|
Reja: Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati
|
bet | 2/2 | Sana | 25.11.2023 | Hajmi | 477,42 Kb. | | #105588 |
Bog'liq 14-mavzuM ijoz – faqat tarmoq resurslaridan foydalanib, tarmoqqa о’z resurslarini ajratmaydigan tarmoq abonentiga aytiladi, ya’ni tarmoq unga xizmat qiladi. Kompyuter – mijoz ham kо’pincha ish stansiyasi deyiladi. Odatda har bir kompyuter bir vaqtning о’zida ham mijoz va shuningdek server bо’lishi mumkin. Kо’pincha server va mijozni kompyuterni о’zi deb tushunilmaydi, bu kompyuterda ishlatilayotgan dasturiy ilovalarni tushuniladi. Bu holda tarmoqqa о’z resurslarini berayotgan ilova serverdir, faqat tarmoq resurslaridan foydalanayotgan ilova esa mijozdir
Internet tarmog’iga oddiy telefon tarmoqlari orqali standart modem qurilmalari yordamida ulanish mumkin.
Telefon liniyasi orqali Internetga ulanishda modem qurilmasidan tashqari maxsus dasturdan (protokol) ham foydalaniladi. Bunda ushbu dastur yordamida Internetga ulanganda telefon liniyasi band qilinadi, seans tugatgandan so’ng telefon tarmog’i bo’shatiladi va unda boshqa foydalanuvchi foydalaniishi mumkin. Internetga ulanishni amalga oshiruvchi dasturning yutug’i shundaki, ular Internetga to’g’ridan to’g’ri ulanishga imkon beradi.
Telefon liniyasi orqali «CHaqiruv» bo’yicha Internetga bog’lanish Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayder bilan mijoz o’rtasida amalga oshiriladi. Bunda foydalanuvchi mantiqiy nom (login) va maxfiy belgi (parol) yordamida Internetga to’g’ridan-to’g’ri ulanadi.
Internet tarmog’iga nafaqat kabel yoki telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida simsiz ulanish ham mumkin. Internet tarmog’iga simsiz ulanish kompьyuter orqali yoki mobil telefonning o’zida amalga oshiriladi. Agar kompьyuter orqali Internetga simsiz ulanish kerak bo’lsa, u holda kompьyuterdan tashqari Internet xizmatlarini taqdim etuvchi operator yoki provayderning simsiz ishlovchi modemi yoki xuddi shu vazifani bajaruvchi mobil telefon apparati zarur.
Agar mobil telefonning o’zida turib Internetga bog’lanish yoki undan foydalanish kerak bo’lsa, u holda Internet xizmatlarini ko’rsatuvchi mobil operatorning mijozi bo’lishingiz va unda GPRS xizmati yoqilgan bo’lishi talab qilinadi. Mobil aloqa vositalari yordamida Internetdan foydalanilganda WAP texnologiyasi internetdan simsiz foydalanish imkonini beradi. Mobil aloqa tarmoqlarida so’rovlarni va ma’lumotlarni uzatish uchun GPRS transport xizmatidan foydalaniladi.
Nazorat uchun savollar:
Tarmoq-maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
Lokal hisoblash tarmog’ deb nimaga aytiladi?
Mijoz server tarmog’i nima?
|
| |