IX BOB. OPERATSION TIZIM HIMOYASI
9.1. Operatsion tizim xavfsizligini ta'minlash muammolari
H im oyalangan operatsion tizim tushunchasL
Axborotni hi-
moyalashning aksariyat dasturiy vositalari tatbiqiy dasturlardir.
Ulami bajarish uchun operatsion tizim (ОТ)
tomonidan madadlash
talab etiladi. Operatsion tizim ishlaydigan muhit
ishonchli hisoblash
bazasi deb yuritiladi. Ishonchli hisoblash bazasi operatsion tizim-
ning,
dasturlaming, tarmoq resurslarining, fizik himoyalash vosita-
larining, hatto tashikiliy muolajalaming axborot himoyasini ta’min-
lovchi elementlaming to iiq to‘plamini o‘z ichiga oladi. Bulaming
ichida eng asosiysi himoyalangan operatsion tizim hisoblanadi.
Agar u operatsion tizim tahdidlaming
asosiy sinfidan himoya-
lanish vositalariga ega bo‘lsa,
himoyalangan hisoblanadi. Himoya
langan operatsion tizim tarkibida foydalanuvchilaming ОТ resurs-
laridan foydalanishlarini cheklovchi vositalar hamda operatsion ti
zim bilan ishlashni boshlagan foydalanuvchilaming haqiqiyligini
tekshirish vositalari bo'lishi shart.
Undan tashqari, himoyalangan
ОТ operatsion tizimni tasodifan yoki atayin ishdan chiqarishga
qarshi ta’sir vositalariga ega bo‘lishi shart.
Agar operatsion
tizim barcha tahdidlardan emas, balki bir qan-
cha tahdidlardangina himoyalanishni ko‘zda tutsa, bunday ОТ
qis-
man himoyalangan deb yuritiladi.