12
KIBERXAVFSIZLIK
Ma’lumotlar
xavfsizligi
Dasturiy ta’minot
xavfsizligi
Tashkil etuvchilar
xavfsizligi
Ijtimoiy xavfsizlik
Tashkilot xavfsizligi
Tizim xavfsizligi
Aloqa xavfsizligi
Inson xavfsizligi
3-rasm. Kiberxavfsizlikning bilim sohalari
“
Ma’lumotlar xavfsizligi
” bilim sohasi ma’lumotlarni saqlash, ishlash va
uzatishda himoyani ta’minlashni maqsad qiladi. Mazkur bilim sohasida himoyani
to’liq amalga oshirish uchun matematik va analitik algoritmlardan foydalaniladi.
“
Dasturiy ta’minot xavfsizligi
” bilim sohasi foydalanilayotgan
tizim yoki
axborot xavfsizligini ta’minlovchi dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish va
foydalanish jarayoniga e’tibor qaratadi.
“
Tashkil etuvchilar xavfsizligi
” bilim sohasi katta tizimlarda integrallashgan
tashkil etuvchilarni loyihalashga, sotib olishga, testlashga,
tahlillashga va texnik
xizmat ko’rsatishga e’tibor qaratadi. Tizim xavfsizligi gohida tashkil etuvchilar
xavfsizligidan farq qiladi. Tashkil etuvchilar xavfsizligi ularning qanday
loyihalanganligiga, yaratilganligiga, sotib olinganligiga,
boshqa tarkibiy qismlar
bilan bog’langanligiga, qanday ishlayotganligiga va saqlanayotganligiga bog’liq
bo’ladi.
“
Aloqa xavfsizligi
” bilim sohasi tashkil etuvchilar o’rtasidagi aloqani
himoyalashga etibor qaratib, o’zida fizik va mantiqiy ulanishni mujassamlashtiradi.
“
Tizim xavfsizligi
” bilim sohasi tashkil etuvchilar,
ulanishlar va dasturiy
ta’minotdan iborat bo’lgan tizim xavfsizligining jixatlariga e’tibor qaratadi. Tizim
xavfsizligini tushunish uchun nafaqat, uning tarkibiy qismlari va ularning
bog’lanishini tushunish, balki yaxlitlikni hisobga olish talab etiladi. Ya’ni, tizimni
13
to’liqligicha ko’rib chiqish talab etiladi. Mazkur bilim sohasi “Tashkil etuvchilar
xavfsizligi” va “Aloqa xavfsizligi” bilim sohalari bilan bir qatorda, tashkil etuvchilar
bog’lanishining xavfsizligi va undan yuqori tizimlarda foydalanish masalasini hal
qiladi.
“
Inson xavfsizligi
” bilim sohasi kiberxavfsizlik bilan bog’liq inson hatti
harakatlarini o’rganishdan tashqari, tashkilotlar (masalan, xodim) va shaxsiy hayot
sharoitida ma’lumotlarni va shaxsiylikni himoya qilishga e’tibor qaratadi.
“
Tashkilot xavfsizligi
” bilim sohasi tashkilotni kiberxavfsizlik tahdidlaridan
himoyalash va tashkilot vazifasini muvaffaqqiyatli bajarishini madadlash uchun
risklarni boshqarishga e’tibor qaratadi.
“
Ijtimoiy xavfsizlik
” bilim sohasi jamiyatda u yoki bu darajadagi ta’sir
ko’rsatuvchi kiberxavfsizlik omillariga e’tibor qaratadi. Kiberjinoyatchilik,
qonunlar, axloqiy munosabatlar, siyosat, shaxsiy hayot va ularning bir-biri bilan
munosabatlari ushbu bilim sohasidagi asosiy tushunchalar hisoblanadi.
Demak, aytish mumkinki, kiberxavfsizlik sohasi
axborot texnologiyalari
mutaxassislari uchun zarur soha hisoblanadi.
Download