standartga asosan kompyuter tarmoqlari loyihalansa, o’sha tizim ichidagi qurilmalar
o’zaro ma’lumot almasha oladi, OSI asosidagi tarmoq bilan esa ma’lumot almasha
olmaydi, sababi uning standarti boshqacha. Quyida 1-rasmda kompyuter tarmoqlari
OSI modeli asosida qurilgan arxitekturasi keltirilgan.
(a)
(b)
(c)
1-rasm. a) Internet, b) kompyuter va c) telefon tarmoqlarining arxitekturalari
Boshqacha qilib aytadigan bo’lsa, turli xil tarmoq arxitekturalari ko’plab
standartlar
asosida ishlab chiqiladi, masalan, matnni formati, matni raqamli
ko’rinishga o’zgartirish, raqamli matnni signal ko’rinishiga o’zgartirish yoki
aksincha, signalli axborotlarni
simsiz muhitda uzatish, qabul qilish jarayonlari
ma’lum standartlar asosida ishlab chiqiladi. Tasavvur qiling ikki standart asosida
ishlab chiqilgan tizim orasida ma’lumot almashish qanchalar murakkab bo’ladi.
Shuning uchun ham global tarmoqlarni loyihalash va qurish uchun yagona
standartdan foydalanish har doim afzal hisoblanadi. Bu xuddi ko’plab millatlarni
bitta zalda ingliz tilida gaplashishi qanchalik osonligini ko’rsatadi.
Agar har bir
millat o’zining tilada gaplashsa, ularni tushunish uchun qancha tarjimon kerak
bo’ladi yoki ba’zi tillar uchun tarjimon topilmasligi ham mumki. Shuning uchun
ham tarmoqlarni qurishda yagona arxitekturaga asoslanish tarmoqni sodda va kam
xarajatlar asosida qurish imkoniyatini beradi. Tarmoq elementlari va pog’onali
arxitektura.