• 25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining ta’lim sohasidagi vakolatlari
  • -modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ta’lim sohasidagi vakolatlari




    Download 237 Kb.
    bet14/36
    Sana12.12.2022
    Hajmi237 Kb.
    #34245
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
    Bog'liq
    12. \'\'TA\'LIM TO‘G‘RISIDA\'\'GI QONUN HAQIDA MA\'LUMOT
    Dars tahlili tayyor, 5 mavzu, Astronomiyada uzunlik birliklari, Amaliy mashg`ulot 14 (1), kombinatorika elementlari, gestures in different cultures, 2.Namuna amaliyot topshiriq, 13-maktab Oripova Dilfuza Boshlang\'ich ustoz, Transformatorlardagi isroflar va FIK, Uch fazali transformatorlar cho‘lg‘amlarini ulanish sxemalari va, 15.05.203, 63c5982b34321 1 Харбий институт, file (2), tarmoq xavfsizligi 206 talik
    24-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ta’lim sohasidagi vakolatlari
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Ta’lim inspeksiyasi deb yuritiladi) ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayoni, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifati ustidan nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshiradigan, ta’lim sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organidir.
    Ta’lim inspeksiyasi:
    ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan, shuningdek ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi;
    ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonining sifati monitoringini amalga oshiradi;
    maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlariga lavozimlar va malaka toifalarini berish jarayonini nazorat qiladi hamda unda ishtirok etadi;
    nodavlat ta’lim tashkilotlariga litsenziyalar beradi;
    ta’lim tashkilotlarining reytingini aniqlaydi;
    Oldingi tahrirga qarang.
    aniqlangan ta’lim to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishlari yuzasidan tegishli davlat boshqaruvi organlariga va ta’lim tashkilotlariga taqdimnomalar kiritadi.
    (24-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    Oldingi tahrirga qarang.
    Ta’lim inspeksiyasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
    (24-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
    25-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining ta’lim sohasidagi vakolatlari
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi:
    Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash, o‘qitish va tarbiyalash sohasida davlat siyosatini ishlab chiqadi va uni amalga oshiradi;
    Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun davlat ta’lim standartlarini tasdiqlaydi;
    davlat ta’lim standartlariga muvofiq Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yagona tarzda muvofiqlashtirishni hamda unga uslubiy rahbarlik qilishni amalga oshiradi;
    Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaydi, mazkur maktablarda bino va inshootlarni ekspluatatsiya qilish ishlarini monitoring qiladi va muvofiqlashtiradi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
    (25-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

    Download 237 Kb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




    Download 237 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining ta’lim sohasidagi vakolatlari

    Download 237 Kb.