• Paket filtrlari quyidagilarni nazorat qiladi: fizik interfeys, paket qayerdan keladi; manbaning IP-manzili; qabul qiluvchining IP-manzili;
  • Loyihalashdagi xatoliklar yoki kamchiliklar — tarmoqlararo ekranlarning har xil texnologiyalari himoyalana-yotgan tarmoqqa boʻladigan barcha suqilib kirish yoʻllarini qamrab olmaydi;
  • Xizmat qilishdan voz kechish hujumidan himoyalanishning eng samarali yoʻllari quyidagilar




    Download 213.8 Kb.
    bet9/10
    Sana25.11.2022
    Hajmi213.8 Kb.
    #31719
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    1-maruza (2)
    5-Mustaqil ta'lim, 3-mavzu., ozbekistonda-logistika-va-transport-infratuzilmalarini-rivojlantirish-yonalishlari, 14-ma’ruza Mavzu wimax (ieee 802. 16) standarti. Reja So‘ngi m, O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s, mikroskop
    Xizmat qilishdan voz kechish hujumidan himoyalanishning eng samarali yoʻllari quyidagilar:
    tarmoqlararo ekranlar texnologiyasi (Firewall);
    IPsec protokoli.

    7.2-rasm. Tarmoqlararo ekran orqali ichki va tashqi hujumlarni himoyalash strukturasi
    Tarmoqlararo ekran ichki va tashqi perimetrlarning birinchi himoya qurilmasi hisoblanadi. Tarmoqlararo ekran axborot-kommunikatsiya texnologiya (AKT)larida kiruvchi va chiquvchi ma’lumotlarni boshqaradi va ma’lumotlarni filtrlash orqali AKT himoyasini ta’minlaydi, belgilangan mezonlar asosida axborot tekshiruvini amalga oshirib, paketlarning tizimga kirishiga qaror qabul qiladi. Tarmoqlararo ekran tarmoqdan oʻtuvchi barcha paketlarni koʻradi va ikkala (kirish, chiqish) yoʻnalishi boʻyicha paketlarni belgilangan qoidalar asosida tekshirib, ularga ruxsat berish yoki bermaslikni hal qiladi. Shuningdek, tarmoqlararo ekran ikki tarmoq orasidagi himoyani amalga oshiradi, ya’ni himoyalanayotgan tarmoqni ochiq tashqi tarmoqdan himoyalaydi. Himoya vositasining quyida sanab oʻtilgan qulayliklari, ayniqsa, paketlarni filtrlash funksiyasi DOS hujumiga qarshi himoyalanishning samarali vositasidir.
    Paket filtrlari quyidagilarni nazorat qiladi:
    fizik interfeys, paket qayerdan keladi;
    manbaning IP-manzili;
    qabul qiluvchining IP-manzili;
    manba va qabul qiluvchi transport portlari.
    Tarmoqlararo ekran ba’zi bir kamchiliklari tufayli Dos hujumidan toʻlaqonli himoyani ta’minlab bera olmaydi:
    Loyihalashdagi xatoliklar yoki kamchiliklar — tarmoqlararo ekranlarning har xil texnologiyalari himoyalana-yotgan tarmoqqa boʻladigan barcha suqilib kirish yoʻllarini qamrab olmaydi;
    Amalga oshirish kamchiliklari — har bir tarmoqlararo ekran murakkab dasturiy (dasturiy-apparat) majmua koʻrinishida ekan, u xatoliklarga ega. Bundan tashqari, dasturiy amalga oshirish sifatini aniqlash imkonini beradigan va tarmoqlararo ekranda barcha spetsifikatsiyalangan xususiyatlar amalga oshirilganligiga ishonch hosil qiladigan sinov oʻtkazishning umumiy metodologiyasi mavjud emas;
    Qoʻllashdagi (ekspluatatsiyadagi) kamchiliklar — tarmoqlararo ekranlarni boshqarish, ularni xavfsizlik siyosati asosida konfiguratsiyalash juda murakkab hisoblanadi va koʻpgina vaziyatlarda tarmoqlararo ekranlarni notoʻgʻri konfiguratsiyalash hollari uchrab turadi. Sanab oʻtilgan kamchiliklarni IPsec protokolidan foydalangan holda bartaraf etish mumkin. Yuqoridagilarni umumlashtirib, tarmoqlararo ekranlar va IPsec protokolidan toʻgʻri foydalanish orqali DOS hujumidan yetarlicha himoyaga ega boʻlish mumkin.
    Port scanning hujum turi odatda tarmoq xizmatini koʻrsatuvchi kompyuterlarga nisbatan koʻp qoʻllanadi. Tarmoq xavfsizligini ta’minlash uchun koʻproq virtual portlarga e’tibor qaratishimiz kerak. Chunki portlar ma’lumotlarni kanal orqali tashuvchi vositadir. Kompyuterda 65536 ta standart portlar mavjud. Kompyuter portlarini majoziy ma’noda uyning eshigi yoki derazasiga oʻxshatish mumkin. Portlarni tekshirish hujumi esa oʻgʻrilar uyga kirishdan oldin eshik va derazalarni ochiq yoki yopiqligini bilishiga oʻxshaydi. Agar deraza ochiqligini oʻgʻri payqasa, uyga kirish oson boʻladi. Hakker hujum qilayotgan vaqtda port ochiq yoki foydalanilmayotganligi haqida ma’lumot olishi uchun Portlarni tekshirish hujumidan foydalanadi.
    Bir vaqtda barcha portlarni tahlil qilish maqsadida xabar yuboriladi, natijada real vaqt davomida foydalanuvchi kompyuterning qaysi portini ishlatayotgani aniqlanadi, bu esa kompyuterning nozik nuqtasi hisoblanadi. Aynan ma’lum boʻlgan port raqami orqali foydalanuvchi qanday xizmatni ishlatayotganini aniq aytish mumkin. Masalan, tahlil natijasida quyidagi port raqamlari aniqlangan boʻlsin, aynan shu raqamlar orqali foydalanilayotgan xizmat nomini aniqlash mumkin:

    Download 213.8 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 213.8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xizmat qilishdan voz kechish hujumidan himoyalanishning eng samarali yoʻllari quyidagilar

    Download 213.8 Kb.