyorlangan bо‘lib, ustiga protsessorning barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu kristall-plastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni bо‘lishi uchun metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi.
    Hisoblash tizimida parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar bо‘lishi mumkin.
    Bunday tizimlar – kо‘p protsessorli tizimlar deb ataladi.
    Eng birinchi MP-4004 rusumli mikroprotsessor 1971 yilda Intel firmasi (AQSH) tomonidan ishlab chiqarilgan. Bugungi kunda mikroprotsessorlarning bir necha yuzlab turi tayyorlanadi, biroq ular orasida Intel va AMD firmalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mikroprotsessorlar eng kо‘p tarqalgani mikroprotsessorlar deb e’tirof etilmoqda.
    Intel mikroprotsessorlari
    Baliq ovida qо‘llaniladigan elektron xо‘rak bilan о‘quvchi ishlatadigan shaxsiy
    kompyuter о‘rtasida qanday umumiylik bor? Ikkalasining zamirida Intel mikroprotsessorlari mavjud. Mikroprotsessorlar tо‘g‘risida gap borganda kо‘pchilik shaxsiy kompyuterni tasavvur qiladi. Biroq ilk protsessorlar kundalik hayotda keng qо‘llaniladigan kо‘plab mexanizm va asbob-uskunalar ichiga о‘rnatilgan edi. 1971 yili Intel kompaniyasi о‘zining eng birinchi mikroprotsessorini havola etganida, ushbu texnologiya kelajakda qanday murakkab apparatlar yaratilishiga olib kelishini о‘shanda hech kim hayoliga ham keltirmagan edi.
    Protsessor qо‘llanilgan ayrim sohalarni sanab о‘tamiz:

    • svetofor kontrolleri

    • interfaol о‘yinchoqlar - radiomodem

    • sun’iy yо‘ldosh orqali aloqa

    • avtomobilda qо‘llaniladigan raqamli navigatsiya tizimi

    • avtomobilda qо‘llaniladigan о‘t oldirish va yoqilg‘i yetkazish tizimini boshqarish

    • printerlar

    • ovoz rejissyorining pulti

    • lokomotivlar (dvigatelning elektr ta’minotini nazorat qilib borish uchun qо‘llaniladi)

    • interfaol sezuvchan (sensorli) videoekran

    • kompyuterli terminal klaviaturasi

    • kо‘chmas disk

    • elektr energiyasi sarfi ustidan nazorat

    • texnologik nazorat (ishlab chiqarish jarayonining sharoitlari, jumladan harorat, bosim yoki materiallar sarfi ustidan nazorat)

    • baliq ovida qо‘llaniladigan elektron xо‘rak

    • elektron gitara, organ, sintezator

    • geliyli detektor

    • sport trenajyorlari

    • darts elektron о‘yini

    • tadqiqot asboblari

    • dengiz kemalari shvartovka muftalarining kontrollerlari

    • start blokining sensorlari (yengil atletikada falstartning (komanda berilmasdan oldin olingan startning) oldini olish uchun qо‘llaniladi)

    • kompyuter-kassa tizimlari

    • uyali aloqa (qо‘l) telefon apparatlari

    • kabelli televideniyening dekoderi

    • faksimil aloqa apparati

    • sun’iy yо‘ldoshdagi qabul qurilmasi

    • tibbiyot jihozlari

    • bemorlar holati ustidan nazorat qilish tizimi

    • savdo-sotiqda qо‘llaniladigan avtomatlar

    • duradgorlikda qо‘llaniladigan elektron adilak (shayton)

    • nusxakash uskunalar

    • shtrix-kodli printer

    • robot qо‘li

    • yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda kо‘paytirish (hayvonning terisi ostiga о‘zining yaqin qarindoshi bilan chatishtirilishiga yо‘l qо‘ymaslik uchun olimlar foydalanadigan genetik axborotga ega juda kichik mikrosxemalar ulanib, bitkazib yuboriladi)


    Download 13,72 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   46




    Download 13,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -MARUZA: YARIM O‘TKAZGICHLI MIKROELEKTRONIKANING FIZIK ASOSLARI

    Download 13,72 Mb.