• Arifmetik-mantiqny qurilma
  • Reja: Shaxsiy kompyuterning tashkiliy qismlari




    Download 13,72 Mb.
    bet26/46
    Sana22.05.2024
    Hajmi13,72 Mb.
    #249645
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46
    Bog'liq
    davlat pedagogika instituti

    Mikroprotsessor (MP) shaxsiy kompyuter (SHK) ning markaziy bloki bo’lib, u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan. Mikroprotsessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi.
    Boshqarish qurilmasi (BQ): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini shakllantiradi va bu adreslarni EHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi.
    Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK) — sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan (SHK larning ba’zi modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik soprocessor ulanadi).
    Mikroprotsessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining eng yaqin taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi. Registrlar — turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka ega bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan farqli o’laroq, ).
    Mikroprotsessorning interfeysli tizimi SHK ning boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqa qilish uchun mo’ljallangan,u o’z ichiga MP ning ichki interfeysi,buferli eslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP), boshqarish sxemalari va tizimli shinani oladi.
    Interfeys (interface) — kompyuter qurilmalarini o’zaro moslash va aloqa qurilmalari to’plami bo’lib,ularning o’zaro samarali ishlashini ta’minlaydi.

    Download 13,72 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   46




    Download 13,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Shaxsiy kompyuterning tashkiliy qismlari

    Download 13,72 Mb.