1.2 Respublikada mustaqillik yillarida sud-huquq tizimini isloh qilish
borasida qabul qilingan meyoriy hujjatlar.
Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim
yo„nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs
huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini
izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir. Bir so„z bilan aytganda,
yurtimizda huquqiy davlat asoslarini yanada takomillashtirish va aholining
huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo„lib
qolmoqda. Aynan shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab
islohotlarning mazkur yo„nalishiga alohida e‟tibor qaratilgani bejiz emas. Ana
shunday yondashuv tufayli bu boradagi ishlarning ko„lami, miqyosi va
samaradorligi keyingi o„n yillikda nihoyatda kengayib, yangi bosqichga
ko„tarilganini ko„p-ko„p misollarda ko„rish mumkin
1
.
Sud hokimyatining tashkil etilishi va amal qilishi asoslarini belgilovchi bir
qator qonunlarning qabul qilinishi so‟zsiz jamiyatni demokratlashtirish borasidagi
jiddiy yutuqlar sirasiga kiradi. Ular jumlasiga O‟zbekiston Respublikasining
“Sudlar to‟g‟risida”gi Qonuni, “O‟zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy
sudi to‟g‟risida”gi Qonuni, Fuqarolik, Fuqarolik protsessual, Xo‟jalik protsessual,
Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslari, Ma‟muriy javobgarlik to‟g‟risidagi
kodeks va boshqa qonun hujjatlari kiradi
2
. Sud hokimyatining yagonaligi
sudyalarning mustaqilligi, sud korpusining shakllantirilishini belgilaydigan
huquqiy qoidalar, shuningdek sudlar faoliyatini moliyalash va moddiy-texnika
ta‟minoti masalalari ayni shu hujjatlarda bayon qilingan. Protsessual kodekslarda
esa huquqiy demokratik davlat barpo etish sharoitida odil sudlovni amalga oshirish
tamoyillari, xalqaro andozalarga muvofiq bo‟lgan sud ishlarini yuritish qoidalari:
1
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarning yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasi. O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‟shma
majlisidagi ma‟ruza. 2010. 12 noyabr.
2
Polvonzoda A.A, Abdumajidov G.A.va boshq. O'zbekistonda sud hokimyati: Islohotlar davri. – T.:
“Adolat”, 2002 .–4-b.
17
sud ishlarini yuritishda tortishuv, aybsizlik prezumsiyasi, protsesda tomonlarning
tengligini va boshqa tamoyillar o‟z aksini topdi
1
.
Mustaqil O‟zbekiston Konstitutsiyasining qabul qilinishi sud tizimini
yangilash, uni demokratlashtirish jarayoniga jiddiy turtki bo‟ldi. Sudni hukmron
byurokratiyaning qatag‟onchilik qurolidan inson huquqlarini himoya qilishning
ishonchli vositasi – huquqiy davlatning g‟oyat muhum institutiga aylantirish
birinchi navbatdagi vazifa bo‟lib qoldi
2
.
O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (11-modda) ilk bor hokimyat
bo‟linishi prinsipi mustahkamlab qo‟yildi, unga ko‟ra mamlakatda davlat
hokimyati bir-biridan mustaqil bo‟lgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud
hokimyatiga bo‟linadi
3
.
Barcha rivojlangan mamlakatlarda adolatning muntazam salohiyatini
ta`minlash
uchun
sud
tizimi
mavjud.
Hozir
mavjud
davlatlarning
Konstitutsiyalarida sud tizimi va uning faoliyatiga alohida о`rin berilgan.
О`zbekiston Respublikasining 1992-yilgi Konstitutsiyasida ham 106-116-moddalar
mahsus bobga ajratilib, sud tizimining asoslariga bag`ishlangan. O‟zbekiston
Respublikasida sud hokimyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimyatdan,
siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustqil holda ish yuritadi
4
.
O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida sud hokimyatiga maxsus bob
bag‟ishlangan bo‟lib, unda “sud hokimyati”atamasi sud tizimini tashkil etilishi va
sudlar faoliyatining tamoyillarini qamrab oladigan qator qoidalar orqali ochib
beriladi
5
.
Mustaqil sud hokimiyatini amalga oshirish mexanizmini tartibga soluvchi va
uning sudyalarni saylash, tayinlash hamda ularni vazifasidan ozod qilish tartibi,
1
Polvonzoda A.A, Abdumajidov G.A.va boshq. O'zbekistonda sud hokimyati: Islohotlar davri. – T.:
“Adolat”, 2002 .–17-b.
2
Karimov I.A. Hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari. Milliy
davlatchilik, istiqlol mafkurasi va huquqiy madaniyat to‟g‟risida.- T. IIV Akademiyasi, 1999. -382-b.
3
Polvonzoda A.A, Abdumajidov G.A va boshq. O'zbekistonda sud hokimyati: Islohotlar davri. – T.:
“Adolat”, 2002 .–5-b.
4
O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 106-modda.- T.,2013.-32-b.
5
Umarova Sh.O. O‟zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat qurishda sud hokimyatining o‟rni.
- T., 2005. - 60-b.
18
sud ishlarini ko‟rishda aralashganlik uchun javobgarlik va hokazolarning asosiy
kafolati hisoblangan «Sudlar to‟g‟risida»gi Qonun 1993-yil 2-sentabrida Oliy
Kengashning XIII sessiyasida qabul qilindi. Ilgariroq 1992-yil 10-dekabrda Oliy
Kengashning XI sessiyasida qabul qilingan «Prokuratura to‟g‟risida»gi Qonun
uning sud bilan butunlay yangi sharoit va talablar doirasidagi o‟zaro
munosabatlarini belgilab bergan edi. Jinoyat protsessual, Xo‟jalik protsessual va
Fuqarolik protsessual to‟g‟risidagi qonunlar qabul qilinib, ularda sud mustaqilligi
tamoyillari, taraflarning tengligi, sud ishlarini yuritishda tortishuv va odil
sudlovning boshqa demokratik me‟yorlari mustahkamlandi
1
.
1993-yil
6-mayda
qabul
qilingan
“O‟zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyaviy
sudi
to‟g‟risida”gi
Qonun
O‟zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyaviy sudining faoliyatini tashkil qilish masalalariga bag‟ishlangan ilk
hujjat edi
2
.
1994-yilning sentabrida qabul qilingan 1995-yil 1-apreldan boshlab kuchga
kirgan O‟zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi qonunchilikni ta‟minlashda katta
ahamiyat kasb etdi va u davlatimiz sud-huquq tizimini qayta qurishga muhim
qadam bo‟ldi
3
.
O‟tgan tarixan qisqa davrda sud hokimiyatini mustahkamlash, sud
islohotlarini izchillik bilan o‟tkazish masalalari hamisha davlat rahbarining diqqat
markazida bo‟lib keldi. Jumladan, Oliy Majlisning 1995-yil 24-fevralda bo‟lib
o‟tgan birinchi chaqiriq, birinchi, 1995-yil 21-dekabrdagi to‟rtinchi va 1996-yil 28-
avgustdagi oltinchi sessiyalarida sud hokimiyati uchinchi, mustaqil va qaram
bo‟lmagan tarmoq ekanligiga, odil sudlov tizimini kengaytirish va
demokratiyalashtirish lozimligiga e‟tibor berildi
4
.
1
Polvonzoda A.A, Abdumajidov G.A va boshq. O'zbekistonda sud hokimyati: Islohotlar davri. – T.:
“Adolat”, 2002 .–17-b.
2
Umarova Sh.O. O‟zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat qurishda sud hokimyatining o‟rni.
- T., 2005. - 12-b.
3
O‟sha manba. 83-b.
4
Jo‟rayev N, Fayzullayev T. Mustaqil O‟zbekiston tarixi 3-kitob. - T., 2009. - 225-b.
19
Sud-huquq islohotlari oldida turgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida
1995-yil
30-avgustda
“O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi
to‟g‟risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi
1
.
O‟zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini
buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‟g‟risida”gi,
“Advokatura to‟g‟risida”gi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning
ijtimoiy himoyasi to‟g‟risida”gi shaxs huquqlarini ijro hokimyati organlarining
noqonuniy xatti-harakatlaridan himoya qilish borasida qo‟shimcha kafolatlar
yaratish yo‟lidagi muhim qadam bo‟ldi
2
.
Prezident I.Karimov 1996-yil 7-dekabrda Konstitutsiyaning to‟rt yilligiga
bag‟ishlangan tantanalarda so‟zga chiqib, davlatda huquqiy tizim har qanday
vaziyatda ham aniq ishlashi lozim ekanligini alohida ta‟kidladi. Shuning uchun
ham haqiqiy mustaqil, kuchli sud hokimiyati sudyalarning injiqligi yoki yuqori
mavqe istagi emas, balki u Konstitutsiyaning, barcha xalqning talabi hamda erkin
demokratik jamiyatning o‟zaklaridan biridir
3
.
Jinoiy jazo choralarini tayinlash masalasida ham jiddiy o‟zgarish yuz berdi.
Oliy sudning 1993-yildan boshlab joylarda o‟tkazilgan tekshirishlar, Plenumlarda
qabul qilingan tegishli qarorlar, xavfli jinoyatchilarga, uning tashkilotchilariga,
jinoiy guruhlarning faol qatnashchilariga jazo tayinlash amaliyotini tubdan
o‟zgartirish imkonini berdi. Og‟ir va o‟ta og‟ir jinoyatlar uchun jazo tayinlash
ancha kuchaytirildi, natijada respublikada vaziyat yaxshilandi
4
.
O‟zbekiston Respublikasi Oliy sudi «Sudlar to‟g‟risida»gi Qonunning 4-
moddasida qayd etilgan va o‟zlariga yuklatilgan hokimiyat vakolatlaridan kelib
chiqqan holda so‟nggi yillarda o‟z faoliyatlarini Konstitutsiyada va boshqa
qonunlarda hamda inson huquqlari to‟g‟risidagi xalqaro hujjatlarda bayon etilgan
1
Jo‟rayev N/, Fayzullayev T. Mustaqil O‟zbekiston tarixi 3-kitob. - T., 2009. - 88-b.
2
Polvonzoda A.A, Abdumajidov G.A va boshq. O'zbekistonda sud hokimyati: Islohotlar davri. – T.:
“Adolat”, 2002 .–19-b.
3
www.gov.uz
4
Umarova Sh.O. O‟zbekiston Respublikasida demokratik huquqiy davlat qurishda sud hokimyatining o‟rni.
- T., 2005. - 84-b.
20
fuqarolarning huquq va erkinliklariga, korxonalar, muassasa va tashkilotlarning
huquqlari hamda qonun bilan himoyalanadigan manfaatlariga rioya etilishini
kafolatlash borasida qator tadbirlarni amalga oshirdi
1
.
Umuman olganda, sudlarning jinoyat va fuqarolik ishlari bo‟yicha o‟tgan
2000-2006-yillar ichidagi ishlarning sifatini baholaydigan bo‟lsak, bu ko‟rsatkich
ancha yaxshilandi. Sudlar dalillarni baholash masalasiga mas‟uliyat bilan yondosha
boshladilar. Ishlarni ko‟rishda rasmiyatchilik, yuzaki yondashish, himoya huquqini
buzish hollari kamaydi
2
.
Mamlakatimiz tashqarisiga tovar moddiy boyliklarni olib chiqish tartiblarini
buzish jamiyatimiz uchun katta xavf tug‟dirishini, bozor iqtisodiyotiga va
fuqarolarning manfaatlariga jiddiy zarar keltirishi e‟tiborga olinib, ularni sudda
ko‟rish amaliyoti o‟rganib chiqildi. Yo‟l qo‟yilgan kamchiliklarni bartaraf etish
maqsadida Oliy sud 1993-yil 27-dekabrdagi Plenumida «Respublikadan tashqariga
tovar moddiy boyliklarni olib chiqish va Respublikaga naqd pullarni olib kelish
tartiblarini belgilovchi qonunlarni qo‟llash to‟g‟risida» qaror qabul qilib, quyi
sudlarga dasturiy ko‟rsatmalar berdi
3
.
O‟zbekiston Respublikasi Oliy sudi 1994-yil 7-yanvarda Plenum o‟tkazib,
«Jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‟g‟risida»gi masalani muhokama etdi va
tegishli qaror qabul qildi. Unda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun
moddalarini qo‟llash choralari ko‟rildi
4
.
Mamlakatda iqtisodiy islohotlarning chuqurlashuvi, ayniqsa qishloq
xo‟jaligida tub islohotlar, xo‟jalik sudlari faoliyatini yanada takomillashtirishni
talab qildi. 1996-yil 25-iyulda O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xo‟jalik
sudlari tarkibini takomillashtirish to‟g‟risida»gi Farmoni e‟lon qilindi. Mazkur
farmon asosida viloyat xo‟jalik sudlari maqomida faoliyat ko‟rsatuvchi Toshkent
1
Polvonzoda A.A, Abdumajidov G.A va boshq. O'zbekistonda sud hokimyati: Islohotlar davri. – T.:
“Adolat”, 2002 .–20-b.
2
Jo‟rayev N, Fayzullayev T. Mustaqil O‟zbekiston tarixi 3-kitob. T.:2009. 226-b.
3
Polvonzoda A.A, Abdumajidov G.A va boshq. O'zbekistonda sud hokimyati: Islohotlar davri. – T.:
“Adolat”, 2002 .–18-b.
4
Boydadayev M. O‟zbekiston huquqiy davlat va fuqarolik jamiyat qurilishi va boshqaruv tizimining
shakllanishi hamda takomillashuvining huquqiy asoslari.– T.,- 2001.- 25-b.
21
shahar xo‟jalik sudi tashkil etildi va xo‟jalik sudlari sud ijrochilari instituti ta‟sis
etildi
1
.
Uy-joy islohotini amalga oshirish bozor iqtisodiyotiga o‟tishning muhim
omillaridan biri ekanligi, uning maqsadi uy-joy bozorini vujudga keltirishga
qaratilganligini e‟tiborga olib, «Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish
to‟g‟risida»gi Qonunni qo‟llashdagi ba‟zi masalalar haqida O‟zbekiston
Respublikasi Oliy sudi 1994-yil 9-sentabrda bo‟lib o‟tgan Plenumida Qaror qabul
qildi. Qabul qilingan qaror respublikada davlat uy-joy fondini xususiylashtirish
jarayonini amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‟ldi.
Shu bilan birga, O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning
2005-yil 1-avgustdagi «O‟zbekiston Respublikasida o‟lim jazosini bekor qilish
to‟g‟risida»gi hamda 2005-yil 8-avgustdagi «Qamoqqa olishga sanksiya berish
huquqini sudlarga o‟tkazish to‟g‟risida»gi farmonlari har bir sudya zimmasiga
alohida mas‟uliyat yuklashi ta‟kidlanib, bu borada sudya kadrlarni tayyorlash va
yagona sud amaliyotini shakllantirish mexanizmini barpo etish bo‟yicha chora-
tadbirlar belgilab chiqildi
2
.
Jinoyat qonunchiligiga kiritilgan o‟zgartish va qo‟shimchalardan yana bir
muhimi – yarashuv institutining qabul etilishi natijasida 2006-yilda 12,605 nafar
shaxsga nisbatan 11,503 ta jinoyat ishi tugatilgan bo‟lsa, bu institut amaliyotga
joriy qilinganidan bugungi kunga qadar 54 mingdan ortiq shaxs jinoiy
javobgarlikdan ozod etilib, «sudlangan» degan nomni ko‟tarib yurishdan xalos
bo‟lgan
3
.
Toshkentda 2009-yil 25-26-iyun kunlari “O„zbekistonda sud-huquq islohotlari
sohasidagi yutuqlar va uning istiqbollari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiya bo„lib o„tdi. Ushbu anjuman O„zbekiston Respublikasi Oliy sudi va
Oliy xo„jalik sudi, Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va
liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta‟minlash bo„yicha tadqiqot
1
Vohiov Z. “O‟zbekiston Respublikasida hokimyat bo‟linishi prinsipining amaliy ifodasi”.– T.:2000.-66-b.
2
O‟sha manba. 229-b.
3
Jo‟rayev N., Fayzullayev T. Mustaqil O‟zbekiston tarixi 3-kitob. - T., 2009. - 232-b.
22
markazi tomonidan Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi va Yevropa
Kengashi huquqi orqali demokratlashtirish Venetsiya komissiyasi bilan
hamkorlikda tashkil etildi
1
.
Konferensiyada O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a‟zolari va
Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy sud, Oliy xo„jalik sudi, Bosh prokuratura,
Adliya va Ichki ishlar vazirliklari, Inson huquqlari bo„yicha milliy markaz,
O„zbekiston Respublikasi advokatlar palatasi, Toshkent davlat yuridik instituti,
xalqaro tashkilotlar hamda mamlakatimizda akkreditatsiyadan o„tgan diplomatik
korpus vakillari, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Koreya
Respublikasi kabi xorijiy davlatlar ekspertlari ishtirok etdi
2
.
O„zbekiston Respublikasining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish
munosabati bilan O„zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga
o„zgartish va qo„shimchalar kiritish to„g„risida”gi qonuni 2012-yil 19-sentabrdan
kuchga kirdi
3
.
Toshkentda “Sud amaliyoti va odil sudlov standartlari: O„zbekiston tajribasi
va xalqaro amaliyot” mavzusida xalqaro davra suhbati bo„lib o„tdi. O„zbekiston
Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va
liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta‟minlash bo„yicha tadqiqot
markazi tomonidan “Mintaqaviy muloqot” xalqaro tashkiloti (Sloveniya) bilan
hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda Oliy Majlis Senati a‟zolari, Qonunchilik
palatasi deputatlari, Oliy sud, jinoyat ishlari bo„yicha sudlar sudyalari, AQSh
sudyalar korpusi vakillari ishtirok etdi
4
.
Ma‟lumki,
“Mamlakatimizda
demokratik
islohotlarni
yanada
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” da ham aynan
sud-huquq sohasidagi islohotlar samarasi haqida alohida gapirib o‟tilgan. Unda
yozilishicha, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq sohasidagi
1
www.gov.uz
2
O‟sha manba.
3
Ortiqova S.Uz.A. muhbiri “Odil sudlov samaradorligi yanada oshmoqda”.25.10.2012.
4
www.gov.uz
Sud amaliyoti va standartlari: O„zbekiston tajribasi va xalqaro amaliyot. 17.09.2013.
23
islohotlarning asosiy maqsadi – inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy
manfaatlarini samarali himoya qilishning eng muhim kafolati sifatida sud
hokimyatining nufuzini mustahkamlash, sudlarning chinakam mustaqilligini
ta‟minlash, ularning insonparvar demokratik huquqiy davlat va kuchli fuqarolik
jamiyatini barpo etishdagi rolini oshirishdir.
Mamlakatimizni demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim
yo„nalishlaridan biri bu – qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs
huquqi va manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini
izchil demokratlashtirish va liberallashtirishdan iboratdir
1
.
Konsepsiyada sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirishda amalga
oshirilishi belgilangan tashkiliy-huquqiy choralar:
1.
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‟g‟risida”gi Qonunning yangi tahririni
qabul qilish.
2.
Sudga qadar ish yurituv bosqichida lavozimdan chetlashtirish va
shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini
faqat sudyaning sanksiyasi asosida qo‟llash tartibini o‟rnaish.
3.
Sud majlisida ish bo‟yicha ayblov xulosasini o‟qib eshittirish
majburiyatini faqat prokuror zimmasiga yuklash.
4.
Jinoyat protsessual kodeksidan sudning jinoyat ishi qo‟zg‟atishga doir
vakolatini chiqarish.
2013-yil 13-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibiga
o'zgartishlar kiritish to'g‟risida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori qabul qilindi
2
. Unga ko‟ra Oliy sud tarkibiga o‟zgartirishlar kiritildi.
Bir so‟z bilan aytganda mustaqillik yillarida sud hokimiyatini bosqichma-
bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta‟minlash, uni sobiq
tuzumda bo„lgani kabi qatag„on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas,
1
Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarning yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasi. O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‟shma
majlisidagi ma‟ruza. 2010. 12-noyabr.
2
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Raisi I.Sobirov Toshkent shahri, 2013 yil 13 dekabr.
24
balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza
etishga xizmat qiladigan tom ma‟nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga
qaratilgan keng ko„lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Hokimiyatlar bo„linishiga oid konstitutsiyaviy prinsipni izchil amalga oshirish
maqsadida “Sudlar to„g„risida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi, shuningdek,
bu davrda jinoyat-protsessual, fuqarolik-protsessual qonunchiligiga tegishli
o„zgartish va qo„shimchalar kiritildi. Bu esa o„z navbatida sud tizimini ijro etuvchi
hokimiyat organlari nazorati va ta‟siridan chiqarish imkonini berganini alohida
ta‟kidlash lozim. Ayni paytda sudyalik lavozimiga nomzodlarni taqdim etish,
sudyalarning vakolatini to„xtatish va muddatidan oldin tugatish, ularga nisbatan
intizomiy ish yurituvni qo„zg„atish vazifalari Adliya vazirligi vakolatidan
chiqarilgani ham bu borada muhim qadam bo„ldi.
|