|
Respublika bo`yicha yong`inlar sodir bo`lishi va ularda ko`riladigan zararlar to`G`risida statik ma'lumotlar tahlili reja
|
bet | 2/5 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 89,55 Kb. | | #120983 |
Bog'liq Respublika bo`yicha yong`inlar sodir bo`lishi va ularda ko`riladYong‘inning oldini olish tizimi – yong‘in sodir bo‘lish sha- roitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidan iboratdir.
Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda mumkin qadar ko‘proq yon- maydigan va qiyin yonadigan materiallarni ishlatish, texnologik jarayonlarni to‘liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong‘inga xavfli qurilmalar o‘rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqalardan ajratish yoki ularni mumkin qadar tashqarida o‘rnatish, yonuvchi moddalar uchun germetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosi tarkibidagi yonuvchi gaz, bug‘ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish va shu kabi boshqa tadbirlar orqali amalga oishiriladi.
Y onuvchi muhitda yong‘inga olib keluvchi manbaning hosil bo‘lishini oldini olish esa ishlab chiqarishda yong‘in manbasini hosil qilmaydigan mashinalar, mexanizmlar va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoidalari va rejimlariga to‘liq rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish, materiallar va moddalarning issiqlik ta’sirida, kimiyoviy hamda mikrobiologik usulda o‘z-o‘zidan alangalanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong‘inga qarshi tadbirlarni to‘liq amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi.
Yong‘inga qarshi himoya tizimi – yong‘in o‘chirish jihozlari va texnikalaridan, уоng‘inning xavfli omillaridan himoya qiluvchi shaxsiy va jamoa himoya vositalaridan, yong‘in signalizatsiyasi va yong‘in o‘chirish tizimining avtomatik qurilmalaridan foydalanish, оbyektning konstruksiyalari va materiallariga yong‘indan himoyalovchi tarkibli bo‘yoqlar bilan ishlov berish, tutunga qarshi himoya tizimlari, evakuatsiya уo‘llаri bo‘lishini ta’minlash, binoning yong‘in mustahkamliligi darajasini to‘g‘ri tanlash kabi tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Yong‘inning tarqalishini oldini olish tizimi – yong‘inga qarshi to‘siqlarni o‘rnatish, qurilmalar va inshootlarda avariya holatida o‘chirish hamda qo‘shish jihozlaridan va yong‘indan to‘suvchi vositalardan, yong‘in vaqtida yonuvchi suyuqliklarning to‘kilishini oldini oluvchi vositalardan foydalanish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Tashkiliy-texnik tadbirlarga yong‘indan himoyalanish xizmatini tuzish, uni texnik jihozlar bilan ta’minlash, yong‘in xavf- sizligi bo‘yicha оbyektdagi moddalar, materiallar, jihozlar, qurilmalar va texnologik jarayonlarni pasportlashtirish, yong‘in muhofazasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash va ularni o‘qitish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha уo‘riqnomalar va aholi o‘rtasida turli xil tadbirlar o‘tkazish, yong‘inga qarshi ko‘rsatmalar ishlab chiqish hamda boshqa shu kabi tadbirlar kiradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Respublika bo`yicha yong`inlar sodir bo`lishi va ularda ko`riladigan zararlar to`G`risida statik ma'lumotlar tahlili reja
|