|
-TA’RIF
Minimal element bazisi mantiqiy elementlarning funktsional to‘liq tizimi
|
bet | 2/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 235,5 Kb. | | #232610 |
Bog'liq Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi2-TA’RIF
Minimal element bazisi mantiqiy elementlarning funktsional to‘liq tizimi hisoblanadi. Ya’ni, minimal bazis mantiqiy elementlari majmui ixtiyoriy murakkablikdagi mantiqiy sxemani shakllantirishga imkon beradi.
Murakkab mantiqiy qurilmalar sintezini boshlashdan avval, quyidagi amallar ketma-ketligini bajarish zarur:
- mazkur tugun (blok) bajarishi kerak bo‘lgan berilgan murakkab mantiqiy funktsiyani minimallash;
- element baza tanlash;
- minimallashgan mantiqiy funktsiyani tanlangan bazaga ko‘ra o‘zgartirish;
- elektr sxemani sintezlash.
HAM-EMAS (NAND) elementi 1913-yilda amerikalik matematik va logic Genri Moris Sheffer nazariy jihatdan konyuksiya inversiyasini anglatuvchi universal va boshqa oddiy mantiqiy elementlarning o’rnini bosuvchi element sifatida kashf etildi. Berilgan funksiya “Sheffer funksiyasi”, amal belgisi esa “Sheffer shtrixi” deyiladi. Keyinchalik bu funksiya Sheffer elementi yoki “HAM EMAS (NAND)” deb nomlandi.
HAM-EMAS (NAND) elementining sxemasi va rostlik jadvali:
HAM-EMAS (NAND) elementi asosida a) HAM (AND); b) YOKI (OR); v) EMAS (NOT) mantiqiy elementlarini shakllanishi:
2-topshiriq
Mavzu: MDYa tranzistorlari asosida bajarilgan mantiqiy elementlarning sxemalari va ularning holat jadvallari
Mustaqil ishni bajarish tartibi:
Ta’rif.
Komplementar MDYa –– tranzistorli elektron kalit. Bir turdagi MDYa – tranzistorlarda hosil qilingan kalitlarning kamchiligi shundaki, tranzistor ochiq bo’lgan statik rejimda kalitdan doim tok oqib o’tadi. Komplementar, ya’ni o’tkazuvchanlik kanallari turi qarama – qarshi bo’lgan MDYa – tranzistorlar asosida tayyorlangan elektron kalit bu kamchilikdan holi (4.1 – rasm ). QUE sifatida n– kanali induktsiyalangan MDYa – tranzistor (VT1), YuE sifatida esa p– kanali induktsiyalangan MDYa – tranzistor (VT2) qo’llanilgan. QUE sifatida n– MDYa – tranzistorning asosi kuchlanish manbaining musbat qutbiga, p– MDYa – tranzistorning asosi esa sxemaning umumiy nuqtasiga ulanadi.
|
| |