|
Fan: Qurilish nazariyasi Mavzu: Savdo,maishiy xizmat ko’rsatish bino va inshotlar
|
bet | 1/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 1,94 Mb. | | #232419 |
Bog'liq Hikmaatillo Taqdimot Mavzu: Savdo,maishiy xizmat ko’rsatish bino va inshotlar Umumiy ovqatlanish muassalari qurilgan muhitning me’moray dezaynga ta’siri Shahar miqyosida yondashuv - OʻzRda aholiga Maishiy xizmat koʻrsatish soxasiga chet el investitsiyasi ham jalb etilgan. Mamlakatda Turkiya, Koreya Respublikasi, Germaniya, Italiya, Fransiya va boshqa davlatlardan kelgan in-vestorlar qamkorligida tashkil etilgan qushma korxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. 2000-yilda Oʻzbekistonda aholiga koʻrsatilgan Maishiy xizmat hajmi 47,5 mlrd. soʻmni tashkil etdi, aholi jon boshiga 12340,2 soʻmlik pulli xizmatlar koʻrsatildi.
Maishiy xizmat - maishiy xizmat koʻrsatish — aholiga noishlab chiqarish va ishlab chiqarish xizmati koʻrsatish sohasining bir qismi. Maishiy xizmat kishilarning kasbiy va ijtimoiy-siyosiy faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan xolda moddiy hamda maʼnaviy ehtiyojlarni bevosita qondirish boʻyicha amalga oshiriladigan ijtimoiy-tashkiliy usullar va shakllar bilan tavsiflanadi. Hozirgi sharoitlarda Maishiy xizmat xalq xoʻjaligining maxsus industrial moddiy-texnika bazasi — sanoat korxonalari va kombinatlariga ega boʻlgan alohida tarmogʻi hisoblanadi. Maishiy xizmat korxonalari tomonidan yakka tartibda shaxsiy isteʼmol buyumlarini tayyorlash, isteʼmol qiymatini yoʻqotgan, roʻzgʻorda ishlatiladitan va shaxsiy foydalamishdagi buyurtmalarni tiklash, shaxsiy xizmatlar koʻrsatish va boshqa ishlar bajariladi. Maishiy xizmatga uy-joyni taʼmirlash, yakka buyurtmalar boʻyicha mebellar tayyorlash va ularni taʼmirlash, kir yuvish, buyumlar va kiyim-kechaklarni kimyoviy tozalash va boʻyash. yakka tartibda poyabzal, kiyimkechak, moʻynali va trikotaj buyumlari tikish va taʼmirlash, avtomobillarga texnika xizmati koʻrsatish va ularni taʼmirlash, roʻzgor texnikasi mashinalari va asboblari, radio va teleapparaturalarni, shuningdek, musiqa asboblarini taʼmirlash, qimmatbaho narsalarni lombardlarda saqlab berish boʻyicha xizmatlar, fotoxizmatlar, sartaroshlik, madaniymaishiy va sport buyumlarini ijaraga berish xizmatlari. xonadonlarni yigishtirish bilan bogliq xizmatlar, turli topshiriqdarni bajarish va boshqa bilan shugʻullanaligan korxonalar va tashkilotlar faoliyati kiradi. Ijtimoiy taraqqiyot, texnika vositalarining rivoji, shuningdek, xalq moddiy farovonligining ortishi bilan aholining moddiy va maʼnaviy ehtiyojlari ham oʻsib-koʻpayib boradi. Bu holat Maishiy xizmatning ijtimoiytashkiliy usullari va shakllarining kengayishini taqozo etadi. Maishiy xizmat korxonalari xizmat koʻrsatish sohalarining boshqa tarmoqlari (mas, savdo, umumiy ovqatlanish, bolalar muassasalari, turar joy, kommunal xoʻjaliklari va h. k) bilan birgalikda xonadon xoʻjaligida bajariladigan ayrim ishlar va xizmatlarni asta-sekin ijtimoiy ishlab chiqarish va umumiy xizmat koʻrsatish shakllari bilan almashtirib boradi.
|
| |