-mavzu: Nuqtali tasvirlarni vektorli tasvirlarga o’tkazish




Download 230,25 Kb.
bet40/57
Sana15.01.2024
Hajmi230,25 Kb.
#137736
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57
Bog'liq
Rivojlantirish vamuvofiqlashtirish boshqarmasi-www.fayllar.org

4-mavzu: Nuqtali tasvirlarni vektorli tasvirlarga o’tkazish
Rastli grafika. Rastli grafikada tasvir nuqtalar (qog’ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko’p bo’lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko’rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning ruxsat etish qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo’lib, unda gorizontal va vertikal yo’nalishlardagi nuqtalar soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish imkoniyati deyiladi.
Odatda, bunday ko’rsatkich 640x480, 800x600, 1024x768 yoki bulardan yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o’lchovi ruxsat etish qobiliyati bilan bog’liqdir. Bu parametr dpi(dots per inch-nuqtalar soni zichligi) bilan o’lchanadi. Ekran dioganali 15 dyuymli (1dyuym=2,54 sm) monitorda tasvir o’lchovi 28x21 sm ni tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, 800x600 pikselli monitor ekranining tasvirlash qobiliyati 72 dpi ga teng bo’ladi. Demak, kompyuter xotirasidagi rangli tasvir ko’p joy olinishini tushunish qiyin emas. Misol uchun 10x15 sm li rasm taxminan 1000x1500 piksellardan iborat bo’ladi.
Agar har bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt xotira ishlatilishini hisobga olsak, bitta o’rtacha kattalikdagi rasmning o’zi xotirada taxminan 4 mln. bayt joyni egallaydi. Bunday ma'lumot, xususan, Internet sahio‘alarini yaratishda e'tiborga olinishi zarur. Shuning uchun ham hozirgi kunda yaxshi multimedia dasturlarini, videorolikni yaratish uchun operativ xotirasi 128 Mbaytdan kam bo’lmagan va mos ravishda, tezligi katta bo’lgan kompyuterlardan o‘oydalanish maqsadga muvoo‘iq.
Demak, rastli grafika bilan ishlash uchun yuqori unumli kompyuter talab qilinadi.
Rastli grafikaning kamchiligi sio‘atida shuni aytish mumkinki, tasvirni mashtablashtirish (kattalashtirish, kichiklashtirish) jarayoni natijasida nuqtalar o’lchovi kattalashishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto, tasvir tanib bo’lmaydigan darajada o’zgarishi mumkin.
Rastli grafika elektron (multimedia) va matbaa nashrlarida keng qo’llaniladi. Nashrlarda turli illyustratsiyalarni yaratishda, odatda, skaner orqali olingan raqamli o‘oto yoki videokamera (hozirda bunday o‘otoapparat va videokameralar keng tarqalgan) yoki rassom, loyihachi tomonidan tayyor-langan tasvirlardan o‘oydalaniladi. Shuning uchun ham rastli grafikada tahrir qiluvchi dastur vositalaridan keng o‘oydalaniladi. Bu dasturlar, odatda, tasvirlarning aniqroq ko’rinishda bo’lishini ta'minlaydi.


Download 230,25 Kb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   57




Download 230,25 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: Nuqtali tasvirlarni vektorli tasvirlarga o’tkazish

Download 230,25 Kb.