• Kadrlar tayyorlash milliy modeli
  • Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari




    Download 237 Kb.
    bet3/36
    Sana12.12.2022
    Hajmi237 Kb.
    #34245
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    12. \'\'TA\'LIM TO‘G‘RISIDA\'\'GI QONUN HAQIDA MA\'LUMOT
    Dars tahlili tayyor, 5 mavzu, Astronomiyada uzunlik birliklari, Amaliy mashg`ulot 14 (1), kombinatorika elementlari, gestures in different cultures, 2.Namuna amaliyot topshiriq, 13-maktab Oripova Dilfuza Boshlang\'ich ustoz, Transformatorlardagi isroflar va FIK, Uch fazali transformatorlar cho‘lg‘amlarini ulanish sxemalari va, 15.05.203, 63c5982b34321 1 Харбий институт, file (2), tarmoq xavfsizligi 206 talik
    Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari. Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta’lim-tarbiya jarayonini qamrab olmay, shu bilan birga ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni ham o’z ichiga oladi.
    “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning asosida kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati yoritiladi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o’zaro hamkorligi, ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik asosida “yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi” mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha hisoblanadi.
    Milliy modelning o’ziga xos xususiyati mustaqil ravishda to’qqiz yillik umumiy o’rta hamda uch yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etilishi bilan belgilanadi. Bu esa o’z navbatida umumiy ta’lim dasturlaridan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga o’tilishiga zamin yaratadi*.
    Kadrlar tayyorlash milliy modelning tarkibiy qismlari quyidagilardir:
    1. SHaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir. SHaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o’zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o’zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi. SHaxsda o’zlashtirilgan bilim, faoliyat ko’nikmalari va hayotiy tajriba asosida kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlar va yuqori darajadagi kasbiy malakaga ega bo’lish uchun shaxs o’z oldiga muayyan maqsadni qo’ya olishi hamda unga erishish yo’lida tinimsiz izlanishi, o’qib-o’rganishi lozim. SHundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo’lib shakllanadi.
    2.  Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir.
    Davlat va jamiyat ta’lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo’lidagi faoliyatini ham uyg’unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi: fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o’z malakasini oshirish huquqlarning ro’yobga chiqarilishiga; majburiy umumiy o’rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo’nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini olishga; davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga; davlat ta’lim muassasalarini mablag’ bilan ta’minlashga; ta’lim oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga; ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlashga; sog’liq va rivojlanishida nuqsoni bo’lgan shaxslarning ta’lim olishiga*.

    Download 237 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 237 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari

    Download 237 Kb.