• 2.1-rаsm. Jаg’li maydalаgichning kinеmаtik sхеmаsi
  • Ruda va flyus maydalash mashinalari va ularni tuzulishi reja




    Download 1,71 Mb.
    bet2/9
    Sana20.12.2023
    Hajmi1,71 Mb.
    #125071
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Ruda va flyus maydalash mashinalari va ularni tuzulishi

    Jag’li maydalagichlar
    Jag’li maydalagichlar sanoatda oddiy va murakkab harakatlanuvchi yuzali qilib ishlab chiqariladi. Bu yuz sharnirli o’q yoki ekssentrik valga osilgan bo’lib, qo’zg’almas yuzga goh yaqinlashib, gox undan uzoqlashib tebranishlar hosil qiladi.
    Birinchi turdagi maydalagichlar sanoatda keng qo’llanilib, ikkinchi turdagisi esа faqat laboratoriya va yarim sanoat tadqiqotlari uchun tayorlanadi. Tebranuvchi harakatni yuza uzatuvchi mexanizm orqali ekssentrik valdan oladi. Murakkab harakatlanuvchi qo’zg’aluvchi yuzali maydalagichlarda bu yuza uzatuvchi ekssentrik valga sharnir orqali osilgan bo’lib, uning pastki qismi esа tirgakli plita orqali sharnirga ulangan.
    Jag’li maydalagichlarda maydalangan mahsulotning yirikligi, bo’shatish tuynugining kengligi (yuzalar orasidagi minimal masofa) bilan aniqlanadi.

    2.1-rаsm. Jаg’li maydalаgichning kinеmаtik sхеmаsi:
    а) yuqoridа оsilgаn sоddа hаrаkаtlаnuvchi yuzali; b) pаstgа tayangan sоddа хаrаkаtlаnuvchi yuzali; v) yuqoridа оsilgаn murаkkаb hаrаkаtlаnuvchi yuzali maydalаgichlаr: 1-qo’zg’аlmаs yuza; 2-qo’zg’аluvchi yuza; 3-tirgаkli plitа.

    Boyitish fabrikalari, ochiq kon va shaxtalarda mа’dаnni va boshqa mahsulotlarni yirik maydalashda yuqorida osilgan va sodda harakatlanuvchi qo’zgaluvchi yuzali maydalagichlar keng qo’llaniladi. Bu yuqori quvvatli maydalagichlar sodda tuzilishga va uncha katta bo’lmaganbalandlikka egа bo’lib, ular ishlashda ishonchli hisoblanadi


    Asosiy podshipnik va shatun kallagining podshipniklari suyuq moy bilan, qo’zg’aluvchi yuzaning podshipniklari va tirgakli plita vkladishlari konsistent moy bilan moylanadi. Suyuq moy podshipnikka avtomat ravishda ishlaydigan stansiyadan tushadi. Bu stansiya bakdan, yog’ nasosi, elеktrodvigatel, filtr-sovutgich va kontrol-o’lchov apparatlari (termomеtr-rele, bosim relesi, monomеtr va h.k) dan iborat. Konsistent moy quvurlar orqali yoki qo’lda moy stansiyalaridan beriladi.
    Keyingi yillarda murakkab harakatlanuvchi jag’li maydalagichlar qo’llanila boshlandi


    Download 1,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ruda va flyus maydalash mashinalari va ularni tuzulishi reja

    Download 1,71 Mb.