2.Mеnyu qatori (gorizontal mеnyu). Unda quyidagi bo’limlar mavjud:
[Файл] (Fayl),
[Главная]
(Asosiy),
[Вставка] (Joylashtirish),
[Дизайн] (Dizayn),
[Переходы] (O’tishlar),
[Анимация]
(Animatsiya),
[Показ слайдов] (Slaydlar namoyishi),
[Рецензирование] (Taqrizlash) va
[Вид]
(Ko’rinish).
Har bir menyu ustiga sichqoncha bilan kelib bosilsa, shu menyuga tegishli bo’lgan lenta aks etadi.
Quyida biz har bir menyuning vazifasi va lentalarning ko’rinishini havola etamiz.
1.6.
[Файл] (Fayl) –ushbu menyu
yordamida foydalanuvchilar, elektron hujjat haqida
ma’lumotlarga ega bo’lishlari,
yangi hujjat hosil qilishlari, kompyuter xotirasida mavjud
hujjatlarni ochishlari, hujjatlarni o’z hohishlariga binoan kompyuterning
ixtiyoriy diskida
saqlashlari, bosmaga chiqarishlari, umumiy foydalanishni cheklashlari, parol qo’yishlari,
boshqa fayl kengaytmalariga eksport qilish va elektron hujjatdan chiqib ketishlari mumkin.
19-rasm. [Файл] (Fayl) menyusining ko’rinishi.
1.7.
[Главная] (Asosiy) –ushbu lenta yordamida foydalanuvchilar, kompyuter
xotirasidagi obyektlarni joylashtirishlari, biror-bir
obyektni qirqib olishlari, shirft kata –
kichikligini o’rnatishlari, belgilangan matn bo’laklarini qalinlashtirish, qiya qilib yozish va
tagiga chizishlari,
kiritilgan matnga rang berish, yozuv turuni o’zgartirish, yangi slaydlarni
yaratishlari, slayd maketlarini o’zgartirishlari, yozuvlarga markerlarni joylashtirishlari,
slaydlarni kalonkalarga ajratishlari, tayyor va effektli
figuralarni joylashtirishlari, biror bir
obyektni tez qidirib topish va boshqa amaliyotlarni bajarishlari mumkin.