|
-MAVZU. MIKROPROSESSORNING TUZILISHI
|
bet | 31/46 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 13,72 Mb. | | #249645 |
Bog'liq davlat pedagogika instituti9-MAVZU. MIKROPROSESSORNING TUZILISHI
Reja:
Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK)
Mikroprocessning interfeysli qismi
Mikroprotsessor arxitekturasi
Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMK) — sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan (SHK larning ba’zi modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik soprocessor ulanadi).
Arifmetik-mantiqiy qurilma (AMK) axborotni o’zgartirishni arifmetik va mantiqiy amallarini bajarish uchun mo’ljallangan.
Funksional jihatdan AMK, odatda 2 ta registrdan, qo’shuvchidan summator va boshqarish sxemasidan (maholliy boshqarish qurilmasi) tashkil topadi.
Qo’shuvchi — uning kirishiga kelayotgan ikkilik kodlarni qo’shish jarayonini bajaruvchi hisoblash sxemasidir; qo’shuvchi ikkilangan mashina so’zi razryadliligiga egadir.
Registrlar turli uzunlikdagi tez harakat qiluvchi xotira yacheykalaridir: Registr
1 (Rg 1) ikkilangan so’z razryadliligiga, Registr 2 (Rg 2) esa so’z razryadliligiga egadir.
Amallarni bajarishda Rg1 ga amalda qatnashuvchi birinchi son, amal tugagandan keyin esa natija joylashtiriladi; Rg2 ga — amalda qatnashuvchi ikkinchi son joylashtiriladi (amal tugagandan keyin undagi ma’lumot o’zgarmaydi). Registr 1 ma’lumotlarni kodli shinalaridan qabul qilishi va unga ma’lumotlarni berishi mumkin; registr 2 bu shinalarddn ma’lumotlarni faqat olishi mumkin.
Boshqarish sxemasi ko’rsatmalarning kodli shinasi bo’yicha boshqarish signallarini boshqarish qurilmasidan qabul qiladi va ularni registrlarning va AMQ qo’shuvchisining ishlashini boshqarish uchun signallarga o’zgartiradi.
AMQQ: arifmetik amallarini faqat oxirgi razryaddan keyin qayd qilingan vergulli ikkilik ma’lumot ustida, ya’ni faqat butun ikkilik sonlar bilan bajaradi.
Ko’chib yuradigan vergulli ikkilik sonlar va ikkilik-kodlangan o’nlik sonlar ustida amallarni bajarish yo matematik soprocessorni jalb etib, yoki maxsus tuzilgan dasturlar bo’yicha amalga oshiriladi.
Mikroprotsessorli xotira
Mikroprotsessorli xotira (MPX) — uncha katta bo’lmagan sig’imli, lekin o’ta yuqori tezkor xotira — SHK ning eslab qoluvchi qurilmalari bobida qisqacha ko’rib chiqilgan
|
| |