|
Reja: Shaxsiy kompyuterning tashkiliy qismlari
|
bet | 38/46 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 13,72 Mb. | | #249645 |
Bog'liq davlat pedagogika institutiDasturlash sistemasi-dasturlash tillari va ularga mos til prosessorlari majmuasidan iborat bo’lib, dasturlarga ishlov berish va sozlashni taminlovchi dasturlar to’plamidan iborat. Dasturlash sistemasining tashkil qiluvchilar (dasturlar) amaliy dasturlar to’plami singari OS boshqaruvi ostida ishlaydi.
Kompyuter resurslari OS boshqaruvi ostida bo’ladi. OS ga ehtiyoj resurslar taqsimoti va ularni boshqarish masalasi zaruriyatidan kelib chiqadi. Resurslarni boshqarishdan maqsad foydalanuvchiga kompyuterdan effektiv foydalanish bilan birga resurslarni boshqarish tashvishidan ozod qilish.
OS quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi talab qilinadi:
Ishonchlilik. OS o’zi ishlayotgan qurilmalar bilan birga ishonchli bo’lishi kerak. OS foydalanuvchi aybi bilan vujudga kelgan xatoni aniqlash, uni taxlil qilish va tiklanish holatida bo’lishi kerak. OS foydalanuvchining o’zi tomonidan qilingan xatodan himoyalashi, hech bo’lmaganda dasturiy muhitga keltiriladigan zararni minimumga olib kelishi kerak.
Himoya. OS bajarilayotgan masalalarni o’zaro bir biriga tasiridan himoyalash kerak.
Bashorat. OS foydalanuvchi so’roviga bashoratchilik bilan javob berishi kerak. Foydalanuvchi buyruqlari sistemada qabul qilingan qoidalar asosida yozilgan bo’lsa, ularning ketma-ketligi qanday bo’lishidan qat’iy nazar natija bir xil bo’lishi kerak.
Qulaylilik. Foydalanuvchiga OS ni taklif qilishdan maqsad resurslarni aniqlash va bu resurslarni boshqarish masalalarini yechishdan ozod qilishdir.
Sistemani inson psixologiyasini hisobga olgan holda loihalash kerak.
Effektivlik. Resurslar taqsimotida OS foydalanuvchi uchun maksimal holda sistema resurslaridan foydalanish darajasini oshirish kerak. Sistemaning o’zi esa iloji boricha kamroq resurslardan foydalanishi kerak. Resurslarning OS tomonidan band qilinishi foydalanuvchi imkoniyatlarini kamaytirishga olib keladi.
|
| |