|
Birinchi bob. O'zgarmas tok chiziqli elektr zanjirlari va ularni
|
bet | 7/52 | Sana | 20.01.2024 | Hajmi | 173,17 Kb. | | #142085 |
Bog'liq S. F. Amirov, M. S. Yoqubov, N. G’. Jabborov elektrotexnikaning Birinchi bob. O'zgarmas tok chiziqli elektr zanjirlari va ularni
hisoblash usullari
1.1. Elektr zanjirlarni tavsiflovchi asosiy kattaliklar
1.1.1. Elektr maydonining kuchlanganligi
Magnit maydonini o'zgarishi natijasida elektr maydoni va
aksincha elektr maydonini o'zgarishi natijasida magnit maydoni hosil
bo'lishi bu ikki maydonning o'zaro bog'liqligini bildiradi. Buni elektr
energiyani uzatish liniyasini ish faoliyati misolida ko'rish mumkin (1.1
- rasm).
Liniya simlari orqali energiya
uzatishda
bir-biridan
izolyasiya
qilingan
simlar
U
kuchlanish
ta'sirida bo'ladi. Buning natijasida
simlar orasida kuchlanganligi
E
bo'lgan elektr maydoni hosil bo'ladi.
Liniya simlaridan
I
tok o'tishi
natijasida ularning ichida va atrofida
kuchlanganligi
H
bo'lgan magnit
maydoni yuzaga keladi (1.1-rasmda
elektr maydoni uzuq chiziqlar, magnit maydoni esa uzluksiz chiziqlar
bilan ko'rsatilgan).
1.1-rasmdagi maydonlar kartinasidan ko'rinib turibdiki, elektr
maydoni kuch chiziqlari berk emas - ular musbat zaryadlangan
simdan boshlanib manfiy zaryadlangan simda tugaydi, magnit
maydoni kuch chiziqlari esa berk - ularning boshi ham, oxiri ham
yo'q.
Elektr maydonining eng oddiy ko'rinishi qo'zg'almas elektr
zaryadlarning maydoni hisoblanadi va u elektrostatik maydon deb
ataladi. Bu maydonning har bir nuqtasi kuchlanganlik vektori
E
bilan tavsiflanadi.
Elektr maydonining kuchlanganligi unga kiritilgan nuqtali
zaryadga maydon tomonidan ta'sir etayotgan kuchning shu zaryadga
nisbatiga teng. Kuchlanganlik vektorining yo'nalishi nuqtali zaryadga
ta'sir etayotgan kuch vektorining yo'nalishi bilan mos tushadi,
binobarin:
m
V
s
А
m
s
V
A
Kl
m
Jl
Kl
N
q
F
E
0
ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI
21
Nuqtali zaryad deb, shunday jism zaryadiga aytiladiki, uning
o'lchami juda kichik bo'lib zaryadi tadqiq etilayotgan maydon
ko’rinishiga ta'sir etmaydi.
Agar
q
0
=1
bo'lsa, u holda
F
E
bo'lib, elektr maydonining
kuchlanganligi son jihatdan birlik zaryadga maydon tomonidan ta'sir
etadigan kuchga teng bo'ladi.
Kuchlanganligi barcha nuqtalarda bir xil bo'lgan maydon bir
jinsli maydon deb ataladi.
|
| |