|
MIKROPROSESSORLARNING ISHLASH VA FAOLIYAT KO‘RSATISH IMKONIYATLARI
|
bet | 18/46 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 13,72 Mb. | | #249645 |
Bog'liq davlat pedagogika institutiMIKROPROSESSORLARNING ISHLASH VA FAOLIYAT KO‘RSATISH IMKONIYATLARI
Reja:
8008 rusumli mikroprotsessor
286 rusumli mikroprotsessor
Intel 386 rusumli mikroprotsessor
MMX texnologiyasiga ega protsessorlar
Mikroprosessorlarning ishlash imkoniyatlari
Mikroprosessorlarning faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlari
Qo’shimcha integral mikrosxemalar
8008 rusumli mikroprotsessor
1972 yili Intel kompaniyasi о‘zining navbatdagi mikroprotsessorini ishlab chiqardi. Ushbu mikroprotsessorning quvvati о‘tmishdoshining quvvatidan ikki hissa ortiq eti. Hisoblash texnologiyalarining jonbozi Don Lankaster (Don Lancaster) shaxsiy kompyuter prototipini ishlab chiqishda kiritish-chiqarish terminali sifatida 8008 rusumli protsessorni qо‘lladi.
8080 rusumli mikroprotsessor
1974 yili chiqarilgan 8080 rusumli mikroprotsessor korporatsiyaga chinakam muvaffaqiyat keltirdi. Tashqi xotira “stek ”ining (rus. “stek”) paydo bо‘lishi ayni shu mikroprotsessor bilan bog‘liq bо‘lib, kiritilgan har qanday dasturdan foydalanish imkonini yaratdi. Ushbu protsessor “Altair” rusumli birinchi shaxsiy kompyuterning
“miya”si sifatida qо‘llandi.
8086-8088 rusumli mikroprotsessor
1978 yili Intel firmasi birinchi bо‘lib 16 bitli 8086 rusumli mikroprotsessorni ishlab chiqardi. Ushbu mikroprotsessor 80x86 deb nom olgan butun boshli mikroprotsessorlar oilasining ajdodi bо‘ldi. Sal о‘tgach, uning о‘rniga 8088 rusumli mikroprotsessor kelib, u 16 bitli ichki registrlarga ega va 8086 mikroprotsessorining arxitekturasini takrorlagan bо‘lsa ham, tashqi ma’lumotlar shinasi 8 bitni tashkil etgan. IBM korporatsiyasining endigina tashkil topgan bо‘linmasi shaxsiy kompyuter yaratish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bо‘lib, ushbu bо‘linma tomonidan xarid qilingan mazkur qurilmalarning yirik partiyasi 8088 rusumli protsessorni IBM PC ning miyasiga aylantirdi.
|
| |