S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev




Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/183
Sana25.01.2024
Hajmi10,28 Mb.
#145814
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   183
Bog'liq
Axborot xavfsizligi

Tarmoqlararo ekranlarni ulashning asosiy sxemalari. Korpo- 
rativ tarmoqni global tarmoqlarga ulaganda himoyalanuvchi tarmoq­
ning global tarmoqdan va global tarmoqning himoyalanuvchi tar­
moqdan foydalanishini cheklash, shuningdek, ulanuvchi tarmoqdan 
global tarmoqning masofadan ruxsatsiz foydalanishidan himoya- 
lashni ta’minlash lozim. Bunda tashkilot o‘zining tarmog'i va uning 
komponentlari xususidagi axborotni global tarmoq foydalanuvchila- 
ridan bekitishga manfaatdor. Masofadagi foydalanuvchilar bilan ish- 
lash himoyalanuvchi tarmoq resurslaridan foydalanishning qat’iy 
cheklanishini talab etadi.
Tashkilotdagi korporativ tarmoq tarkibida ko‘pincha himoyala- 
nishning turli sathli bir necha segmentlarga ega boTishi ehtiyoji 
tug‘iladi:
- bemalol foydalaniluvchi segmentlar (masalan, reklama 
WWW-serverlari);
- foydalanish chegaralangan segmentlar (masalan, tashkilot- 
ning masofadagi uzellari xodimlarining foydalanishi uchun);
- yopiq segmentlar (masalan, tashkilotning moliya lokal qism 
tarmog'i).
Tarmoqlararo ekranlarni ulashda turli sxemalardan foydalanish 
mumkin. Bu sxemalar himoyalanuvchi tarmoq ishlashi sharoitiga 
hamda ishlatiladigan brandmauerlaming tarmoq interfeyslari soniga 
va boshqa xarakteristikalariga bogTiq. Tarmoqlararo ekranni ulash­
ning quyidagi sxemalari keng tarqalgan:
- ekranlovchi marshrutizatordan foydalanilgan himoya sxema­
lari;
- lokal tarmoqni umumiy himoyalash sxemalari;
2 1 5


- himoyalanuvchi yopiq va himoyalanmaydigan ochiq qismtar- 
moqli sxemalar;
- yopiq va ochiq qism tarmoqlami alohida himoyalovchi sxe­
malar.
Ekranlovchi marshrutizatordan foydalanilgan himoya sxemasi.
Paketlami filtrlashga asoslangan tarmoqlararo ekran keng tar- 
qalgan va amalga oshirilishi oson. U himoyalanuvchi tarmoq va bo‘- 
lishi mumkin bo‘lgan g ‘anim ochiq tarmoq orasida joylashgan ek­
ranlovchi marshrutizatordan iborat (8.10-rasm).
Ekranlovchi marshrutizator (paketli filtr) kiruvchi va chiquvchi 
paketlami ulaming adreslari va portlari asosida blokirovka qilish va 
filtrlash uchun konfiguratsiyalangan.
8.10-rasm. Tarmoqlararo ekran - ekranlovchi 
marshmtizator.
Himoyalanuvchi tarmoqdagi kompyuterlar Intemetdan to‘g ‘ri- 
dan-to‘g ‘ri foydalana oladi, Intemetning ulardan foydalanishining 
ko‘p qismi esa blokirovka qilinadi. Umuman, ekranlovchi marshru­
tizator yuqorida tavsiflangan himoyalash siyosatidan istalganini 
amalga oshirishi mumkin. Ammo, agar marshrutizator paketlami 
manba porti, kirish va chiqish yoTi portlari nomeri bo‘yicha filtrla- 
masa, "oshkora mxsat etilmagani man qilingan" siyosatini amalga 
oshirish qiyinlashadi.
Paketlami filtrlashga asoslangan tarmoqlararo ekranning kam- 
chiliklari quyidagilar:
- filtrlash qoidalarining murakkabligi; ba’zi hollarda bu qoida- 
lar majmui bajarilmasligi mumkin;
- filtrlash qoidalarini to‘liq testlash mumkin emasligi; bu tar- 
moqni testlanmagan hujumlardan himoyalanmasligiga olib keladi;
21 6


- hodisalami ro‘yxatga olish imkoniyatining yo‘qligi; natijada 
m a’murga mashrutizatoming hujumga duch kelganligini va obro‘- 
sizlantirilganligini aniqlash qiyinlashadi.
Lokal tarmoqni umumiy himoyalash sxemalari. Bitta tarmoq 
interfeysli brandmauerlardan foydalanilgan himoyalash sxemalari 
(8.11-rasm) xavfsizlik va konfiguratsiyalashning qulayligi nuqtayi 
nazaridan samarasiz hisoblanadi. Ular ichki va tashqi tarmoqlami 
fizik ajratmaydilar, demak, tarmoqlararo aloqaning ishonchli hi- 
moyasini ta’minlay olmaydilar.
Tarmoqlararo
ekran
Ochiq serverlar
8.11- rasm. Bitta tarmoq interfeysli firewall yordamida lokal 
tarmoqni himoyalash.
Lokal tarmoqni umumiy himoyalash sxemasi eng oddiy 
yechim bo‘lib, unda brandmauer lokal tarmoqni tashqi g ‘anim tar- 
moqdan butunlay ekranlaydi (8.12-rasm). Marshrutizator va brand­
mauer orasida faqat bitta yo‘l b o iib , bu yo‘l orqali butun trafik 
ottadi. Brandmaueming ushbu varianti "oshkora ruxsat etilmagani 
man qilingan" prinsipiga asoslangan himoyalash siyosatini amalga 
oshiradi. Odatda marshrutizator shunday sozlanadiki, brandmauer 
tashqaridan ko'rinadigan yagona mashina bo'ladi.
217


Lokal tarmoq tarkibidagi ochiq serverlar ham tarmoqlararo 
ekranlar tomonidan himoyalanadi. Ammo, tashqi tarmoq foydalana 
oladigan serverlami himoyalanuvchi lokal tarmoqlaming boshqa 
resurslari bilan birlashtirish, tarmoqlararo aloqa xavfsizligini jiddiy 
pasaytiradi.
8.12-rasm. Lokal tarmoqni umumiy himoyalash sxemasi.
Tarmoqlararo ekran foydalanadigan xostga foydalanuvchilami 
kuchaytirilgan autentifikatsiyalash uchun dastur o ‘matilishi mum- 
kin.

Download 10,28 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   183




Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev

Download 10,28 Mb.
Pdf ko'rish