• Bir dasturli rejim
  • Ko’p masalali rejim
  • Paket rejimi
  • Reja: Shaxsiy kompyuterning tashkiliy qismlari




    Download 13,72 Mb.
    bet39/46
    Sana22.05.2024
    Hajmi13,72 Mb.
    #249645
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
    Bog'liq
    davlat pedagogika instituti

    Moslanuvchanlik. Sistema amallari foydalanuvchiga qarab sozlanishi mumkin. Resurslar majmuasi OS effektivligi va samaradorligini oshirish maqsadida ko’paytirish yoki kamaytirilishi mumkin.

  • Kengaytiruvchanlik. Evolyusiya jarayonida OS ga yangi fizik va dasturiy resurslar qo’shilishi mumkin.

  • Aniqlik. Foydalanuvchi sistema interfeys darajasidan pastda sodir bo’ladigan jarayondan bexabar qolishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchi sistema haqida qancha bilgisi kelsa shuncha bilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Bu holatda interfeys sistemasida qabul qilingan qoida va fizik qurilmalar ulanishi va o’zaro bog’liqligining funksional xarakteristikasi asosida amalga oshiriladi.

    Avval qayd etganimizdek - OS ning asosiy vazifasi bu resurslar tahsimoti va kompyuterda ishlashni boshqarishdan iborat. OS foydalanuvchini resurslar tahsimotidan ozod qilib kompyuterni uch xil rejimda ishlashini ta’minlashi mumkin: bir dasturli; ko’p dasturli; ko’p masalali.
    Bir dasturli rejim - kompyuterning barcha resurslari faqat bir dasturga xizmat qiladi.
    Ko’p dasturli rejim (multidastur) - OS bir vaqtning o’zida bir biriga bog’liq bo’lmagan bir necha dasturlarga xizmat qiladi. Bunda resurslar dasturlar o’rtasida o’zaro taqsimlanadi. Multidastur rejimi markaziy prosessor ish vaqti bilan "periferiya" qurilmalari ishini ta’minlashdan iborat. Bu usulning bir dasturli rejimidan afzalligi resurslardan effektiv foydalanish va berilgan masala yechilishini tezlatishdir.
    Ko’p masalali rejim - multimasala rejimi bir vaqtning o’zida bir necha masalaning paralel ishlashini ta’minlash ko’zda tutilgan. Bunda bir masalaning natijasi ikkinchi masala uchun berilganlar majmuasini tashkil qilishi ham mumkin.
    OS yechilayotgan masalalarni bir-biri bilan bog’liqligini rejalashtiradi va nazorat qilib boradi. Ko’p dasturli rejimdan ( dasturlar orasida vaqtni taqsimlash prinsipi) farqli bu yerda barcha masalalar bo’yicha parallel ishlash ko’zda tutilgan. Ko’p masalali rejim faqat multisistemada (bir necha prosessor) tashkil qilinadi.
    OS kompyuter va foydalanuvchi o’rtasidagi vositachi hisoblanadi. OS foydalanuvchi so’rovini analiz qiladi va uni bajarilishini ta’minlaydi. So’rov OS tilida qabul qilingan buyruqlar ketma-ketligi ko’rinishida bo’ladi. OS so’rovlarni turli rejimlarda bajarishi mumkin, shu sababli OS ni quyidagi tiplarga bo’lish mumkin:

    • paket rejimi sistemasi;

    • vaqtni taqsimlash sistemasi;

    • real vaqt sistemasi; - dialog sistemasi.

    Paket rejimi - bu masalalar majmuasiga ishlov beruvchi sistema, ya’ni bir yoki bir necha foydalanuvchi tomonidan tayyorlangan topshiriqlarni bajaruvchi sistema. Masalalar majmuasi kompyuterga kiritilgandan so’ng foydalanuvchi bilan uning masalasi o’rtasida muloqat qilish taqiqlangan. Bunday OS bir dasturli yoki ko’p dasturli rejimlarda ishlashi mumkin.

    Download 13,72 Mb.
  • 1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




    Download 13,72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Shaxsiy kompyuterning tashkiliy qismlari

    Download 13,72 Mb.