17Mavzu: Matn ob’ektlarining turlari va matn uskunalari
CorelDRAW dasturida matn yaratish uchun Текст (Text) maxsus asbobi mavjud. Bu asbob ikki rejimda: satrli va abzasli matn sifatida qo`llaniladi.
Corel DRAW dasturi shriftning parametrlarini boshqarish imkoniyatiga ega. Matnni kiritmasdan awal parametrlarini belgilab olib, kiritilgandan keyin matnni formatlasa ham bo'ladi.
Belgilanganda satrli matn oddiy vektorli ob‘yektga o’xshaydi (3.23-rasm).
Abzasli matn (3.24-rasm) belgilanganda boshqacharoq ko`rinishga ega bo`ladi. Abzasli matnni formatlash imkoniyatlari ko`proq bo`ladi.
18-Mavzu: Matnlarni yaratish tahrirlash va formatlash
Dasturda matnni tahrirlash juda qulay tashkil etilgan bo`lib,xatto
Текст (Text) asbobi belgilanmagan bo`lib, belgilash asbobi belgilangan bo`lsa ham, ikki marta matn ob‘yekti ustida sichqoncha chap tugmasining bosilishi uni tahrirlash rejimigao`tkazadi.
Ayrim hollarda Текст (Text) menyusining Редактировать текст buyrug`i bilan ochiladigan oynada ham matnni tahrirlash qulay.
Simvollarni kiritish va o`chirishdan tashqari CorelDRAW dasturi
matnni formatlash uchun keng imkoniyatlar, ya‘ni matn ko`rinishini, harflar va satrlar joylashishini o`zgartirishkabiamallarnibajarishimkoniyatini beradi.
Buning uchun menyuning Форматирование символов (Character Formatting)vaФорматирование абзаца (Paragraph Formatting) buyruqlaribilan ochiluvchi qo`shimcha oynalaridan foydalanish mumkin.
Форматированиесимволов(Character Formatting) qo`shimcha oynasida (3.25-rasm) matnning asosiy parametrlari joylashgan: matn shrifti turi, uning stili, o`lchami va joylashishi.
Shuningdek bu oynada matn shriftining qo`shimcha bezalishini o`rnatish mumkin: Подчеркивание, Зачеркивание, Надчеркивание, Верхний регистр, Положение.Форматированиеабзацаqo`shimcha oynasi (3.26-rasm) abzas parametrlarini sozlash uchun ishlatiladi. Bu oynada simvollar, so`zlar, satrlar, abzaslar orasidagi, masofa va oraliqlarni o’rnatish mumkin. Bu oynaning ayrim bo`limlarini satrli matn uchun qo`llab bo`lmaydi.
Текст►Табуляции buyrug`i bilan chiladigan oynada tabulyasiya tipi va pozitsiyalarini sozlashmumkin.
Текст►Столбцы buyrug’i yordamida ochiladigan Параметры столбца oynasidan foydalanib matnni bir nechta ustunlarga ajratish mumkin.
Текст►Маркеры va Текст► Буквица buyruqlari yordamida ochiladigan muloqot oynalarida mos ravishda markerlangan ro’yxatlar va bukvisalar (abzas boshidagi bir nechta satr balandligidagi katta xarf) yaratish imkoniyati bo’ladi. Ayrim formatlash amallarini qo’lda, asboblar panelidagi Форма (Shape) asbobini ishlatib ham bajarsa bo’ladi. Bu asbob bilan matnli ob‘yektning belgilanishi natijasida matndagi har bir harf yonida kichik oq kvadratcha va matn tagida maxsus markerlarning paydo bo’lishiga olib keladi(3.27-rasm).
Simvollar yonidagi oq kvadratchalarni belgilab, alohida harflarni siljitish yoki burish mumkin. Bu harflarni dastlabki holatiga
Текст►Выпрямить текст buyrug`i yordamida qaytarish mumkin. Abzasning o’ng pastki tomonida joylashgan markerni (3.27-rasm)tortib, simvollar va so`zlar orasidagi masofani o`zgartirishmumkin. Bunda Shift tugmasi bosilib turilsa, faqat so`zlar orasidagi masofa, agar Ctrl tugmasi bosilib turilsa, simvollar orasidagi masofa o`zgaradi. CorelDRAWda matn nafaqat satrlarda, balki ixtiyoriy egri chiziq bo`ylab, va xatto berkitilgan figuralar ichida ham joylashishimumkin.
|