Reja: Tarmoq arxitekturasi to‘g‘risida asosiy tushunchalar Internet xizmati rivojining holati va kelajagi Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi Tarmoq elementlari va pog’onali arxitektura.




Download 383,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana15.05.2024
Hajmi383,67 Kb.
#234681
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
8-MA\'RUZA

Tarmoq topologiyalari 
 
Tarmoq tushunchasi haqida 1 bo’limda qisqacha izohlangan bo’lsada, tarmoq 
ikki yoki unda ortiq bo’lgan tarmoq xizmatlari (matn, ovoz, video, chat va boshqa 
xizmatlar) foydalanuvchilari o’rtasida o’zaro ma’lumot almashish jarayonini taqdim 
etuvchi qurilmalar, dasturiy ilovalar, dasturiy ta’minot va uzatish muhitlarining 
majmuasidan tashkil topadi. Tarmoqlarning ko’p turlari mavjud bo’lib, faqat keng 
tarqalgan tarmoq turlariga mahalliy tarmoq (LAN) va global tarmoqlarini (WAN) 
misol qilib keltirish mumkin. Juda ko’p hollarda shahar tarmoqlari (MAN) ham 
global tarmoqlari sifatida etirof etiladi (1 bo’limga qarang). WAN tarmoqlarida 
kompyuterlar bir-biri bilan uzoqroq yoki global miqyosida turli operatorlarning 
aloqa liniyalari, radio to’lqinlari yoki boshqa ulanish vositalari orqali ulanadi. 
Tarmoqlar odatda uchta xususiyat ko’ra tasniflanadi: topologiya, aloqa protokollar 
va arxitektura. 
Tarmoq topologiyasi - bu aloqa kanallari va xostlarni bir-biri bilan o’zaro 
bo’glanishini tashkil etilishi usullari tushuniladi, ya’ni kompyuterlarning fizik va 
mantiqiy jixatdan o’zaro bog’lanishiga tarmoq topologiyasi deyiladi. Tarmoqning 
fizik topologiyasi deganda tarmoqdagi qurilmalarning fizik joylashuvi va o’zaro 
uzatish muhitlari orqali bog’lanilishi tushunilsa, mantiqiy topologiyada esa 
tarmoqning qurilmalari o’rtasida qanday ma’lumot uzatilishi va qabul qilinishi 
tushuniladi. Tugunlar orasidagi masofa, fizik jixatdan o’zaro bo’lanishi, ma’lumot 


uzatish tezligi yoki signal turlari ikki xil tarmoq o’rtasida farq qilishi mumkin, ammo 
ularning mantiqiy topologiyalari bir xil bo’lishi mumkin. Tarmoqning fizik 
topologiyasi - bu OSI modelining fizik pog’onasi orqali ifodalanadi.Tarmoq 
topoliyalari ta’kidlanganidek, tarmoq qurilmalarini joylashuviga va bir-biri bilan 
bog’lanishi hamda tarmoqni qurishda foydalanilayotgan standart texnologiyaga mos 
ravishda har xil ko’rinishda bo’lishi mumkin. Biror tarmoqdagi har qanday tugun 
tarmoqdagi boshqa qurilmalarga bir yoki bir nechta fizik kanallar orqali bog’lanish 
imkoniyatga ega bo’lishi mumkin; ushbu kanallarni grafik ravishda bog’lash 
natijasida geometrik shakllar hosil bo’ladi va hosil bo’lgan shakllarning ko’rinishiga 
qarab tarmoq topologiyasi nomlanadi. LAN tarmoqlarida turli xil fizik 
topologiyalardan foydalaniladi, jumladan shina, yulduz, mesh, daraxt, nuqt-nuqta va 
h.k., 2.1-rasm. Shuningdek, qurilmalarni ulash uchun ishlatiladigan uzatish 
muhitlarining joylashuvi tarmoqning fizik topologiyasini ifodalaydi. 
Tarmoq topologiyasi - bu aloqa tarmog'i elementlarining joylashuvi. Tarmoq 
topologiyasi har xil turdagi telekommunikatsiya tarmoqlarini, shu jumladan radio 
tarmoqlarini, sanoat stavkalari va kompyuter tarmoqlarini aniqlash yoki tavsiflash 
uchun ishlatilishi mumkin. Tarmoq topologiyalari shuningdek, tarmoqni geografik 
muhitdagi o’rni, foydalanuvchilari soni va foydalaniladigan texnologiyasiga 
muvofiq tanlanadi. Bir qancha tarmoq topologiyalari mavjud: mesh, yulduz, daraxt, 
shina, halqa ва 3-D torus. 
Misol uchun mesh topologiyali tarmoq - bu lokal tarmoq topologiyasida 
ishlatiladi, unda infratuzilma tugunlari to'g'ridan-to'g'ri, dinamik va ierarxik 
bo'lmagan holda boshqa ko'plab tugunlarga ulanadi va ma'lumotlarni 
foydalanuvchilarga samarali yo'naltirish uchun bir-biri bilan hamkorlik qiladi. 
Bunday topologiyalar har doim ham o’zini oqlamaydi, sababi qurilishi qimmatga 
tushadi. 


3-rasm. Mesh topologiyali tarmoq 
Yulduzli topologiyaga asoslanga tarmoq bo’lib, bunda kompyuter tarmoqlari 
markazida joylashgan tarmoq elementni o’ziga ulangan qurilmalarni boshqarad. 
Shuningdek, yulduzli topologiyada har bir xost markaziy qurilmaga ulanadi, bitta 
markaziy qurilma xabarlarni uzatish uchun kanal vazifasini bajaradi. Bu topologiya 
eng keng tarqalgan kompyuter tarmog'i topologiyalaridan biridir. 


4-rasm. Yulduz topologiyali tarmoq 
Torus aloqali topologiya - bu parallel kompyuter tizimidagi ishlov berish 
tugunlarini o'zaro bog'lash uchun kalitsiz tarmoq topologiyasi hisoblanadi. Bu yangi 
avlod topologiya hisoblanadi va ko’plab kompyuterlarni 3 o’lchamli holatda bir biri 
bilan bog’laydi, 5-rasm. 
5-rasm. Torus aloqali topologiy. 

Download 383,67 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 383,67 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Tarmoq arxitekturasi to‘g‘risida asosiy tushunchalar Internet xizmati rivojining holati va kelajagi Tarmoq va tarmoq arxitektura tushunchasi Tarmoq elementlari va pog’onali arxitektura.

Download 383,67 Kb.
Pdf ko'rish