|
Research and education issn: 181-3191 volumeBog'liq 273-278Masalaning dolzarbligi
. Umumta’lim maktablarida «Informatika va axborot
texnologiyalari» fanidan algoritmlash va tarmoqlanuvchi algoritmlar mavzuslarini
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib multimedia vositalari asosida
o‘rganishga qaratilgan. Algoritm tushunchasi va uning xossalari, Algoritm turlari va
tasvirlanish usullari, chiziqli algoritmlar, tarmoqlanuvchi algoritmlar, takrorlanuvchi
algoritmlar va aralash algoritmlar mavzularini o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan. Bu
mavzularni o‘qitishda zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarining
multimedia vositalaridan foydalanib, dars jarayonini tashkil etish yaxshi samara beradi.
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanida algoritmlar va tarmoqlanuvchi
algoritmlar mavzulari bugungi kunda har bir umumta’lim maktablar o‘quvchilari
RESEARCH AND EDUCATION ISSN: 2181-3191 VOLUME 1 | ISSUE 2 | 2022
https://t.me/ResearchEdu_Journal
Multidisciplinary Scientific Journal May, 2022
274
uchun muhim hisoblanadi. Shu sababli «Informatika va axborot texnologiyalari»
fanining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan algoritmlash va tarmoqlanuvchi
algoritmlar mavzuslari hamda ularni multimedia vositalaridan foydalanib o‘qitish
metodikasini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqish maqsadga
muvofiq. Dastlab algoritm turlari va chiziqli algoritm mavzulari ularni multimedia
vositalaridan foydalanib o‘qitish metodikasini yaratish masalasiga e’tiborni
qaratganmiz. Endi tarmoqlanuvchi algoritm mavzusini o‘rganishda multimedia
vositalaridan foydalanib o‘qitish metodikasiga qaraymiz. Ushbu dasturiy vositalarni
o‘qitishda odatda an’anaviy metodika asosida darslik yoki o‘quv qo‘llanmadan
foydalanilgan holda o‘quv materiallari tushuntiriladi. O‘quv materiallariga asosan
o‘quvchilar amaliy darslarda kompyuterda algoritm turlari va tarmoqlanuvchi
algoritmlar mavzularini o‘rganishadi. An’anaviy o‘qitish metodikasida o‘quv
materiallari o‘quvchilarga matn yoki tasvir ko‘rinishida taqdim etiladi. Shu bois
mazkur dasturiy vositalarni o‘qitishga qancha hajmda soat ajratilganligiga qaramasdan
o‘quvchilar murakkabliklarga duch kelishmoqdalar. An’anaviy metodikadan farqli
ravishda «Informatika va axborot texnologiyalari» fanining ishchi dasturda
muljallangan soatlarida tarmoqlanuvchi algoritmlar mavzusini o‘rganish jarayonini
multimediali ishlanmalar asosida o‘qitish metodikasini keltiramiz. Ushbu metodikada
tarmoqlanuvchi algoritmlar mavzusini o‘rganish jarayoni ketma-ket harakatlar orqali
uning vazifalarini bajaradigan kompyuter imitasion modeli bilan ifoda etib
o‘quvchilarga ko‘rsatiladi va tushuntiriladi.
Hоzirgi kundа judа ko‘p аlgоritmik tillаr mаvjud bo‘lib, ulаrni
dаsturlаsh
tillаri dеb аtаymiz.
Аlgоritmik til -
аlgоritmlаrni bir хil vа аniq yozish uchun
ishlаtilаdigаn bеlgilаshlаr vа qоidаlаr tizimi. Аlgоritmik til оddiy tilgа yaqin bo‘lib,
u mаtеmаtik bеlgilаrni (yuqorida aytilganidek) o‘z ichigа оlаdi. Qo‘yilgаn
mаsаlаlаrni yеchish uchun tuzilgаn аlgоritmlаrni to‘g‘ridаn-to‘g‘ri mаshinаgа kiritib,
yеchib bo‘lmаydi, shu sаbаbli yozilgаn аlgоritmni birоrta аlgоritmik tilgа o‘tkаzish
zаrur.
Hаr qаndаy аlgоritmik til o‘z qo‘llаnilish sоhаsigа egа. Odatda, algoritmning
kompyuter
tushunadigan tilda yozilishi dastur deb ataladi. Kompyuter
tushunadigan tilga dasturlash tili deyiladi. Jahonda minglab dasturlash tillari
mavjud va ularning soni yanada ortib bormoqda. Hozirgi kunda Pascal,
Delphi, C, C++, Java, Phyton dasturlash tillari keng tarqalgan va o‘rganish
uchun qulay.
Yuqorida ko‘rilgan algoritmlarni tasvirlash usullarining asosiy maqsadi
qo‘yilgan masalani yechish uchun zarur amallar ketma-ketligining eng qulay
holatini aniqlash va inson tomonidan dastur yozilishini yanada osonlashtirishdan
|
| |