o’rtasida aloqa tiklashdir. Bu odamlar, xalqlar mamlakatlar o’rtasidagi diniy, ideologik
va har xil to’siqlarni olib tashlashdagi eng samarali yo’ldir. Internet texnologik
jarayondagi eng ahamiyatli demokratik ish vositalardan biri hisoblanadi. paydo bo’lishi
bilan axborot aksariyat dunyo odamlarining potensial imkoniyatiga aylanib
bormoqda.Telegraf, telefon, radio, televideniya va kompyuter texnikalar chambarchas
bog’langan holda barcha global kommunikasiyalar yagona butunlikda integrallashadi.
Bu yerda gap axborotni tarqatish mexanizmi, odamlarni birlashtirish, masofa, vaqt,
davlat va ko’plab shunga o’xshash chegaralar mavjudligidan qat’iy nazar ularning
o’zaro muloqotda bo’lishlari to’g’risida ketmoqda. Internet behisob miqdordagi
axborotlarga ega bo’lgan holda, iste’molchilarga katta informasion xizmat spektrini
taqdim etadi. Uni shartli ravishda ikki kategoriyaga bo’lish mumkin: tarmoq abonetlari
aro axborot almashuvi; axborotni qidirish va tarmoq ma’lumotlar bazasidan
foydalanish.