Laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha tavsiya va ko’rsatmalar




Download 158.5 Kb.
bet22/26
Sana21.07.2021
Hajmi158.5 Kb.
#15426
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha tavsiya va ko’rsatmalar

Laboratoriya mashg’ulotlarini mustaqil bajarishda umumiy texnik qoidalarga rioya qilish. Bajarilgan mustaqil laboratoriya ishi bo’yicha tegishli xulosa qilish va ishni topshirish. Zarur bo’lgan preparat, kimyoviy reaksiyalar va texnik vositalarni to’g’ri tayyorlanganligi va sozligiga ishonch hosil qilish. Laboratoriya ishlari har bir talaba tomonidan alohida-alohida bajariladi. Bunda avvalo talaba bajariladigan laboratoriya ishining nazariy va amaliy tomonini qisqacha izohlab beradi. So’ngra laboratoriya ishining bajarilishi davomida olingan natijalarni xulosalab o’z daftariga yozib qo’yadi. Ushbu xulosalar o’qituvchi tomonidan og’zaki muloqot shaklida tekshiriladi.



Tavsiya etiladigan laboratoriya mashg’ulotlarining mavzulari:

  1. Tuproq agregatlarining suvga chidamliligini N.I.Savvinov usulida aniqlash.

  2. Egat olib (infiltrasiya usulida) va bostirib sug’orishda struktura elementlarining chidamliligiga tuproq havosining ta’sirini aniqlash.

  3. Haydalma qatlam tuzilishini aniqlash.

  4. Tuproqning maksimal dala nam sig’imini aniqlash.

  5. Har xil tuproqlarning suv o’tkazuvchanligini aniqlash.

  6. Tuproqning suv ko’tarish xususiyatini aniqlash.

  7. Tuproqning texnologik xossalarini aniqlash.

  8. Tuproqning namligi va zaxirasini aniqlash.

  9. Tekinxo’r begona o’tlar va ularni aniqlash.

  10. Bir va ikki yillik, ko’p yillik begona o’tlarni aniqlash.

  11. Tuproqning begona o’tlar urug’i bilan ifloslanganligini hisobga olish.

  12. Dalalarni begona o’tlar bilan ifloslanganligini xaritalash

  13. Gerbisidlar klassifikasiyasi, ularni qo’llash me’yorini aniqlash.

  14. Almashlab ekish va uning rotasion jadvalini ishlab chiqish.

  15. Suvlarning sifati va sug’orish uchun yaroqliligini aniqlash.

  16. Sug’oriladigan yerlarda sizot suvlarni bug’lanishga sarfini aniqlash.

  17. Sug’oriladigan yerlarda sizot suvlar sathining ko’tarilishini aniqlash.

  18. Tuproq va sizot suvlar orasida bo’ladigan yillik suv almashinuvini aniqlash.

  19. Tuproqda tuzlarning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan miqdorini N.T.Minashina bo’yicha aniqlash.

  20. Tuproqdagi tuzlarning o’rtacha miqdori, tuproqdagi tuz zaxirasini va tuproqdan yuvib chiqariladigan tuz miqdorini aniqlash

  21. Tuproqning sho’rlanganlik xarakteri(tipi)ni aniqlash.

  22. Zovurlashtirilgan va zovurlashtirilmagan sharoitda sho’r yuvishning umumiy me’yorini hisoblash.

  23. Tuproq eritmasi konsentrasiyasini xlor-ioni bo’yicha aniqlash.

  24. Sho’r yuvish rejasini tuzish.

  25. Tuproqlarning sho’rlanganlik darajasi, sizot suvlarning joylashgan chuqurligi va ularning minerallashganlik darajasini o’simlik qoplamiga ko’ra aniqlash.

  26. Doimiy chuqur zovurlar orasidagi masofani zovur oqimi va tuproqning suv o’tkazish qobiliyatigi ko’ra aniqlash.

  27. Zovur oqimi modulini hisoblash

  28. Tuproqdagi tuzlarning yillik balansini hisoblash.

Izoh: Ishchi o‘quv dasturni shakllantirishda laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘quv rejadagi soatlarga mos holda OTM imkoniyati darajasida tanlab bajariladi.



Download 158.5 Kb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Download 158.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Laboratoriya mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha tavsiya va ko’rsatmalar

Download 158.5 Kb.