|
-MAVZU. Tarmoq operatsion tizimlari. Zamonaviy operatsion tizimlar
|
bet | 45/46 | Sana | 22.05.2024 | Hajmi | 13,72 Mb. | | #249645 |
Bog'liq davlat pedagogika instituti14-MAVZU. Tarmoq operatsion tizimlari. Zamonaviy operatsion tizimlar Reja:
Tarmoq operatsion tizimining strukturasi
Birinchi tarmoq OT lari
Bir rangli tarmoq operatsion tizimi va ajratilgan serverli operatsion tizim
Tarmoq operatsion tizimining strukturasi
Tarmoq operatsion tizimi har qanday hisoblash tarmog‘ining asosini tashkil etadi. Tarmoqdagi har bir kompyuter ma’lum bir darajada avtonom hisoblanadi, shuning uchun tarmoq operatsion tizimi ostida keng ma’noda ma’lumotlar almashish maqsadida о‘zaro aloqa qiluvchi va resurslarni bitta qoida protokollar asosida taqsimlab beruvchi alohida kompyuterlar operatsion tizimlarining yig‘indisi tushuniladi. Tor ma’noda Tarmoq operatsion tizimi – bu alohida kompyuterning unga tarmoqda ishlashni ta’minlab beruvchi operatsion tizimidir.
Lokal resurslarni boshqarish vositalari (lokal OT)
Server qismi Kliyent qismi
Masofadagi resurs va xizmatlarga
Kommunikatsiya (bog‘lanish)
vositalari
Alohida mashinaning tarmoq operatsion tizimida bir qancha qismlarni ajratish mumkin:
Kompyuterning lokal resurslarini boshqarish vositalari: jarayonlar о‘rtasidagi operativ xotirani taqsimlash funksiyalari, jarayonlarni rejalashtirish va dispetcherizatsiyalash, multiprotsessor mashinalarida protsessorlarni boshqarish, periferiya qurilmalarini boshqarish va lokal operatsion tizimi resurslarini boshqarishning boshqa funksiyalari.
Shaxsiy resurslar va hizmatlarni umumiy foydalanishga taqdim etish vositalari - operatsion tizimning server qismi (server). Bu vositalar fayllar va yozuvlarni birgalikda ishlashida kerak bо‘ladigan himoyasini, tarmoq resurslari ismlarini ma’lumotnomasini olib borishni, shaxsiy fayl tizimi va ma’lumotlar bazasiga masofadan ruhsat berish sо‘rovlarini qayta ishlashni, masofadagi foydalanuvchilarni о‘zining periferiya qurilmalariga sо‘rovlari navbatini boshqarishni ta’minlaydi.
Masofadagi resurs va hizmatlarga bо‘lgan ruxsat sо‘rovlari vositasi va ularni ishlatish – OT ning kliyent qismidir(redaktor). Bu qism aniqlanishni va ilovalardan va foydalanuvchilardan sо‘rovlar tarmog‘idagi uzoqlashtirilgan resurslarga qayta yо‘naltirishni bajaradi, shu bilan birga sо‘rov lokal formadagi ilovalardan tushadi, lekin tarmoqqa server talablariga tо‘g‘ri keladigan boshqa formada uzatiladi.Kliyent qism yana server javoblarini qabul qilish va ularni lokal formatga о‘tkazishni ham amalga oshiradi, shuning uchun ilovada lokal va uzoqlashgan sо‘rovlarni bajarishni farqi yо‘q.
OT ning kommunikatsion vositalari yordamida tarmoqda ma’lumot almashinishi rо‘y beradi. Bu qism ma’lumotlarni adresatsiyasi va buferizatsiyasini, tarmoqda ma’lumot uzatish marshrutini tanlash, uzatish ishonchliligi kabilarni ta’minlaydi, ya’ni ma’lumotlarni о‘tkazib qо‘yish vositasi hisoblanadi.
Biror konkret kompyuterga qо‘yilgan funksiyaga qarab uning operatsion tizimida yo kliyent qismi yo server qismi yо‘q bо‘lishi mumkin. 10.2 – rasmda tarmoq komponentlarini о‘zaro aloqasi kо‘rsatilgan. Bu yerda kompyuter 1 “sof” kliyent vazifasini, kompyuter 2 esa “sof” server vazifasini bajaradi, mos ravishda birinchi mashinada server qismi ikkinchi mashinada kliyent qismi yо‘qdir.
Rasmda kliyent qismining redirektor komponentasi alohida kо‘rsatilgan. Xuddi shu redirektor ilovalardan kelayotgan hamma sо‘rovlarni ushlab oladi va ularni tahlil qiladi. Agar berilgan kompyuter resursiga sо‘rov jо‘natilgan bо‘lsa, unda u lokal OT ning taaluqli ost tizimiga qayta adreslanadi, agarda bu sо‘rov uzoqlashtirilgan resursga bо‘lsa, unda u tarmoqqa qayta yо‘naltiriladi.
Bunda kliyent qism lokal formadan tarmoq formatiga о‘tuvchi sо‘rov yaratadi va uni kо‘rsatilgan serverga ma’lumotlar yetkazilishiga javob beruvchi transport ost tizimiga beradi. Komyuter 2 OTning server qismi sо‘rovni qabul qiladi, qayta kо‘radi va uni о‘zining lokal OT sini bajarish uchun berib yuboradi. Natija olingandan keyin, server transport ost tizimiga murojaat qiladi va sо‘rov bergan kliyentga javobni yuboradi. Kliyent qism natijani kerakli formatga о‘tkazadi va uni sо‘rov jо‘natgan dasturga qayta adreslaydi.
Birinchi tarmoq OT lari hozirgi lokal OTlarning yig‘indisidan va uning о‘rnatilgan tarmoq qobig‘idan iborat bо‘lgan. OT ga asosiy tarmoq funksiyalarini bajaruvchi tarmoq qobig‘i uchun kerak bо‘ladigan minimum tarmoq funksiyalari о‘rnatilgan. Bunday yondashishga misol bо‘lib har bir kompyuterda MS DOS operatsion tizimining ishlatilishini olish mumkin (uchinchi versiyasidan boshlab unda fayllarga qо‘shma ruxsatni ta’minlaydigan fayllarini va yozuvlarni qulflash kabi о‘rnatilgan funksiyalari paydo bо‘ldi).
Lokal OT ustidan tarmoq qobig‘i kо‘rinishida tarmoq OTlarini qurish prinsiplari zamonaviy OTlarda ishlatiladi, bularga, masalan, LANtastic yoki Personal Ware kiritish mumkin.
Biroq boshdanoq tarmoqda ishlash uchun mо‘ljallangan operatsion tizimlarni ishlab chiqish yо‘li ancha effektli kо‘rinadi. Bunday OT larning tarmoq funksiyalari ularning asosiy tizim modullari ichiga chuqur о‘rnatilgan bо‘ladi, bu esa ularning logik mukammalligi, oson ishlatilishi va modifikatsiyasi, shuningdek yuqori unumdorligini ta’minlaydi. Bunday OT ga misol qilib Microsoft firmasining Windows NT tizimi hisoblanadi, bu tizim о‘rnatilgan tarmoq vositalari hisobiga ma’lumotlarni ishlab chiqarilishi va havfsizligini shu firmani о‘zidan chiqqan (IBM firmasi bilan birga) LAN Manager OT taqqoslaganda ancha yuqori kо‘rsatkichlarini ta’minlaydi.
Bir rangli tarmoq operatsion tizimi va ajratilgan serverli operatsion tizim
Tarmoq kompterlari о‘rtasida funksiyalarni qanday bо‘linganligiga qarab, tarmoq OT va shu bilan tarmoqlarning о‘zi ham ikkita sinfga bо‘linadi: bir rangli va ikki rangli. Oxirgisini kо‘proq ajratilgan serverli tarmoqlar deb atashadi.
Agar kompyuter о‘zining resurslarini tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilarga taqdim qilsa, unda u server rolini о‘ynaydi. Bunda boshqa mashina resurslariga murojaat qiluvchi kompyuter kliyent hisoblanadi.
- Ajratilgan server
fayl- server
print-server
faks-server – masofadagi server kliyent funksiyasini, yo server funksiyasini, yoki ikkalasining ham
funksiyasini bajarishi mumkin. Agar biror bir server funksiyalarining bajarilishi kompyuterning asosiy vazifasi bо‘lsa(masalan, fayllarni tarmoqdagi foydalanuvchilarga umumiy foydalanishga taqdim etish, faksdan umumiy foydalanshni tashkil qilish yoki tarmoqdagi foydalanuvchilarni о‘zining dasturlaridan foydalanishga ruxsat berish), unda bu kompyuter ajratilgan server deb ataladi. Serverning qaysi resursi ajratuvchi ekanligiga qarab, u fayl –server, faks – server, print – server, ilova server va h.k deb ataladi.
Shubxasiz, ajratilgan serverlarda shunaqa OT ni о‘rnatish maqsadga muvofiqki, ular u yoki bu server funksiyalarini optimal bajarishga yо‘naltirilgan bо‘lishi kerak. Shuning uchun ajratilgan serverli tarmoqlarda tarkibiga server qismlari imkoniyatlari bilan farq qiluvchi bir nechta variantli OTlari kiruvchi tarmoq operatsion tizimlari ishlatiladi. Masalan, Novell NetWare tarmoq OTi fayl – server sifatida ishlaydigan serverli variantiga ega, yana har xil lokal OT lar bilan ishlaydigan ishchi stansiyalar uchun qobig‘inga ega.OT larning boshqa misoli sifatida, tarmoqni ajratilgan serverli qurishga mо‘ljallangan OT Windows NT hisoblanadi. NetWare dan farqli о‘laroq Windows NT ning ikkala varianti, Windows NT Server(ajratilgan server uchun) va WindowsNT Workstation(ishchi stansiyalar uchun) ham kliyet ham server funksiyalarini qо‘llab quvvatlaydi. Lekin Windows NT ning serverli varianti tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilarga kompyuteridagi resurslarini kо‘rsatish uchun kо‘proq imkoniyatlarga ega, chunki u ancha keng funksiyalarni bajarishi mumkin, katta miqdordagi kliyentlarning bir vaqtda ulanishini qо‘llaydi, ancha keng himoya vositalariga ham egadir.
Ajratilgan serverni uning asosiy vazifasi bilan bog‘liq bо‘lmagan oddiy masalarni yechish uchun ishlatiladigan kompyuter sifatida ishlatish mumkin emas, bu uning server sifatida ishlash unumdorligini kamaytiradi.
Shularni hisobga olgan holda Novell NetWare OT ining server qismida
100 oddiy dasturlarni bajarish imkoniyatlari umuman kо‘zda tutilmagan, ya’ni kliyent qismi yо‘q, ishchi stansiyalarda esa server komponentlari mavjud emas. Biroq boshqa tarmoq OTlarda ajratilgan server kliyent qismining ishlashi bemalol mumkin. Masalan, Windows NT Server boshqaruvi ostida lokal foydalanuvchining tarmoqdagi boshqa kompyuterning resurslariga sо‘rov tushishi bilan OT kliyent qismining funksiyalarini bajaradigan oddiy dasturlari yuklanishi mumkin. Bunda Windows NT Workstation OTi о‘rnatilgan ishchi stansiyalar ajratilmagan server funksiyalarini bajarishi mumkin.
Eng muhimi shuni tushunish kerakki, ajratilgan serverli tarmoqlarda hamma kompyuterlar umumiy holda ham server ham kliyent rolini bajara olsa ham, bu tarmoq funksional simmetrik emas, apparat va dasturiy jihatdan unda ikki turli kompyuterlardir – biri, yuqori darajada server funksiyalarini bajarishga qaratilgan va server OTlari ostida ishlaydigan, ikkinchisi esa asosan kliyent funksiyalarini bajarishga qaratilgan va shunga mos OTlar ostida ishlaydiganlar. Funksional simmetrik emaslik, qoida bо‘yicha, apparat simmetrik emaslikni keltirib chiqaradi, bunda ajratilgan serverlar uchun katta operativ va tashqi xotirali ancha kuchli kompyuterlar ishlatiladi.
Bir rangli tarmoqlarda hamma kompyuterlar bir – birlarining resurlariga bо‘lgan ruxsat huquqlari tengdir. Har bir foydalanuvchi о‘z hoxishiga kо‘ra kompyuteridagi biron bir resursni umumiy foydalanishga qо‘yishi mumkin, keyin boshqa foydalanuvchilar undan foydalanishi mumkin. Bunday tarmoqlarda hamma kompyuterlarda teng potensialli imkonyatlar yaratadigan bir xil OTlar о‘rnatiladi. Bir rangli tarmoqlar LANtastic, Personal Ware, Windows for Workgroup, Windows NT Workstation kabi OTlar bazasida qurilgan bо‘lishi mumkin. Bir rangli tarmoqlarda shuningdek funksional simmetrik emaslik kelib chiqishi mumkin: birinchi holda bir foydalanuvchilar boshqalar bilan о‘z resurslarini bо‘lishishni hoxlamaydi, bunda u kliyent rolinni bajaradi, ikkinchi holda administrator faqatgina umumiy foydalanishda bо‘lgan resurslarni tashkil qiladigan funksiyalarni bog‘lab qо‘yadi va bu bilan serverlik vazifasini bajaradi, uchinchi holda lokal foydalanuvchi о‘zining resurslaridan boshqalar foydalanishiga qarshi bо‘lmasa va о‘zi boshqa kompyuterga murojaatini istisno qilmasa, unda bunga о‘rnatiladigan OT ham server ham kliyent qismiga ega bо‘lishi kerak. Ajratilgan serverli tarmoqlarga qaraganda, bir rangli tarmoqlarda funksional yо‘naltirishga(kliyentga yoki serverga) bog‘liq holdagi OT lar yо‘q. Hamma variatsiyalar bir xil variantli OTlar konfiguratsiyasi vositalari bilan amalga oshiriladi. Bir rangli tarmoqlarni tashkil qilish va ishlatish qulay, biroq ular asosan uncha katta bо‘lmagan foydalanuvchilar guruhlarini birlashtirishda qо‘llaniladi, bu foydalanuvchilar saqlanadigan ma’lumotlar hajmiga, uning ruxsat etilmagan kirishdan va tezligiga kirishdan saqlashga katta shartlar qо‘ymaydi. Bu xarakteristikalarga oshirilgan shartlar qо‘yilganda eng mosi ikki rangli tarmoqlar hisoblanadi, bunda server о‘zining resurslari bilan foydalanuvchilarga hizmat kо‘rsatish masalasini yaxshiroq xal qiladi, chunki uning apparaturasi va tarmoq operatsion tizimi shu maqsad uchun maxsus ishlangan.
Ishchi guruhlar uchun OT va korxona masshtabidagi tarmoqlar uchun OT Tarmoq operatsion tizimlari har xil hususiyatlarga nimaga mо‘ljallanganligiga qarab ega bо‘lishi mumkin:
Bо‘lim tarmog‘i – umumiy masalarni yechadigan uncha katta bо‘lmagan ishchilar guruhi tomonidan ishlatiladi. Bо‘lim tarmog‘ining asosiy maqsadi ilova, ma’lumot, lazer printerlari va modemlar kabi lokal resurslarni taqsimlash hisoblanadi. Bо‘lim tarmoqlari odatda qism tarmoqlarga bо‘linmaydi.
Kampus tarmoqlari – bir nechta bо‘lim tarmoqlarini alohida binoda yoki korxonaning biror hudidi ichida birlashtiradi. Bu tarmoqlar hali ham lokal tarmoqlar hisoblanadi, shunday bо‘lsada ular bir necha kilometr kvadratni qoplashi mumkin. Bunday tarmoqning servisi bо‘lim tarmog‘ining о‘zaro aloqasini, korxona ma’lumotlar bazasiga ruxsatini, faks – serverga, yuqori tezlikli modem va printerlarga ruxsatini о‘zida mujassam etadi.
Korxona tarmoqlari(korporativ tarmoqlar) – alohida korxonaning hamma hududlarining bor kompyuterlarini birlashtiradi. Ular shahar, viloyat va hattoki butun qit’ani xam qoplashi mumkin. Bunday tarmoqlarda foydalanuvchilarga boshqa ishchi gruppalar, boshqa bо‘limlar, ostbо‘limlar va korporatsiya shtab – kvartiralaridagi ma’lumotlar va ilovalarga ruxsat beriladi.
Bо‘lim masshtabidagi tarmoqlarda ishlatiladigan operatsion tizimlarning asosiy vazifasi bо‘lib ilova, ma’lumotlar, lazer printerlari va hattoki past tezlikli modemlar kabi resurslarni taqsimlashni yо‘lga qо‘yish hisoblanadi. Odatda bо‘lim tarmoqlari bir yoki ikkita fayl serveri va 30 tadan kо‘p bо‘lmagan foydalanuvchilarga ega bо‘ladi. Bо‘lim darajasidagi vazifalarni boshqarish nisbatan oson.
Administrator vazifasiga yangi foydalanuvchilarni qо‘shish, oddiy qaytarishlarni yо‘qotish, yangi tugunlarni va dasturiy ta’minotni yangi versiyalarini о‘rnatish kabilar kiradi. Bо‘lim tarmoqlarining operatsion tizimlari о‘zlariga о‘xshab yaxshi ishlangan va har xildir. Bunday tarmoq odatda bitta yoki maksimum ikkita OT ishlatishi mumkin. Kо‘proq bu tarmoq ajratilgan serverli NetWare 3.x yoki Windows NT, yoki bо‘lmasa bir rangli tarmoq, masalan, Windows for Workgroups tarmog‘i bо‘lishi mumkin. Bо‘lim tarmoqlarining foydalanuvchilari va administratorlari kо‘p о‘tmay korxonasidagi boshqa bо‘limlar ma’lumotlariga ruxsat olish bilan о‘z ishining effektivligini oshirishi mumkinligini tushunishadi. Agar savdo – sotiq bilan shug‘ullanuvchi xodim konkret mahsulotning xarakteristikalariga ruxsatni olsa va ularni о‘zining prezentatsiyasiga qо‘shsa, unda bu ma’lumot ancha yangi bо‘ladi va xaridorlarga katta ta’sir о‘tkazadi. Agar marketing bо‘limi muhandislar bо‘limi tomonidan endigina ishlanayotgan mahsulot xarakteristikasiga ruxsatga ega bо‘lsa, unda u ishlab chiqarish tugashi bilan marketing materiallarini tezda tayyorlashi mumkin.
Demak, tarmoq evolyusiyasining keyingi qadami bо‘lib bо‘limlarning bir nechta lokal tarmoqlarni binolar yoki binolar guruhlariga birlashtirish hisoblanadi. Bunday tarmoqlar kampus tarmoqlari deyiladi. Kampus tarmoqlari bir necha kilometrgacha chо‘zilishi mumkin, lekin bunda global tutashtirish shart emas. Kampus tarmog‘ida ishlayotgan operatsion tizim, bir bо‘lim xodimlari uchun boshqa bо‘lim fayl va resurslariga ruxsatini ta’minlab berishi kerak. Kampus tarmog‘i OTlari tomonidan kо‘rsatilayotgan hizmatlar fayl va
printerlarni oddiy ajratish bilan chegaralanib qolmaydi, balki faks –server va yuqori tezlikli modem serverlari kabilarga bо‘lgan ruxsatni ta’minlab beradi. Berilgan sinf operatsion tizimi tomonidan berilayotgan muhim servisi bо‘lib korporativ ma’lumotlar bazasiga ruxsat hisoblanadi. Huddi shu kampus tarmoqlari darajasida integratsiya muammolari boshlanadi. Umumiy holda, bо‘limlar о‘zlari uchun kompyuter turlari, tarmoq qurilmalari va tarmoq operatsion tizimlarini tanlab olishgan. Masalan, muhandislik bо‘limi UNIX operatsion tizimini va Ethernet tarmoq uskunalarini ishlatishi mumkin, savdo – sotiq bо‘limi DOS/Novell operatsion muhitini va Token Ring uskunalarini ishlatishi mumkin. Kо‘p hollarda kampus tarmog‘i har xil kompyuter sistemalarini birlashtiradi, bu paytda bо‘lim tarmoqlari bir turdagi kompyuterlarni ishlatadi.
Korporativ tarmoq korxonaning hamma ost bо‘limlarini tutashtiradi, umumiy holda ular bir – biridan sezilarli masofada joylashgan bо‘ladi. Korporativ tarmoqlar lokal tarmoqlar yoki alohida kompyuterlarni tutashtirish uchun global aloqa(WAN links)ni ishlatadi. Koraporativ tarmoq foydalanuvchilariga bо‘lim va kampus tarmoqlarida bor hizmat va ilovalar talab qilinadi, qо‘shimchasiga yana bir qancha qо‘shimcha ilovalar va hizmatlar, masalan, meynfreym va mini kompyuterlar ilovalari va global aloqalarga ruxsat talab qilinadi. Lokal tarmoq yoki ishchi guruh uchun OT ishlab chiqarilayotganda, uning asosiy majburiyati bо‘lib lokal ulangan foydalanuvchilar о‘rtasida fayllar va boshqa tarmoq resurslarini taqsimlash hisoblanadi. Bunday munosabat korxona darajasi uchun
qо‘llanilmaydi. Fayl va printerlarni taqsimlash bilan bog‘liq bazali servislar qatorida, korporatsiyalar uchun ishlab chiqariladigan tarmoq OTlari ancha keng servislar tо‘plamini qо‘llashi kerak. Bunday tо‘plamga pochta hizmati, kollektiv ish vositalari, uzoqlashgan foydalanuvchilarni qо‘llash, faks – servis, ovoz xabarlarini qayta ishlash, videokonferensiyalar tashkil qilish va h.k. lar kiradi.
Bundan tashqari, korporativ tarmoqlar uchun kichik masshtabdagi tarmoqlarning masalalarini an’anaviy yо‘l bilan yechishdagi mavjud usullar va yondashishlar yaroqsiz bо‘lib chiqdi. Birinchi planga shunday muammolar va masalalar chiqdiki, ular ishchi guruh tarmoqlarida, bо‘lim va hattoki kampus tarmoqlarida yo ikkinchi darajali qiymatga ega bо‘lgan yoki umuman aktivligini kо‘rsatmagan. Masalan, kichikroq tarmoq uchun eng oddiy masala foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni olib borish korxona masshtabidagi tarmoqlar uchun katta muammoga aylandi. Global aloqalarni ishlatish esa korporativ OTlardan past tezlikli chiziqlarda yaxshi ishlaydigan protokollar yordamini va bir xil an’anaviy ishlatiladigan protokollardan voz kechish talab qiladi.
Korporativ OTlarni belgilariga quyidagi xususiyatlarni kiritish mumkin.
Ilovalar yordami. Korporativ tarmoqlarda murakkab ilovalar bajariladi, ular bajarilishi uchun katta hisoblash quvvatini talab qiladi. Bunday ilovalar bir nechta qismlarga bо‘linadi, masalan, bitta kompyuterda ma’lumotlar bazasiga bо‘lgan sо‘rovlarni bajarilishi bilan bog‘liq ilovalarning bir qismi bajariladi, boshqasida fayl – servisga bо‘lgan sо‘rovlar, kliyent mashinalarida esa ilova ma’lumotlarini qayta ishlash mantig‘ini amalga oshiruvchi va foydalanuvchi bilan interfeysni amalga oshiruvchi qismi bajariladi. Korporatsiya dasturiy tizimlari uchun umumiy hisoblash qismi kliyentlarning ishchi stansiyalari uchun juda katta hajmli va kо‘tara olmaydigan bо‘lishi mumkin, shuning uchun agarda ularning murakkab va hisoblash munosabatidagi qismlarini maxsus shunga mо‘ljallangan kompyuter – ilova serveriga kо‘chirilsa ilovalar effektliroq bajariladi. Ilovalar serveri kuchli apparat platformasida joylashishi kerak. Ilova serveri OTlari hisoblashlarni yuqori ishlab chiqarishini ta’minlashi kerak, demak kо‘p yо‘lli qayta ishlashni, siqib chiqaruvchi kо‘p masalalikni, multiprotsesslashni, virtual xotirani va eng kо‘p tanilgan amaliy muhitlar(UNIX, Windows, MS-DOS, OS/2) ni ta’minlashi kerak. Bunday munosabatda NetWare tarmoq OTni korporativ mahsulotlarga kiritish qiyin, chunki unda ilovalar serveriga qо‘yiladigan deyarli hamma talablar mavjud emas. Shu bilan birga Windows NTdagi universal ilovalarni yaxshi qо‘llashi unga korporativ mahsulotlar dunyosida о‘rin egallashiga kurashishga yordam beradi.
Ma’lumotnoma hizmati. Korporativ OT hamma foydalanuvchilar va resurslar haqidagi ma’lumotlarni shunday saqlash qobiliyatiga ega bо‘lishi kerakki, unda bitta markaziy nuqtadan uni boshqarishni ta’minlashi kerak. Katta tashkilotlarga
о‘xshab korporativ tarmoq о‘zi haqidagi iloji boricha butun
ma’lumotlarni(foydalanuvchilar, server, ishchi stansiyalar haqidagi ma’lumotlardan tortib, to kabel tizimi ma’lumotlarigacha) markaziy saqlanishiga muhtojdir. Bu ma’lumotlarni ma’lumotlar bazasi kо‘rinishida saqlashni tabiiy ravishda tashkil qilish. Bu bazadan ma’lumotlar kо‘p tarmoq tizimlari ilovalari tomonidan talab qilinishi mumkin, birinchi navbatda boshqarish va administatorlash tizimlari tomonidan. Bundan tashqari, bunday baza elektron pochtani tashkil qilish, birga ishlash tizimlari, havfsizlik hizmati, tarmoqning dasturiy va apparat ta’minoti inventarizatsiyasi hizmati hamda deyarli hamma yirik biznes – ilovalar uchun foydalidir.
Ideal holatda ma’lumotnomali informatsiya yagona ma’lumotlar bazasi kо‘rinishida amalga oshirilishi kerak. Masalan, Windows NT da kamida beshta har xil turli ma’lumotnomali ma’lumotlar bazasi mavjud. Domen(NT Domain Directory Service)ning asosiy ma’lumotnomasi foydalanuvchilar haqida ularni tarmoqqa logik kirishni tashkil qilishda ishlatadingan ma’lumotlarni saqlaydi. Shu foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlar Microsoft Mail elektron pochtasi tomonidan ishlatiladigan boshqa ma’lumotnoma tarkibida ham bо‘ladi. Yana uchta ma’lumotlar bazasi past darajali adreslar ruxsatini qо‘llaydi: WINS – Netbios – ismlarining IP – adreslarga mosligini о‘rnatadi, DNS ma’lumotnomasi – domen ismlari serveri – NT tarmoqlarini internetga ulanishida foyda keltirarkan, va nihoyat, DHCP protokoli ma’lumotnomasi tarmoq kompyuterlariga IP – adreslarni avtomatik tarzda tayinlashida ishlatiladi. Idealga yaqin ma’lumotlarnomalar hizmati Banyan(Streettalk III mahsuloti) firmasi va Novell (NetWare Directory Services) firmasi tomonidan keltirilganlarda joylashgan, ular hamma tarmoq ilovalari uchun yagona ma’lumotnomani taklif qiladi. Tarmoq operatsion tizimlari uchun yagona ma’lumotnomalar hizmati borligi korporativlikning eng muhim belgilaridan biridir.
Havfsizlik. Korporativ tarmoq OT lari uchun asosiy muhimligini
ma’lumotlarni havfsizligi masalalari tashkil qiladi. Bir tarafdan, yirik masshtabli tarmoqlarda obyektiv ravishda sanksiyalanmagan ruxsat(kirish) uchun kо‘p imkoniyatlar mavjud, sabablariga quyidagilar kiradi: ma’lumotlarni demarkazlashtirish va “qonuniy” nuqtalarni katta taqsimlanganligi, foydalanuvchilar sonining kо‘pligi, shuningdek, tarmoqqa ulanishda sanksiyalanmagan nuqtalar sonining kо‘pligi kabilardir. Boshqa tarafdan, korporativ biznes – ilovalar korporatsiyaning butunligicha samarali ishlashi uchun muhim qiymatga ega bо‘lgan ma’lumotlar bilan ishlaydi. Shunday ma’lumotlarni himoyasi uchun har xil apparat vositalari qatorida korporativ tarmoqlarda himoya vositalarining operatsion tizimi tomonidan taqdim etilgan hamma spektrlari(saylangan yoki mandat ruxsat huquqlari, foydalanuvchilar autentifikatsiyasining murakkab protseduralari, dasturiy shifratsiya) ishlatiladi.
“Qaysi tarmoq OT lari yaxshiroq” degan savol har doim, kompyuterga tegishli gazeta va jurnallarda juda kо‘p muhokama qilinadi.Kimdir Windows NT – eng ideal ilovalar serveri deydi, m-n, Bill Geyts “Windows NT – UNIX” ning, UNIX ga qaraganda eng yaxshi varianti degan. (uni albatta tushunsa bо‘ladi).Har bir о‘z fikrini bildirayapgan mualliflar, о‘quvchilarning hammasida narhi qimmat qurilmalar bir degan ishonch bilan gapiradilar.Biz esa amaliy tajribalardan kelib chiqqan holda, asosiy tarmoq OT larini ya’ni Novell Netware 4.1, Microsoft Windows NT Server 4.0 va UNIX OT larni, ularni adminstrlash va real kо‘p platformali geterogen platformada ishlatish xususiyatlariga asoslanib, ularning asosiy siyosiy xarakteristikasini beramiz. Albatta, bu OT lardan boshqa OT lar ham kо‘p, ammo biz о‘zimizda, SNG davlatlari va Rossiyada kо‘proq foydalanilgan shu OT larni misol qilib oldik. Albatta, bu OT larning ham turli versiyalari mavjud, ba’zi hollarda ularni ma’lum ilovalar bilan ishlatish mumkin va x.k.lardir, ammo biz ularning umumiy xarakteristikasi bо‘yicha taqqoslaymiz. Va eng umumiy kо‘rsatkichlar bо‘yicha ularni kо‘rib chiqamiz. OT lar asos xarakteristikalari.
Bu uchchala OT lar kо‘p masalalidir. Ammo Netware da kо‘p masalalikkooperativdir, shu bilan bir qatorda, jarayonlar serverda tizim yadro rejimida bajariladi (ya’ni jarayonlar xotirasi ximoyasi yо‘qdir).
Bu xususiyat esa о‘z navbatida bu tizimni, ilovalar serveri sifatida qо‘llashni xavfli qilib qо‘yadi, chunki ixtiyoriy notо‘g‘ri yozilgan ilova serverni “osib” qо‘yishi mumkin. Shu bilan birga aynan shu xususiyat, OT ni yuqori darajada unumdorlikka erishishiga olib keladi, chunki bu xossa jarayondan jarayonga о‘tishda, foydalanuvchi rejimidan yadro rejimiga о‘tishda va teskarisida ham xarajatlarni kamaytiradi va tez о‘tishga imkon beradi, atijada tizim katta tezlikda ishlaydi. Bir xil sharoitda, Netware Windows NT yoki UNIX ga nisbatan yuqori unumdorlikka ega.
Uchchala OT ham simmetrik, kо‘protsessorli ishlov berishni quvvatlaydi (SMP) ammo bu xususiyat Netware uchun muhim emas, shuning uchun ham buni faqat
sertifikatsiyalangan serverlarning tor doirasida ishlatiladi. Albatta kо‘protsessorli
ishlov berishni Windows NT yoki UNIX uchun qо‘llash qulay, ya’ni shuni ta’kidlash mumkinki, UNIX ning kо‘p versiyalari, о‘nlab protsessorli serverlarda a’lo darajada ishlaydi, ularning masshtablashtirilganli Windows NT ga nisbatan yuqori. UNIX asosidagi klaster tizimlari ham о‘zlarini yaxshi kо‘rsatganlar, ammo bu uchun UNIX ning hamma versiyalari ham yaray bermaydi. Windows NT uchun klaster tizimi tugallangan emas. Netware tо‘liq apparat qat’iylikni ta’minlaydi. (SFT III), Windows NT da bunday о‘xshash imkoniyat yо‘q, (bunday xususiyat individual bо‘lib, apparat ta’minotga bog‘liq bо‘lsa ham) Buzilishlarga qat’iylik uchun namuna albatta – meynfreymlardir.
|
| |