Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot



bet2/149
Sana10.09.2024
Hajmi
#270811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
kiberxavfsizlik-asoslari

Taqrizchilar: 
Tashev K.A. – 
texnika fanlari nomzodi, dotsent, Muhammad al-Xorazmiy 
nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ilmiy-ishlar va 
innovatsiyalar bo’yicha prorektori. 
Axmedova O.P. –
texnika fanlari nomzodi, “UNICON.UZ” DUK – Fan-
texnika va marketing tadqiqotlari markazi Axborot xavfsizligi va kriptologiya ilmiy 
tadqiqot bo’limi boshlig’i. 



KIRISH 
Yangi texnologiyalar, elektron xizmatlar bizning kundalik hayotimizning 
ajralmas qismiga aylandi. Jamiyat kundan-kun axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalariga tobora ko'proq qaram bo'lib borayotganligini hisobga olib, ushbu 
texnologiyalarni himoya qilish va ulardan foydalanish milliy manfaatlar uchun hal 
qiluvchi ahamiyatga ega va juda muhim mavzuga aylanmoqda.
Bugungi kunda axborot jamiyatini rivojlantirishning zaruriy sharti bu 
kiberxavfsizlikdir, uni xavfsizlikning texnik va qonunchilikgacha bo'lgan deyarli 
cheksiz ro'yxati va ularni hal qilish yo'li bilan ta'minlash mumkin.
Zamonaviy sharoitda, kiberxavfsizlik masalalari alohida kompyuter 
vositasida axborot xavfsizligi darajasidan har bir davlatning axborot va milliy 
xavfsizligining ajralmas qismi sifatida yagona kiberhavfsizlik tizimini yaratish 
darajasigacha boradi. 
Shu sababli, har bir tashkilot uchun kiberxavfsizlikni ta’minlash maqsadida 
mazkur soha bilan shug’ullanuvchi xodimlar jalb qilinmoqda va xodimlarni 
kiberxavfsizlikka oid bilimlar bilan doimiy tanishtirib boorish uchun qator seminar-
treyning mashg’ulotlari tashkil etilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida ham 
kiberxavfsizlikni fan sifatida o’tilishi buning yaqqol misolidir.
Respublikamizda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bir qatorda 
xо‘jalik va davlat boshqaruvi organlarida axboorot xavfsizligini, xususan, 
kompyuter bilan bog’liq bo’lgan xavfsizlik muammolarini bartaraf etish 
yo’nalishida alohida e’tibor qaratilmoqda. 2017-
2021 yillarda О‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha Harakatlar strategiyasida vazifalar 
belgilab olindi, shular qatorida «...axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni 
himoya qilis
h tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga о‘z vaqtida 
va munosib qarshilik kо‘rsatish» va kiber jinoyatchilikni fosh etish masalalariga 
alohida e’tibor qaratilgan. Bundan tashqari, “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Prezidenti Farmonida “2020 yil 1 sentyabrga qadar kiberxavfsizlikka doir milliy 



strategiya va qonun loyihasi ishlab chiqish” vazifalari belgilangan. Bu vazifalarni 
amalga oshirishda kiberxavfsizlik sohasiga oid o’quv qo’llanmalarini ishlab chiqish
ham e’tibor berish kerak bo’lgan muhim jihatlardan hisoblanadi. 
Mazkur о‘quv qо‘llanma kiberxavfsizlik sohasida dastlabki qadamlarini 
qo’yayotgan tinglovchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda kiberxavfsizlikning 
asosiy tushunchalari, kiberhujumlardan himoyalanishning nazariy asoslari 
keltirilgan.
Qо‘llanmaning birinchi bоbida kiberxavfsizlik asoslari fanining vazifalari va 
asosiy tushunchalari, uning qо‘llanilish so
hasi hamda kiberxavfsizlikda inson omili 
masalalari kо‘rib chiqilgan. Kiberxavfsizlikning bilim sohalari, kiberxavfsizlikning 
fan sohasining tuzulishi, kiberxavfsizlik va axborot xavfsizlik tushunchalari 
o’rtasidagi farqlar misollar asosida keltirilgan.
Ikkinchi bоbda axborotning kriptografik himoyasi doirasida uning asosiy 
tushunchalari, simmetrik kriptotizimlar, ochiq kalitli kriptotizimlar, ma’lumotlarni 
yaxlitligini ta’minlash usullari, disklarni va fayllarni shifrlash hamda ma’lumotlarni 
xavfsiz o’chirish usullari kо‘rib chiqilgan.
Qо‘llanmaning uchinchi bоbi foydalanishlarni nazoratlashga bag’shlangan 
bo’lib, autentifikatsiya usullari, ma’lumotlarni fizik va mantiqiy boshqarish usullari 
keltirilgan. Amalda keng qo’llanilgan parolga asoslangan autentifikatsiya usulini 
matematik tahlili va amalda foydalanish uchun parollarni tanlash bo’yicha tavsiyalar 
keltirilgan.
Tо‘rtinchi bоb tarmoq xavfsizligiga bag‘ishlangan bo’lib, unda tarmoqda 
mavjud bo’lgan xavfsizlik muammolari va ularni bartaraf etishda tarmoqlararo ekran 
va virtual himoyalangan tarmoq vositalarida foydalanish tartibi keltirilgan. Bundan 
tashqari simsiz tarmoqlarda ham xavfsizlik muammolari va ularni oldini olish tartibi 
keltirilgan.
Beshinchi bоbda tiz
imning foydalanuvchanlik xususiyati va uning tizim 
uchun muhimligi, ma’lumotlarning zaxira nusxalash usullari va ma’lumotlarni qayta 
tiklash usullari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tizim foydalanuvchanligi uchun 



auditlash muolajasi muhim hisoblangani bois, Windows OT uchun hodisalarni qayd 
qilish tartibi bilan yaqindan tanishib chiqiladi.
Oltinchi bоb dasturiy vositalar xavfsizligiga bag’ishlangan bo’lib, 
dasturlardagi xavfsizlik muammolari va ularni oldini olishga qaratilgan fundamental 
printsiplar keltirilgan. Vazifasi tizimga ziyon etkazish uchun yaratilgan zararli 
dasturiy vositalar, ularning tahlili va zamonaviy antivirus dasturiy vositalari haqida 
batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Yettinchi bob axborot xavfsizligi siyosati va risklarni boshqarish masalalarida 
bag’ishlangan hamda unda tizimlar arxitekturasi, axborot xavfsizligi siyosatini 
amalga oshirish tartibi va risklarni boshqarish haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Sakkizinchi bobda kiberjinoyatchilik, kiberhuquq va kiberetika masalalariga 
to’xtalib o’tilgan va unda kiberjinoyatchilik uchun tayinlangan jazo turlari haqida 
ma’lumotlar keltirilgan.
О‘quv qо‘llanma 5330300
– Axborot xavfsizligi, 5330500 – Kompyuter 
injiniringi (Kompyuter injiniringi, AT-servisi, Multimedia texnologiyalari), 
5330600 – Dasturiy injiniring, 5350100 - Telekommunikatsiya texnologiyalari 
(Telemommunikatsiya, teleradiouzatish, mobil tizimlar), 5350200 – Televizion 
texnologiyalar (Audiovizual texnologiyalar, telestudiya tizimlari va ilovalari), 
5350300 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va 
menejment, 5350400 – Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb 
ta’limi, 5350500 – Pochta aloqasi texnologiyasi va 5350600 – Axborotlashtirish va 
kutubxonashunoslik yo’nalishlari bо‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun tavsiya 
etiladi, hamda faoliyati axborot xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq bо‘lgan 
mutaxassislarning keng doirasi uchun ham foydali bо‘lishi mumki
n. 




Download
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot