ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA




Download 17,42 Kb.
bet2/4
Sana22.02.2024
Hajmi17,42 Kb.
#160523
1   2   3   4
Bog'liq
ozbekistonda-logistika-va-transport-infratuzilmalarini-rivojlantirish-yonalishlari

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishariga bag‘ishlangan bandida ”Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish,



milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizasiya va difersifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish, erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarni tashkil etish, amaldagi zonalarning samaradorligini oshirish, klasterlar faoliyatini tashkil etish, xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o‘zgartirish, logistika va yo‘l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish tizimiga raqamlashtirish usullarini joriy etish,qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni saqlash, transportirovka qilish va sotish, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlarni ko‘rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish”kabi vazifalar keltirilgan. Shulardan kelib chiqqan holda, bugun mamlakatimizni modernizasiya qilish va yangilash, yangi O‘zbekistonni yaratish, iqtisodiyotimizning sifat jihatdan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish bo‘yicha barcha rejalarimizning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi yo‘l-transport va kommunikasiya infratuzilma tarmoqlarini yuksak sur'atlar bilan rivojlantirishga uzviy bog‘liqdir. O‘zbekistonda oxirgi yillarda logistikani,klasterlarni,innovasion faoliyatni, raqamlashtirishni shiddat bilan rivojlantirish masalalari davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoldi. Bu esa o‘z o‘rnida raqamlashtirish mamlakatimiz iqtisodiyoti raqobatbardoshligini rivojlantirish, inson taraqqiyoti darajasini oshirish, yoshlarni ish bilan bandligini taminlash,mehnat unumdorligini o‘stirishdagi hissasi to‘g‘risida xulosa chiqarish uchun O‘zbekistonning raqamli rivojlanishi bo‘yicha to‘la miqyosli uzoq muddatga ega bo‘lgan strategiyali davlat innovasion siyosatini rivojlantirishni va iqtisodiyotimizni raqamlashtirishni taqozo etmoqda.



Download 17,42 Kb.
1   2   3   4




Download 17,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Download 17,42 Kb.