ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI
12
O'zbekistonda elektrotexnikaning rivojlanishiga doir tarixiy
ma'lumotlar
Sobiq Turkistonning O'zbekiston hududiga taalluqli qismidagi
barcha elektr stansiyalarining quvvati XX asr boshlarida 3000 kVt
bo'lib, jami 3,3 mln. kVtsoat elektr energiya ishlab chiqarilgan
hamda aholi jon boshiga yiliga 1 kVtsoat to'g'ri kelgan.
Barcha mavjud sanoat korxonalarida 140 ta xususiy elektr
stansiyalar mavjud bo'lib, eng kuchli elektr stansiya neft qazib olish
korxonalarida-Chimyon qishlog'i (650 kVt) hamda Qovunchidagi
shakar-qand zavodida (442 kVt) edi.
Toshkent shahrida dastlabki dizel elektr stansiya 1910 yilda
qurilgan va uning quvvati 125 kVt bo'lgan. 1911-1912 yillarda
Toshkent tramvaylari uchun Belgiya hissadorlik jamiyati qurib ishga
tushirgan issiqlik elektr stansiyasi har biri 290 kVt quvvatli beshta
o'zgarmas tok generatoridan tarkib topgan edi. Bu generatorlarning
umumiy quvvati 1450 kVt (2159 ot kuchi), kuchlanishi esa 600 V
bo'lib, ularni dizel agregatlari harakatga keltirar edi.
Rus savdogari Davidov qurdirgan elektr stansiya (231 kVt)
gidroelektr stansiya (GES) bo'lib, suv turbinasining quvvati 200 ot
kuchiga teng, stansiya qo'shimcha quvvatini 260 ot kuchli Volf
lokomotivi ta'minlar edi.
Qishloq xo'jaligida va paxta tozalash zavodlarida bor-yo'g'i 4 ta
elektr motor o'rnatilgan edi. Toshkent, Samarqand, Qo'qon, Farg'ona,
Andijon shaharlarida atigi 2-3 tadan ko'cha elektr energiya hisobiga
yoritilardi. Eng badavlat kishilar xonadoni elektr ta'minotidan
bahramand bo'lgan.
Bir guruh tadbirkorlar - Belgiya hissadorlik jamiyati a'zolari
Toshkent atrofida va Farg'ona viloyatida GES qurishni, uning
energiyasini Qo'qon, Andijon va Namanganga 60 kV kuchlanishli
elektr uzatish liniyasi yordamida uzatishni rejalashtirgan edilar.
Afsuski, bu rejalar uzoq yillar amalga oshmadi.
1920 yillarda O'zbekiston shaharlarida bir necha dizel issiqlik
elektr stansiyalar (IES) ishga tushirildi. Buxoro (490 kVt), Samarqand
(360 kVt), Qo'qon (395 kVt), Marg'ilon (75 kVt), Termiz (89 kVt),
Qarshi, Vobkent, Xovos va boshqa shaharlardagi IESlar shular
jumlasidandir.
1926 yilning 1 mayida Toshkentda Bo'zsuv GESining (loyiha
quvvati 4000 kVt) birinchi navbati (2000 kVt, har biri 1000 kVt dan 2
ta agregat), 1929 yilda uchinchi agregat va 1936 yilning aprelida
to'rtinchi agregat ishga tushirildi (hozir bu stansiya binosi
O'zbekiston energetiklari muzeyi). 1924-1928 yillarda O'zbekiston
Respublikasi elektr energetika xo'jaligi quvvati 2400 kVt dan 12600
ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI
13
kVt gacha ko'paydi. Jami elektr energiya ishlab chiqarish 10
barobarga oshdi.
Toshselmash
zavodining
qurilishi
kuchli
energetik
baza
yaratishni taqozo etdi. Shu sababli Toshkentda dizel elektr stansiya
ishga tushirildi.
Respublikamizning
bir
qator
sanoat
korxonalarida-
Kattaqo'rg'on yog'-moy zavodi, Andijon neft tarmoqlari va boshqa
yirik korxonalarda yangi elektr stansiyalar qurildi, eskilari esa qayta
jihozlandi. Natijada 1937 yilga kelib zavod va fabrikalar elektr
stansiyalarining quvvati 25,4 ming kVtga yetdi.
1937-1940 yillarda elektr energiya ishlab chiqarish tez
suratlarda o'sib bordi. Chirchiq IES (12000 kVt), Quvasoy IES (12000
kVt) ishga tushirildi. Oq-tepa va Darg'om GESlari qurilishi boshlandi.
Sanoat korxonalarida elektr motorlarni ishlatish ko'lamlari
kengaydi.
Shu davrlarda elektr ta'minotini markazlashtirish darajasi ham
keskin ko'tarildi. Agar 1925 yilda markazlashgan elektr ta'minoti
umumiy talabning 12,2%ini tashkil etgan bo'lsa, 1937 yilda bu
ko'rsatgich
72%ga
yetdi.
Umumenergetik
balansda
elektr
energiyasining solishtirma ko'rsatkichi-elektrlashtirish koeffitsiyenti
1925-1926 yillardagi 22,5 foizdan 1940 yilda 81,6 foizga yetdi. Elektr
jihozlanganlik koeffitsiyenti 1940 yilda 3,31 marta ko'paydi.
Sobiq Ittifoqning markaziy hududlaridan ko'chirilgan sanoat
korxonalarini elektr energiya bilan uzluksiz ta'minlash Chirchiq
kanalida Oqqovoq GES larini loyihalab qurishni taqozo etdi. 1943
yilning
yanvaridayoq
quruvchilarning
ulkan
jasoratu-shijoati
natijasida Oqtepa GES va shu yilning mart oyida Oqqovoq GES va
sentyabrda 3-Oqqovoq GESlar misli ko'rilmagan tez muddatlarda
ishga tushirildi. Bu O'zbekiston xalqining buyuk mehnat shijoati va
g'alabasi edi.
Insoniyat tarixidagi eng vaxshiyona va ayovsiz jahon urushi
(1939-1945 y.) davrida O'zbekistonda beshta yangi GES qurish
haqida Davlat Mudofaa qo'mitasining qarori qabul qilindi (1942 yil 18
noyabr). Bular - Farhod, Solar, 1- va 2- Bo'zsuv GESlari hamda
Oqqovoq GESlarining ikkinchi navbati edi.
O'sha davrda loyiha quvvati jihatidan dunyodagi eng kuchli
GESlar qatoriga kirgan Farhod GES (loyiha quvvati 125000 kVt)
qurilishi 1942 yilning noyabr oyida boshlandi. Urush yillarida 6 ta
yirik GES ishga tushirildi. Toshkent yonidagi GES (1943 yil mart
oyida), Bo'zsuv GESi (1944 yil) shular jumlasidandir. Shovot,
Shahrixon, Yangiariq GESlar qurilishlari keng ko'lamda tezkorlik
bilan olib borildi. 1940 yilga nisbatan elektr energiya ishlab chiqarish
2,5 marta ko'paydi (1940 yil 481,8 mln. kVt s, 1945 yil 1185,7 mln.
kVt s).
ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI
14
Elektr stansiyalarda o'rnatilgan generatorlar quvvati 170,1 dan
300,1
MVtga
yetdi.
Respublika
energetika
bazasining
mustahkamlanishi sanoat tuzilmasini batamom qayta qurib, qator
yangi sohalarni rivojlantirishga asosiy turtki bo'ldi. Og'ir sanoat
keskin rivoj topdi. 1944 yilda esa Bekobod metallurgiya zavodi po'lat
quymalarini tuhfa etdi.
Kimyo,
mashinasozlik,
elektrotexnika
va
boshqa
soha
mahsulotlari hajmi keskin ortdi.
Natijada jami ishlab chiqarishda og'ir sanoat ulushi 1940 yildagi
13,3 foizdan 1945 yilda 47,3 foizga ko'paydi.
Ammo, yengil sanoat (paxta tozalash, oziq-ovqat) ulushi 1940
yillari 61,1 foizdan 39,1 foizgacha kamayganini ham e'tirof etish joiz.
1948 yilda Farhod GESining birinchi navbati ishga tushirildi. Bu
O'zbekiston
energetikasi
tarixidagi
eng
ulkan
zafarli
davr
hisoblanadi.
GESning
ishga
tushirilishi
Toshkent-Farg'ona
energetika sistemalarini birlashtirishga asos soldi.
1- va 2-Oqqovoq, 2- va 3-Bo'zsuv, Shahrixon, Qumqo'rg'on
GESlari qatori shu davrda Angren, Qo'qon IESlari va o'nlab boshqa
sanoat yo'nalishidagi stansiyalar ishga tushirildi.
1945-1956 yillarda elektr energiya ishlab chiqarish 1940 yilga
nisbatan 5,5 marta, ishlab chiqarishning jihozlanganlik ko'rsatkichi
16,5 marta ko'paydi. 1951-1955 yillarda o'nlab yangi stansiyalar,
xususan, Toshkentda Shayxontohur va 2 ta yangi Bo'zsuv GESlari,
Chirchiqda Yoshlar GESi ishga tushirildi, Toshkent issiqlik
markazining quvvati ikki marta oshirildi. Andijonda 7-Shahrixon
GESi qurildi. Farg'ona viloyatida Quvasoy GESning quvvati 3 marta
ko'paytirildi. Angren IES qurilishi jadallashdi, Qayroqqum GES
qurilishi qardosh O'zbekiston va Tojikiston energetikasining rivojiga
alohida ahamiyat kasb etdi.
Chirchiq-Bo'zsuv GESlari qurilishi natijasida nafaqat elektr
energiya ishlab chiqarish ko'paydi, balki bu gidrotexnik inshootlar
qo'shimcha 70 ming gektar qo’riq yerni o'zlashtirish imkonini berdi.
Farxod GES va Qayroqqum suv ombori qurilishlari 300 ming gektar
yerga obi-hayot baxsh etdi.
1951 yil esa O'zbekiston olimlari uchun ulkan zafar yili bo'ldi.
Sobiq
Ittifoqda
eng
birinchi
to'liq
avtomatlashtirilgan
va
telemexanizatsiyalashgan stansiyalar majmui sifatida o'zbek energiya
sistemasi GESlari ro'yxatga olindi.
O'zbekistonda bu davr asosan issiqlik stansiyalarni loyihalash,
qurish va ishga tushirish davri bo'ldi. 1958 yilda Angren GRESning
birinchi navbati (umumiy loyiha quvvati 600000 kVt) ishga tushirildi.
Toshkent energiya sistemasi GESlar bilan bu stansiya elektr energiya
iste'molchi grafigini barcha rejimlarda tartibga tushirish va eng
samarali rostlash imkonini yaratdi.
ELEKTROTEXNIKANING NAZARIY ASOSLARI
15
1960 yilda Navoiy GRESi (loyiha quvvati 840 mVt), 1961 yilda
esa Toshkent GRESi (loyiha quvvati 1800 MVt) qurilishi boshlandi.
1963 yilda esa Toshkent GRESida birinchi energetik blok (150
mVt) ishga tushirildi. Taxiatoshda yangi 2 ta energoblok (quvvati 100
mVtdan) ishlatildi. Bu stansiya Xorazm hamda Qoraqalpog'iston
elektr ta'minotida va iqtisodiyotida muhim o'rin tutadi. Olmaliq va
Farg'ona issiqlik energetik markazlari kengaytirildi.
Chorbog' gidroenergetik qurilishining ahamiyatini ayniqsa, o'z
vaqtida qilingan ishlar qatorida munosib baholash joiz. Suv ombori
deyarli 2 mlrd. m3 bo'lib, doimiy ravishda 300 ming gektar yerni
sug'orish imkonini yaratdi. GES quvvati 600 MVt (har biri 150 MVt li
4 ta gidrogeneratorlar).
Qurilishlar nafaqat elektr ta'minot, balki irrigatsiya masalalarini
kompleks hal etishga qaratilganligini alohida ta'kidlash kerak.
Chorbog' GES qurilishi umuman Chirchiq-Bo'zsuv tizimida barcha
GESlar ish rejimining samarasini oshirish hamda qo'shimcha 160 MVt
arzon elektr quvvati olish imkonini yaratdi.
1965 yilda barcha elektr stansiyalar quvvati 2816,6 MVtga yetdi.
Shundan GESlar quvvati 2270,5 MVt bo'lib, 9 mlrd. kVt soat elektr
energiya ishlab chiqardi.
Transformator nimstansiyalarida jami o'rnatilgan quvvat esa 45
mln. kVAga yetdi.
1970 y. kelib respublikani yalpi elektrlashtirish nihoyasiga yetdi
va O'zbekiston yalpi elektrlashgan o'lkaga aylandi.
Gidroenergetika. O'zbekiston energetika sistemasida jami 27 ta
GESlarda o'rnatilgan quvvatlar 1420 MVtni tashkil etadi. 2002 yili
ularda 6331, 2 mlrd. kVt"s elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
Respublikadagi eng yirik GESlar bo'yicha ma'lumotlar 1-
jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Nomi
O'rnatilgan
quvvatlar,
MVt
Turbina-
lar soni
Qurilgan yillari
Suv
manbai
Chorvoq GES
620,5
4
1970-1972
Chirchiq
Xo'jakent GES
165
3
1976
Chirchiq
G’azalkent GES
120
3
1980-1981
Chirchiq
Farhod
126
4
1948-1949
Sirdaryo
|