|
Reja: Shaxsiy kompyuterning tashkiliy qismlari
|
bet | 28/46 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 13,72 Mb. | | #249645 |
Bog'liq davlat pedagogika institutiAsosiy xotira (AX) ma’lumotlarni saqlash va mashinaning boshqa bloklari bilan ma’lumotlarni almashish uchun mo’ljallangan. AX ikki xil eslab qoluvchi qurilmani o’z ichiga oladi: doimiy eslab qoluvchn qurilma (DEQQ) va tezkor eslab qoluvchi qurilma (TEQQ).
DEQQ, (ROM — Read Only Memory) O’zgarmaydigan (doimiy) dasturli va ma’lumotnoma axborotlarini saqlash uchun mo’ljallangan; O’zida saqlanayotgan ma’lumotni faqat tezkor o’qish imkonini beradi (DEQQdagi axborotni o’zgartirish mumkin emas).
TEQQ (RAM — Random Access Memory) SHK joriy vaqt oralig’ida bajarayotgan, bevosita axborot-hisoblash jarayonida qatnashayotgan ma’lumotlarni
(dasturlar va ma’lumotlarni) tez yozish, saqlash va o’qish uchun mo’ljallangan.
Asosiy xotiraning asosiy afzalliklari – uning yuqori tezkorligi va xotiraning har bir yacheykasiga aloxida murojaat qilish (yacheykaga bevosita adresli murojaat qilish) imkoniyatidir. Asosiy xotiraning kamchiligi sifatida mashina ta’minoti uzilgandan keyin undagi ma’lumotlarni saqlash imkoniyati yo’qligini (energiyaga borliqligi) ta’kidlash kerak.
Asosiy xotiradan tashqari SHK ning tizimli platasida energiyaga bog’liq bo’lmagan CMOS RAM (Complementary Metall-Oxide Semiconductor RAM) xotira ham mavjud bo’lib, u doimo o’zining akkumulyatoridan ta’minlanadi; unda SHK ning texnikaviyli joylashishi (kompyuterda bor bo’lgan hamma texnikaviyura) to’g’risidagi ma’lumot saqlanib, bu joylashish tizim har safar ulanganda tekshiriladi. Tashqi xotira SHK ning tashqi qurilmasi bo’lib, bu qachondir masalani echish uchun kerak bo’lishi mumkin bo’lgan ma’lumotni uzoq vaqt saqlash uchun ishlatiladi. Xususan, tashqi xotirada kompyuterning butun dasturiy ta’minoti saqlanadi. Tashqi xotira turli xil eslab qolish qurilmalarini o’z ichiga oladi, lekin ulardan eng ko’p tarqalgani, deyarli istalgan kompyuterda mavjud bo’lgan va strukturali sxemada ko’rsatilgan qattiq (QMDY) vaegiluvchan (EMDY) magnit disklardagi yig’uvchilardir.
Bu yig’uvchilarning vazifasi: katta hajmdagi axborotni saqlash, so’rov bo’yicha tezda eslab qoluvchi qurilmaga saqlanayotgan axborotni yozish va uzatish.
QMDY va EMDI faqat konstruktiv (tuzulish) jihatdan, saqlanadigan axborot sig’imi va axborotni qidirish, yozish va o’qish vaqti bilan farqlanadi.
Tashqi xotira qurilmalari sifatida ko’pincha optik diskdagi yig’uvchilar (CDROM — Compact Disk Read Only Memory) va zamonaviy flash xotiralar ishlatiladi.
|
| |