• Ikki xil usuldagi dars ishlanmaning xulosasi
  • Xulosa
  • Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim maxsus vazirligi




    Download 2,19 Mb.
    bet27/29
    Sana22.12.2023
    Hajmi2,19 Mb.
    #127050
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
    Bog'liq
    informatika fanini oqitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jarayoniga tadbiq etish

    UYGA VAZIFA


    Har bir o’quvchi o’tilgan mavzu bo’yicha daftarlariga 3 tadan savol yozib chiqadilar. Keying darsni o’tilgan mavzuni takrorlanyatganda guruhlar bir-biriga
    shu savollarni berib o’tadilar. Shu bilan dars jarayoni yanada qiziqarliroq bo’lib o’tadi.

    Ikki xil usuldagi dars ishlanmaning xulosasi


    1. usul. Birinchi usuldagi dars ishlanmada interfaol metodlardan foydalanilgan. Yangi mavzuni tushuntirishda innovatsion texnologiyalar ham qo’llanilgan.

    Avtopley medio studiosi yordamida yaratilgan innovatsiya taqdim etilgan. Shu innovatsiya orqali o’quvchilar ko’rib, eshitib, ham yozib borishlari natijasida o’quvchilarni darsni o’zlashtirish ko’rsatkichi yanada ko’tariladi.

    1. usul. Bu usul ham interfaol usullardan biri hisoblanadi. Bu usulda yangi mavzu bahs-munozara tarzida bo’lib o’tdi. Ya’ni o’qituvchi sinfni guruhlarga bo’lib ishladi. Guruhlarga bo’lib avtoplay medio studiosi yordamida yaratilgan innovatsiya taqdim etildi va shu innovatsiyada yaratilgan krossvord hamda ma’lumotlardan foydalanildi. Guruh bo’lib ishlanganda dars samaradorligi yana ham ortadi. Chunki guruh bilan ishlanganda guruhdagi har bir o’quvchi dars jarayoniga faol qatnashadilar. Hamda bu usulda qo’llangan metodlar ham darsning samaradorligiga ta’sir qiladi.

    Men dars jarayonini shu usul orqali o’tish yanada yaxshiroq natijalar beradi deb hisoblayman. Chunki guruh bilan ishlanganda har bir guruh o’zi faol qatnashadilar. Hamda passiv o’zlashtiradigan o’quvchilar han sinfdoshlariga qarab harakat qiladilar.

    Xulosa


    Xulosa o’rnida shuni aytishim kerakki, men ushbu bitiruv malakaviy ishida “Informatika fanini o’qitishda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va ularni dars jaraeniga tadbiq kilish” mavzusini o’quv jarayonida qanday foydalanilishini yoritdim.
    O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda o’quv jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko’rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki, pedagogik texnologiya ta’lim jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo’lib hisoblanadi.
    Mamlakatimizni Birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganlaridek,
    «Kadrlar masalasini hal etmas ekanmiz , sa’y-harakatlarimiz kutilgan natijalarni berishi , hayotimiz , ma’naviyatimiz o’zgarishi qiyin kechadi. Demakki , zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish , zamon talablariga mos kadrlar tayyorlash ishini yo’lga qo’yish faoliyatimizning bosh yo’nalishi bo’lmog’i darkor…».
    Zero ta’lim jarayonini tashkillashda axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan mamlakatlar o’quv jarayonini sifat jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga erishayotganliklari hayotda o’z tasdig’ini topmoqda. Ushbu bitiruv malakaviy ishda bayon etilgan ma’lumotlar esa bu axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish salohiyati to’g’risida fikr yuritishga asos bo’ladi. Ayniqsa, tashhizlanuvchan o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim olishga undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar katta imkoniyatlarga ega.
    Innovatsion texnologiyalar joriy etish tajribasini o’rganish va unga maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
    Mening fikrimcha ta’limda ko’plab innovatsion usullar samarali bo’lib, ayniqsa ta’limda aniq maqsad qo’yish yoki fanlararo bog’lash, aniq maqsadga erishish ko’p foydali xisoblanadi. «Maqsadli yondashuv» uslubi ta’limda o’quvchi, talabalarni ijodiy fikrlashga, fanning mazmun mohiyati va maqsadini o’rgatadi. U nafaqat o’quv-bilim faoliyatini tizimlashtiradi, jadallashtiradi, balki ta’lim oluvchilarning umumiy madaniyatini yuksaltirishga ham xizmat qiladi, predmetlararo bog’lanish tufayli maqsadlar turli darajada namoyon bo’ladi: masalan informatika va axborot texnologiyalari fanining maqsad va darajalari kuydagilardan iborat:

    • Informatika va axborot texnologiyalariga bog’liq bir necha fanlarni birlashtirib, maxsus kurslar yaratish;

    • Informatika va axborot texnologiyalar o’quv fanlarining turli bo’laklarini ma’lum bir blokka birlashtirish;

    • bir mavzuni ikki yoki bir necha predmetlar asosida o’rganish;

    • bilimlarni umumlashtirish asosida axborot texnologiyalar bo’yicha yaratilgan kurslarni o’rganish.

    Download 2,19 Mb.
    1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




    Download 2,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim maxsus vazirligi

    Download 2,19 Mb.