• 4.14-rasm Kuchlanish transformatori
  • Tok transformatori
  • Reja: Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash prinsipi




    Download 11,72 Kb.
    bet3/3
    Sana09.02.2024
    Hajmi11,72 Kb.
    #153790
    1   2   3
    Bog'liq
    1. Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi -fayllar.org (1)

    O‘ lchash transformatorlari
    * Kuchlanish transformatori Kuchlanish transformatorining tuzilishi va ish prinsipi avval ko‘rilgan bir fazali kuch transformatoriga o‘xshaydi. Birlamchi chulg‘amning o‘ramlar soni ko‘p bo’ladi va unga yuqori kuchlanish beriladi.

    4.14-rasm Kuchlanish transformatori: a) ulash sxemasi, b) kuchlanishli transformatorning shartli belgisi.
    Ikkilamchi chulg‘amning o’ramlari soni ozgina bo‘ladi va unga yuqori ichki qarshilikli asboblar ulanadi (masalan, voltmetr, vattmetr, schetchiklarning kuchlanish g‘altaklari). Shuning uchun ikkilamchi chulg‘amdan juda kichik tok o‘tadi. Demak, kuchlanish transformatori oddiy kuch transformatori singari salt yurish rejimida ishlaydi. Kuchlanish transformatori yuqori kuchlanishni 100 V gacha kamaytirib beradi. Shuning uchun ikkilamchi chulg‘amga 100 V li voltmetr ulanadi. U holda birlamchi kuchlanish: UI=U2 KU

    KU - transformatsiya koeffitsiyenti.


    Kuchlanish transformatorlari bir fazali va uch fazali qilib ishlab chiqariladi. Bir fazali kuchlanish transformatorning ulash sxemasi 4.14,b - rasmda ko‘rsatilgan.
    Tok transformatori
    Tok transformatorlari katta o‘zgaruvchan toklarni o‘lchashda qo’llaniladi. Ularning birlamchi chulg‘ami ampermetr singari liniya kesimiga ulanadi va o‘ramlar soni kam, ba’zida bir - ikki o‘ram yoki qalin o‘tkazgichning bir qismi bo’ladi. Ikkilamchi chulg‘amda o‘ramlar soni ko‘p bo‘ladi va u 5 amperga (ba’zan 10 amperga) mo‘ljallangan bo‘lib, vattmetrlar, ampermetrlar va boshqa asboblarning tok chulg‘amiga parallel ulanadi (4.15 - rasm).

    4.15-rasm. Tok transformatori:


    a) ulash sxemasi, b) tokli transformatorning shartli belgisi.
    Agar ulovchi simlar va ulangan o‘lchash asboblari chulg‘amlarning qarshiligi transformator uchun yo‘l qo‘yilgan miqdordan yuqori bo‘lmasa, K - const bo‘ladi. Unda birlamchi tok:

    http://fayllar.org
    Download 11,72 Kb.
    1   2   3




    Download 11,72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Transformatorlar haqida umumiy tushunchalar, uning tuzilishi va ishlash prinsipi

    Download 11,72 Kb.