"KRONA" kompleksi (10.9-rasm) quyidagi muolajalami baja-
rishga moijallangan:
• hozirgi kunda ma’lum barcha niqoblash vositalaridan foy-
dalanuvchi radiozakladkalami aniqlash va lokalizatsiyalash. Z GGs
gacha diapazonda ishlaydi (qo’shimcha konvertor bilan 18 GGs
gacha). Ma’lumotlami uzatuvchi raqamli kanallami va axborotni ra-
diokanal bo‘yicha uzatuvchi yashirin videokameralami avtomatik
tarzda aniqlash imkoniyatiga ega. Mavjud dasturiy ta ’minot radio
zakladkalami yuqori darajada ishonchlilikda aniqlashga imkon
beradi;
• himoyalanuvchi obyektdagi elektromagnit ahvolni muttasil
monitoringlash. Dasturiy ta’minot yangi yoki ma’lum signallar para-
metrlarini qidirish va baholash, chastota diapazonini nazoratlash,
qayd etilgan chastotalami nazoratlash va h. masalalarini yechishga
imkon beradi.
"KRONA Pro" kompleksi ko‘p kanalli kompleks bo’lib, radio-
nurlanuvchi vositalami aniqlashda va radiomonitoringni amalga
oshirishda qo‘llaniladi. Nazorat diapazoni 10..3000 MGs (qo’shim-
cha konvertor bilan 18000 MGs gacha). Ushbu kompleks yashirin
radiouzatuvchi radiokameralami, ma’lumotlami uzatuvchi raqamli
kanallami avtomatik tarzda aniqlaydi. O’matilgan joyni topish aniq-
ligi 10 sm gacha, avtonom ta’minot 2 soatgacha. Kompleks axbo
rotni ruxsatsiz oluvchi vositalami aniqlash imkoniyatiga ega.
24 8
10.9-rasm. "KRONA" rusumli avtomatlashtirilgan qidiruv
kompleksi.
Yuqorida ko‘rilgan avtomatlashtirilgan qidiruv komplekslari
standart kompyuterlarda va oddiy ko‘chmas skanerlovchi priyom-
niklar asosida qurilgan. Maxsus qidiruv dasturiy - apparat vositalar
alohida guruhga ajratiladi. Masalan, RK855-S, ScanbockSelectPlus,
OSCOROSC-5QOO Deluxe (10.10-rasm).
10.10-rasm. OSCOR OSC-5000 DeLuxe rusumli maxsus
avtomatlashtirilgan qidiruv kompleksi.
Ular radiozakladkalami avtomatik tarzda qidirishga mo‘ljallan-
gan. Komplekslar tarkibida maxsus skanerlovchi priyomnik, mikro-
protsessor va test akustik signal generatori yoki tovushsiz korrelya-
2 4 9
tor mavjud. Bunday komplekslaming asosiy xarakteristikasi -
unumdorlik, ya’ni aniqlangan signalni radiozakladka signallari
sinfiga taalluqli ekanligiga sarflangan vaqtni inobatga olgan holda
radiodiapazonni tahlillash tezligi.