Afzalligi:
Vektor grafikasi printerning barcha sifat sig’imidan foydalanib, tasvir masshtabi o’zgartirilganda ham uning sifatini saqlabqoladi;
Vektor grafikasi alohida ob‘ektlarni tahrirlash imkonini beradi va tasvirlar oson tahrirlanadi;
-Vektorli grafika agar tasvirda rastrli ob‘ektlar qo’llanmagan bo’lsa xotirada kam joyegallaydi.
Kamchiliklari:
Vektorli tasvirlar sun‘iyko’rinadi;
Rastr grafikasiga nisbatan ranglar kam tusgaega.
Qo’llanish sohasi:
Kompyuter dizayni va reklamada.
Vektor grafikasida primitivlar deb nomlanuvchi ob‘ektlar bilan ishlanadi. Primitivlarga ikki va uch o’lchamli oddiy geometrik figuralar kiradi. Ikki o’lchamli geometrik figuralarga – nuqta, to’g‗ri chiziq, egri chiziq, aylana, ko’pburchak kabi tekis shakllar kirsa, uch o’lchamli geometrik figuralarga – kub, prizma, piramida, sfera, konus, silindr kabi jismlar kiradi. Ushbu oddiy geometrik figuralar asosida murakkab bo’lgan geometrik figuralar – ob‘ektlaryaratiladi.
Vektorli grafika odatda ob’ektga qaratilgan grafika yoki chizma grafikasi deb ham nomlanadi. Vektor grafikasida asosiy mantiqiy element primitivlar bo’lganligi uchun, asosiy e‘tibor primitivlarni qurishda ularning parametrlariga qaratiladi. Misol uchun yopiq ko’pburchak tomonlari teng yonli yoki ixtiyoriy bo’lishi, yopiq hududlar aylana, ellips yoki ixtiyoriy egri chiziq asosida qurilishi mumkin bo’lib (1.4- rasm, a), ushbu yopiq ko’pburchak yoki hudud ichini ranglash (1.4- rasm, b), gradientlash (1.4- rasm, c) yoki shtrixlash (1.4- rasm, d)mumkin.
Agar rastr grafikasida bazaviy element nuqta bo’lsa, vektor grafikasida chiziq hisoblanadi. Chiziq to’g‗ri yoki egri (splayn) bo’lishi mumkin. Chiziq bir butun ob‘ekt hisoblanib, u matematik ifodaga ega. Shuning uchun ham vektor grafikasi fayl hajmi rastr grafikasiga nisbatan ancha kam joy egallaydi. Vektor grafikasi bilan ishlaganda biron bir ob‘ekt tahrirlanganda boshqa ob‘ektlar tahrirlanmaydi.Ya‘nitasvirdabironbirgeometrikob‘ektgaosonginao’zgartirish kiritish mumkin bo’lib, shu ob‘ekt ustida yoki ostida joylashgan boshqa geometrik ob‘ektlar tahrirlanmasligi imkoniyatlarimavjud.
Vektor grafikasi aniq va tiniq tasvirlar yaratishga imkon beradi. Tasvirlarmasshtablashtirilgandaularningsifatisaqlanibqoladi.Shuning
uchun ham undan dizayn, poligrafiya, reklama va animatsiyada keng foydalaniladi(1.5-rasm).
Vektorli grafikaning eng qulay tomoni u chiqarish qurilmalarining barcha sifat sig‗imi imkoniyatlaridan foydalanadi. Ya‘ni vektor buyruqlari chiqarish qurilmasiga, aytaylik printerga berilgan masshtabdagi tasvir chiziq va ranglarini printer qancha nuqtadan iborat qilib chiza olsa shuncha nuqtalarni qo’llashni buyuradi. Agar rastrli format printerga chegaralangan nuqtalar to’plamidan foydalanib chop ettishni buyursa, vektorli format printer qancha nuqtalar to’plamini qo’llay olsa shuncha nuqtalarni qo’llashni buyruqberadi.
Vektorli tasvirlar kompyuterdan chiqarish qurilmasi (printer)ga turli vektor buyruqlarini yo’llaydi. Printerlarda o’zining mikroprotsessori bo’lib, u buyruqlarni qayta ishlaydi va ularni nuqta ko’rinishda qog‗ozgatushiradi.
Printerlarning turiga qarab ayrim hollarda kompyuter va printer orasidagi ikki mikroprotsessorning axborotlarni qayta ishlashida muammolar yuzaga keladi va natijada tasvir qog‗ozda qisman yoki umuman chop etmasligi yoki ekranga xatolik haqidagi axborot chiqarilishi mumkin.
|