• Intel 386 rusumli mikroprotsessor
  • Reja: Shaxsiy kompyuterning tashkiliy qismlari




    Download 13,72 Mb.
    bet19/46
    Sana22.05.2024
    Hajmi13,72 Mb.
    #249645
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
    Bog'liq
    davlat pedagogika instituti

    286 rusumli mikroprotsessor
    1982 yili 286 rusumli mikroprotsessorning yaratilishi hisoblash texnologiyalariga oid yangi g‘oyalar ishlab chiqilishida qо‘yilgan navbatdagi katta qadam bо‘ldi. Ushbu mikroprotsessorning 80286 degan nomi ham keng tarqalgan bо‘lib, uni ishlab chiqish jarayonida mikrokompyuterlar va katta kompyuterlar arxitekturalarida erishilgan yutuqlar inobatga olindi. 80286 mikroprotsessori ikki rejimda ishlay oladi, jumladan: real manzil rejimida u 8086 mikroprotsessori ishini bajaradi, virtual manzilning himoyalangan rejimida (Protected Virtual Address Mode) yoki P-rejimda esa dastur tuzadigan mutaxassisga kо‘p imkoniyat va vositalarni havola etadi. 286 rusumli mikroprotsessor Intel firmasining oldin yaratilgan mikroprotsessorlari uchun tuzilgan har qanday dasturni bajarish qobiliyatiga ega birinchi mikroprotsessor bо‘ldi.
    Shu davrdan e’tiboran dasturiy moslik Intel firmasi mikroprotsessorlar oilasini boshqa oilalardan ajratib turuvchi alomati bо‘lganicha qolmoqda.
    Intel 386 rusumli mikroprotsessor
    1985 yili 275000 ta tranzistorga ega, ya’ni tranzistorlar soni eng birinchi 4004 rusumli protsessorga nisbatan 100 barobardan oshib ketgan, bir vaqtning о‘zida bir nechta dasturni amalga oshirish imkoniyatini beradigan “kо‘p vazifali”, 32 razryadli Intel 386 rusumli mikroprotsessor ishlab chiqildi. Mikroprotsessorlar texnologiyasida erishilgan sо‘nggi yutuqlar mujassam etilganiga qaramay 80386 о‘zining ajdodlari
    8086 va 80286 uchun katta miqdorda tuzilgan dasturiy ta’minot bilan obyektli kod bо‘yicha moslikni saqlab qoldi. Uning virtual mashina chiqish xossasi alohida qiziqish uyg‘otadi. Ushbu xossa 80386 mikroprotsessoriga UNIX va MS-DOS singari operatsion tizimlar tomonidan boshqariladigan dasturlar ijrosiga о‘tish imkonini beradi. О‘zining 32 bitli arxitekturasi tufayli Intel 386 rusumli mikroprotsessor katta sonli, ma’lumotlarning katta tuzilishi va katta hajmli dasturlarga (yoki dasturlarning kо‘p soniga) ega va shu kabi operatsiyalar ijrosi bilan tavsiflanadigan “yirik” tizimlarni qо‘llab-quvvatlash uchun zarur bо‘ladigan dasturiy resurslarni ta’minlaydi.

    Download 13,72 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




    Download 13,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Shaxsiy kompyuterning tashkiliy qismlari

    Download 13,72 Mb.