|
Rgb svetodiodini boshqarish. 1-amaliy mashg‘ulot amaliy ishi mavzusi
|
Sana | 14.09.2024 | Hajmi | 2,69 Mb. | | #271094 |
Bog'liq 1-Amaliy imt
1-Amaliy mashg’ulot.
Arduino platformasida RGB svetodiodini boshqarish.
1-AMALIY MASHG‘ULOT
Amaliy ishi mavzusi:
Arduino platformasida RGB svetodiodini boshqarish.
O‘quv maqsadi:
RGB svetdiodini buyruqlar ketma-ketligi oraqali boshqarishni o’rganish.
Foydalaniladigan jihozlar, uskunalar, moslamalar va materiallar ro‘yxati:
Arduino platfo’rmasi, kompyuter, RGB svetadiodi, qarshilik, breadboard, ulash uchun simlar.
Ishni bajarish tartibi:
1.RGB svetadiodi bilan tanishib chiqish;
2.RGB svetadiodini Arduino platformasiga ulash;
3.Arduino IDE kompilyator dasturida RGB svetadiodi uchun buyruqlar yozish.
RGB – svetodiod.
“RGB – svetodiod”, inglizcha R-read “qizil”, G-green “yashil”,B-blue ko’k so’zlari qisqartmasidan olingan. RGB svetodiod 4 ta oyoqdan iborat. Uning 2 turi mavjud:
- “Umumiy Anod” - bunda svetodiodning eng uzun oyog’iga ( + ) musbat, qolgan oyoqlariga ( - ) manfiy kuchlanish beriladi;
- “Umumiy Katod” – bunda svetodiodning eng uzun oyog’iga ( - ) manfiy, qolgan oyoqlariga ( + ) musbat kuchlanish beriladi .
Bu svetodiod ichida qizil,yashil va ko’k rangda yonuvchi alohida 3 ta kristall bor
1-Topshiriq. RGB-svetodiodda analogWrite( ) funksiyasi orqali avval qizil keyin yashil oxiri ko’k svetodiod navbat bilan yoqib o’chirilsin.
2-Topshiriq. RGB-svetodiodda analogWrite( ) funksiyasi orqali navbati ketma-ket “Kamalak” ranglari hosil qilinsin. Ranglar jadvali:
-qizil;
- qizil + yashil = sariq;
- yashil;
- yashil + ko’k = havorang;
- ko’k;
- qizil + ko’k = binafsharang;
- qizil + ko’k + yashil = MIX.
3-Topshiriq. For( ) sikli yordamida svetodiodning har bir rangi yorqinligi navbati bilan MIN-MAX gacha o’zgatirib borilsin.
4-Topshiriq. Qizil rang rang yorqinligi 0-255 gacha o’zgarsin, MIN yorqinlikka erishganda( 0 da ) monitor portda “Qizil rang MIN yorqinlikda”, MAX yorqinlikka erishganda monitor portda “Qizil rang MAX yorqinlikda ”. Yashil va ko’k ranglar bilan ham huddi shunday amaliyot qo’llansin.
5-Topshiriq. 3-ta knopka ishlatilsin. 1-kopkani bosganda qizil rang yorqinligi o’zgarsin, 2-kopkani bosganda yashil rang yorqinligi o’zgarsin, 3-kopkani bosganda ko’k rang yorqinligi o’zgarsin.
2-Uyga vazifa. 2 ta knopka ishlatilsin. 1-knopka bosilganda ranglar yorqinlashsin, 2-knopka bosilganda ranglar xiralashsin,
3-Uyga vazifa. RGB-svetodiod yordamida navbat bilan sariq, binafsha va havoranglari hosil qilinsin. Har bir rang 3 soniya davomida tursin.
4-Uyga vazifa. Qizil rang MAX dan MIN yorqinlikka o’zgarsin.Serial portda MIN qiymatda “Q=0 ”, MAX qiymatda “Q=255 ” degan yozuv chiqsin. Yashil rang MAX dan MIN yorqinlikka o’zgarsin.Serial portda MIN qiymatda “Y=0 ”, MAX qiymatda “Y=255 ” degan yozuv chiqsin. Ko’k rang MAX dan MIN yorqinlikka o’zgarsin.Serial portda MIN qiymatda “K=0”, MAX qiymatda “ K=255 ” degan yozuv chiqsin.
5-Uyga vazifa. 6 ta knopka ishlatilsin. 1-knopka bosilganda RGB- svetodiodning qizil rang yorqinligi ortib borsin, 2-knopka bosilganda RGB- svetodiodning qizil rang yorqinligi kamayib borsin, 3-knopka bosilganda RGB- svetodiodning yashil rang yorqinligi ortib borsin, 4-knopka bosilganda RGB- svetodiodning yashil rang yorqinligi kamayib borsin, 5-knopka bosilganda RGB- svetodiodning ko’k rang yorqinligi ortib borsin, 6-knopka bosilganda RGB- svetodiodning ko’k rang yorqinligi kamayib borsin.
6-Uyga vazifa.** 6ta svetodiod va 4ta knopka oling. 4ta knopka orqali svetodiodlarning yorqinligi rostlanadi. 1 va 2-knopkalar orqali svetodiod tanlanadi (masalan, 1-knopkani bosganda yorqinlikni rostlash 2-svetodioddan 3-svetodiodga o’tadi, 2-knopkani bosganda 4-svetodioddan 3-ga o’tadi). 3 va 4-knopkalar mos ravishda yorqinlikni ko’taradi va tushiradi.
7-Uyga vazifa. Monitor portiga “k” belgisi jo’natilganda kamalak ranglari birin-ketin hosil bo’lsin.
|
| |