MUHOKAMA VA NATIJALAR
Shu o‘rinda ta'kidlash joizki transport va logistika klasterlar tizimida yuklarni tashishda raqamlashtirishdan, ya'ni axborot kommunikasion texnologiyadardan, innovasion logistikadan foydalanish katta ahamiyatga egadir.
Logistikani boshqarishning mohiyati va vazifalari. Tovarlar harakatini boshqarish tizimi eng kam xarajatlar bilan ko‘ngildagidek ko'rsatish darajasiga erishishga xizmat qiladi. Bunda boshqaruv mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalam ing aniq maqsadli ko‘rsatmalarini amalga oshiradi. Masalan, eng kam varajatlar bilan kerakli muddatda mahsulotni yetkazib berishni la 'ininlash, xizmat ko‘rsatishni tegishli darajada ushlab turish kabi ko rsatmalar bo'lishi mumkin. Bunday holda boshqaruv mahsulot islilab
chiqarish va sotish faoliyati bilan shug’ullanayotgan barcha ho limlarni ma’Ium darajada muvofiqlashtirishga yo‘naltiriiadi. Tovarlar harakatini tashkil etishda marketing va ta’minot ma’lumotlari, ishlab chiqarish bo’limlari, transport, ombor xo‘jaligi, olish xizmati ishtirok etadi. Mazkur bo‘limlar ishida kelishmovchiliklar va ziddiyatlar yuzaga keladi. Boshqaruv tizimining ziddiyatlaming bartaraf etilishini va tovarlar harakatiga shai'oit yaratilishini ta’minlovchi qarorlami qabul qilishdadir. Logistikani boshqarish boshqaruv vazifalari tizimi orqali amalga oshiriladi. Logistik boshqaruvning vazifalari. Logistik boshqaruv vazifalarini guruhga: logistik jaravon ishtirokchUari faoliyatini leialashtirish va muvofiqlashtirish, olingan buyurtmalami bajarish vazifasidan olib borilayotgan ishlarni tartibga solish va materiallar
Transport koridorlarini rivojlantirish O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy yo‘nalishidir. O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining jadal sur’atlarda rivojlanishi, Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlari duch keladigan tashqi savdo yuklarini tashishni rivojlantirishda mavjud muammolarning hal etilishiga bog'liqdir. Akademik V. Bartold ta’kidlaganidek,
«Turkistonning kelajagi jahon savdosida unga qanday o‘rin tegishli bo‘lishi bilan belgilanadi. Uning savdo ahamiyati temir yo‘llari, quruqlik va dengizda savdo olib borilishining rivojlanishiga tamoman bog'langandir». Sobiq Sovet lttifoqi parchalanganidan so'ng dengizga chiqish yo‘llariga ega bo‘lmagan mamlakatlarning soni 29 taga yetdi va 0 ‘zbekiston dunyo okeanidan kamida ikki mamlakat hududi bilan ajratilgan davlatlardan boigani bois, bu ro‘yxatdan alohida o‘rinni egalladi. Mustaqillikka erishgunga qadar 0 ‘zbekiston o'zining tashqi savdo aloqalarini uch yo‘nalish — Ilyichevsk shahridagi (Qora dengizga chiquvchi), Sankt-Peterburgdagi (Boltiq dengiziga chiquvchi), Vladivostokdagi (Uzoq Sharqqa chiquvchi) dengiz portlari orqali amalga oshirar edi. Respublikadan mazkur portlargacha boigan masofa 3000, 4300 va 8000 km.ni tashkil etgan va bu holat yuklarni tashishni nihoyatda qimmatlashtirgan. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining faol chora-tadbirlari hamda tegishli vazirlik va tashkilotlaming tashqi savdo yuklarini tashishga moljallangan muqobil transport koridorlarini izlash va samarali foydalanishga doir muvofiqlashtirilgan ishi natijasida xalqaro transport koridorlarining keng tarm og'i yaratildi va takomillashib borayapti.
Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan radikal iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati, ko‘p jihatdan, muomala sohasining samarali faoliyati, ishlab chiqarish vositalari bilan ulgurji savdoning keng rivojlanishi, ishlab chiqarish texnikasiga mo‘ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasidagi to‘g‘ri aloqalar, hududlarning xalq xo‘jalik tarmoqlari, aksiyadorlar birlashmalari, turli mulk
shakllaridagi ishlab chiqarish va tijorat sub’yektlariga xizmat ko‘rsatuvchi transportning sifati bilan ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Bu maqsadlarga erishish uchun rivojlangan mamlakatlarning tajribasini o‘rganish bilan birga vatanimizda logistika sohasida bozor iqtisodiyotida turli mulkchilik shakllarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish munosabatlari sohasida mahsulot harakatlarini optimallashtirishning ilg‘or yo‘nalishlaridan foydalanish ham ma’lum bir ahamiyatga ega bo‘ladi. Logistika bo‘yicha mutaxassislar moddiy - texnika ta’minoti, transport va tovar harakati haqidagi axborotlarni yagona tizimga integratsiyalashuvini ta’minlashga intilishmoqda, bu esa ushbu sohalarning har birini ish faoliyatining samarasi va tarmoqlararo samaraning ortishiga olib kelishi kerak. Chet ellarda nazariya sifatida logistika mustaqil fan bo‘lib ajralib, oliy o‘quv yurtlarida, izlanishlar sohasi hamda ilmiy ishlab chiqarishda o‘rganilmoqda. Ko‘pgina oliy o‘quv yurtlarida boshqaruv xodimlarini tayyorlash uchun informatika va marketing bilan birga «logistika» mutaxassisligi mavjud va bitiruvchilarga mos mutaxassislik berilmoqda. Mamlakatimizda oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar kengaygan ishlab chiqarish va muomala sohalari uchun mutaxassis tayyorlashdagi o‘quv jarayonlarini tashkil qilishga ta’sir o‘tkazdi.
«Tijorat logistikasi» - tijorat faoliyati sohasidagi logistik faoliyat. Ammo «tijorat» bizning ongimizga keng tarqalgan, bu katta darajadagi savdo, savdo muammolari majmuasidir. Savdo sohasi - tijorat keng xaridorlar ommasi bilan bevosita munosabat o‘rnatish, faqat bizda emas, balki g‘arbda ham ishlab chiqarishdan mohirona ajratilgan bo‘lib, buning sababi va oqibatlari turlicha. Bu holda logistikadagi «tijorat» sifat mazmuni bo‘yicha ko‘proq mos kelishi mumkin. Masalan, Savdo institutining iqtisodiyot fakultetiga, qaysiki faqat savdo - tijorat sohalari uchun iqtisodchi tijoratchilar o‘rtasidagi dallollik muomalalarini amalga oshirish uchun tayyorlanadi. Shunga qaramay ishlab chiqarish - texnik maqsadlarga atalgan mahsulotni realizatsiya qilish va sotish, ishlab chiqarish va qurilish sohasida moddiy texnikaning iste’mol oqimi hajmini 90 %ini tashkil etib kelish bilan, g‘arbda va zamonaviy sharoitlarda bizda ham ishlab chiqaruvchilarning o‘z vazifalari va tijorat faoliyatlarining asosi bo‘lib qolmoqda. Bunday hollarda ishlab chiqarish, ta’minot hamda sotish bo‘yicha tijorat faoliyatini ishlab chiqarish - tijorat faoliyati bu sohadagi LOGISTIKAni «ishlab chiqarish - tijorat logistikasi», deb nomlash mantiqlidir. Unda bu soha mutaxassislarini tayyorlash shubhasiz iqtisodiyot va moliya universitetining vazifasiga kiradi. Bunday o‘qilayotgan kurs «tijorat logistikasi»ga xuddi shunday mazmunni beradi. Mazkur kursning maqsadi, tijorat (ishbilarmonlik) logistikasi asoslarini bizda ham, chet ellarda ham bu yo‘nalishni tashkil qilish va iqtisodiy faoliyatning nazariy va amaliy aspektlari rivojlanishi hamda rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim o‘quv yurtlarida maxsus
fan sifatida o‘qitish amaliyotini o‘sha davrning haqiqiy axborotlar imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘rganishdan iborat. Bizning mamlakatda 1991 yilgacha aniq logistikani ilmiy ifodalashda hamda logistika faoliyatini tashkil etishni o‘qitish amaliyotining yo‘qligi, shu bilan mavjud chet el axborotlarini o‘rganish jarayonida izlanishlarni amalga oshirib, chet ellarning logistika va vatanimizning xalq xo‘jaligi faoliyatini tashkil qilish - iqtisodiy sohalari dinamikasi tezda o‘zgaruvchan bozorning ishlab chiqarishtijorat sharoitlariga hamda barcha muammolarni tamoman yangicha konseptual holda qo‘yilishi va o‘rganilishi lozim.
XULOSA
Logistikani fan sifatida, bilimlar tizimi, tamoyillari va usullari sifatida bilmaslik xodimning kasbiy kamchiliklarini tavsiflaydi, bu esa sub’yektning ishida (biznesda) ma’lum bir harajatlarning qo‘shimcha sarflanishiga olib keladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyotining markaziy ishtirokchisi - tijoratchini tayyorlashda logistikani o‘qitish ahamiyatli o‘rin egallaydi. Logistikani bilish iqtisodchilar uchun muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini olib borishga asos sifatida zarurdir.
|