|
– rasm. KMDYa tranzistorli elektron kalit (invertor)
|
bet | 3/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 235,5 Kb. | | #232610 |
Bog'liq Rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi – rasm. KMDYa tranzistorli elektron kalit (invertor).
KMDYa-tranzistorlarda HAM-EMAS va YOKI-EMAS mantiqiy amallar oson tashkil etiladi. HAM-EMAS mantiqiy amali kirish tranzistorlarini ketma – ket ulash yo’li bilan, YOKI-EMAS mantiqiy amali esa – ularni parallel ulash yo’li bilan amalga oshiriladi. Bu vaqtda har bir kirish uchun kalit-invertorni hosil qiluvchi ikkita tranzistor talab qilinadi. Yuklamadagi r – kanalli va qayta ulanuvchi n – kanalli tranzistorlarning bunday kombinatsiyasi KMDYa – tranzistorlarning asosiy xossasi – statik rejimda ixtiyoriy kirish signalida tok iste’mol qilmaslik shartini saqlab qoladi.
2HAM-EMAS sxemada yuklama vazifasini bajaruvchi tranzistorlar bir- biriga parallel ulanadi (4.2 – rasm).
7YOKI- sxemada esa – ketma – ket (4.2– rasm). Bunday prinsip yordamida faqat ikki kirishli elementlar emas, balki kirishlar soni katta bo’lgan sxemalar ham tuziladi.
– rasm. KMDYa tranzistorli 10 HAM mantiq elementning sxemasi
Komplementar MDYa tranzistordan yig’ilgan sxemani tadqiq etish. Ishni bajarish tartibi:
Multisim 8-dasturi ishga tushiriladi. Komponentalar kutubxonasidan 2N6802 va 2N6804 markali maydoniy tranzistor olinadi, manbalar kutubxonasidan kirish uchun va tranzistorni ishchi holati uchun kuchlanish, passiv elementlar kutubxonasidan kalit va yorug’lik diodi, voltmetr hamda yetti segmentli displey olinib dasturni ishchi oynasiga yig’iladi (4.4-rasm).
4.4-rasm. KMDYA– tranzistorli kalit.
Sxema yig’ilgandan so’ng dastur ishga tushiriladi. Bu sxemada yuklama sifatida ishlatilayotgan Q1 tranzistor doim ochiq holatda bo’ladi, chunki yuklamadagi p-kanalli maydoniy tranzistorning kanalli ochiq bo’ladi, tranzistorni stogi kuchlanish manbaining musbat qutbiga tutashgan.
Qayta ulanuvchi A-kalit yordamida Q1 ва Q2 tranzistorlarni kirishiga manbaning manfiy qutbi ulansa, Q2 tranzistorlar berk bo’ladi, natijada yuklama sifatida ishlatilayotgan Q1 tranzistor ochiq holatda bo’ladi. Shu sababli, sxemaning chiqishida manba kuchlanishiga yaqin bo’lgan, ya’ni mantiqiy birga
mos kuchlanish o’rnatiladi. Agar A-kalit yordamida Q1 ва Q2 tranzistorni kirishiga manbaning musbat qutbi ulansa, Q2 tranzistor ochiq bo’ladi, Q1 tranzistor yopiladi, natijada chiqishda kuchlanish kamayadi ya’ni mantiqiy nolga mos kuchlanish o’rnatiladi.
4.4-jadval
-
№
|
A
|
Chiqishdagi
Kuchlanish
|
Chiqish
|
1
|
1
|
|
|
2
|
0
|
|
|
KMDYa tranzistorli 10 HAM mantiqiy elementi sxemasining uzatish va kirish xarakteristikalarini o’lchash
|
| |