|
-MAVZU. Operatsion tizimlar va ularning turlari
|
bet | 41/46 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 13,72 Mb. | | #249645 |
Bog'liq davlat pedagogika instituti13-MAVZU. Operatsion tizimlar va ularning turlari Reja:
Operatsion tizimlar haqida tushuncha
Operatsion tizimlar turlari
OS tashqi buyruqlari diskda alohida saqlangan dasturlar yordamida bajariladi.
Ixtiyoriy OS ga turli amallarni bajarishga mo’ljallangan o’nlab dasturlar kiritilgan. Masalan, barcha OS larga kiritilgan qurilma drayveri deb nomlanadigan maxsus rezedent dasturlar kiritish-chiqarish sistemasini to’ldirish uchun qo’llaniladi.
Drayverlar qo’shimcha tashqi qurilmalarni yoki mavjud qurilmalarni nostandart ishlatilishini ta’minlab beradi. Real OS loihalanganda fizik qurilmalar imkoniyatlari foydalanuvchi talabiga to’liq javob bera olmasa maxsus rezedent dasturlar yaratib kompyuter imkoniyatlarini kuchaytirish mumkin.
Mavjud OS ning bir-biridan farqi "sistema darajasi" bilan aniqlanadi. Ya’ni konkret tipdagi kompyuter uchun mos OS qurish (ko’chirish) bilan aniqlanadi.
Bunda OS tan-narxi kompyuter arxitekturasi, unga kirgan qurilmalar, berilganlarni ichki ko’rinishi bilan birga OS tarkibiga kiritilgan imkoniyatlarga bog’liq bo’ladi. +aralayotgan OS larning farqini faqat professional(sistemali) dasturchigina farqlay oladi. Odatda oddiy foydalanuvchiga bunday farqlar sezilmaydi. Bunday farqlar xotira hajmi, berilganlarga ishlov berish vaqti, sistema imkoniyatlari va ishonchliligi bilan aniqlanadi.
Himoya. OS da ishlatiladigan berilganlar himoyalangan bo’lishi kerak. Himoyalanish OS tarkibiga kirgan dasturdan, foydalanuvchi dasturdan va foydalanuvchining biron-bir harakatidan bo’ladi. Har qanday OS o’z tarkibiga kirgan dasturlarni himoyalashi ko’zda tutilgan bo’ladi. Biroq bu himoyalanish buzilishi mumkin, buzilish odatda tashqi aralashuv natijasida amalga oshiriladi. Shu sababli OS tarkibidagi ayrim dasturlarga kirish umuman taqiqlab qo’yiladi. Albatta bunday taqiqni malakali foydalanuvchi "aylanib" o’tishi mumkin, biroq bunday usul tafsiya qilinmaydi.
Effektiv joylashtirish. Berilganlarni qay tartibda joylashtirish sistemaning mukammal ishlashiga omil bo’ladi. Berilganlar pog’ana-pog’ana joylaytiriladi. OS shunday ko’rilganki berilganlar bir biriga yaqin joyda joylashadi. Bunda ko’p ishlatiladigan berilganlar oldingi "fon"da, kamroq ishlatiladiganlar esa keyingi bo’limlarda joylashtiriladi. Albatda joylashtirishda ikkita berilganlar majmuasi o’rtasida bo’sh joy qoldirmaslikka harakat qilinadi. Berilganlar majmuasi orasida bo’sh joy hosil bo’lishi mumkinmi? Ha, mumkin. Bu berilganlarning saqlanishining ichki tuzilishidan kelib chiqadi. OS berilganlarni effektiv joylashtirish uchun shunga o’xshash holatlarni hisobga olgan holda joylashtiradi.
|
| |