Fraktal grafikadagi tenglamaning biror koeffitsientini o’zgartirish orqali butunlay boshqa tasvirni hosil qilish mumkin.
12/27/20
Web-sahifa yaratuvchilar orasida eng ko`p ishlatiladigani bu Macromedia Flash dasturidir, chunki ushbu dastur ixtiyoriy Web-sahifaga mashhurlik olib keluvchi banner va animatsiya, interfaol lavhalar yaratish imkonini beardi. Shuning uchun swf formatini oddiy qilib Flash deb atash odatiy hol sifatida qabul qilinadi.
Flash texnologiyasining moslashuvchanlik va interfaol mu ltimediya dasturlar yaratish imkoniyati ko’pchilik Web-dizaynerlar o’rtasidagi bahslarga sabab bo’lib, uni mashhurligini oshishiga imkoniyat berdi. Shuning uchun bu texnologiyaning yaratilishi bilan bir vaqtda Macromedia kompaniyasi tomonidan ikki asosiy web-brauzerlari, Internet Explorer va Netscape Communicatorlar uchun elementlar Plug-In yaratildi. Bu esa, o’z navbatida Flash texnologiyasini Internetda yana ham keng tarqalishiga olib keldi.
12/27/20
Flash texnologiyalar tarkibining elementlari:
• vektorli grafika;
• animatsiyani bir qancha usullarda ishlash; interfeysda interfaol elementlarini yaratish;
• sinxron ovoz qo`shish;
• HTML formati va boshqa internetda foydalaniladigan barcha formatlarga o`tkazishni ta’minlash;
• mustaqil platformali;
• Flash-roliklarni avto rejimda ham, Web - brouzer yordamida ham ko`rish imkoniyati mavjud;
12/27/20
• shuningdek Flash-texnologiyalarning texnik asnektlarni o`rganishni talab etmaydi.
• vizual uskunalari mavjudligi Flash-rolik yaratuvchilarini ko`plab murakkab amallardan xalos etadi.
12/27/20
Web-sahifalarni yaratishda birinchi o’rinlardan birini vektorli grafika ham egallaydi. Bu tasvirni rasmdagi joylashuvi matematik formulalar bilan berilgan egri chiziqlar majmuasi yordamida namoyish etish usulidir. Masalan, istalgan doirani tasvirlash uchun quyidagilar kerak bo’ladi: radius, markaz koordinatalari va chiziq qalinligi. Shuning uchun, vektorli grafika rastrli grafikaga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega:
• vektorli tasvirlarni belgilovchi matematik formulalar kompyuter xotirasida rastrli tasvir
piksellariga qaraganda kamroq joy egallaydi;
• tasvir (yoki uning ayrim qismlarini) sifatini yuqotmasdan chegaralanmagan kattalashtirish imkoniyati mavjudligi;
• tasvirni bir platformadan ikkinchisiga ko`chirishning qulayligi.
Davronova Elmira
http://fayllar.org
|