Nazorat savollari:
1. Axborotni himoyalashda qo‘llaniladigan dasturiy vositalar-
ning shartli ravishda qanday guruhlarga ajratish mumkin?
2. Axborotni kriptografik himoyalashning dasturiy vositalarini
ishlash prinsipini tushuntiring.
3. Tarmoqni himoyalashning dasturiy vositalarini tavsiflab be
ring.
4. VPN tarmoqlami qurish dasturiy vositalarini ishlash prinsi
pini tushuntirib bering.
5. Himoyalanganlikni tahlillovchi dasturiy ilovalaming ahami-
yati.
6. Antivirus vositalarining operatsion tizimlami himoyalashda
tutgan o ‘mi.
237
X BOB. AXBOROT SIRQIB CHIQISH KANALLARI
10.1. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar va ularning
turkumlanishi
Axborotning texnik kanal bo‘yicha sirqib chiqishi nuqtayi na-
zaridan obyekt modeli o ‘zaro va tashqi muhit bilan bog‘langan ax
borot, energetik, moddiy tizimlami o ‘z ichiga oladi (10.1-rasm).
Kirish yo‘li
Chiqish yo‘li
10.1-rasm. Obyekt modeli.
Axborot tizimi energetik tizim bilan va u orqali tashqi muhit
bilan o‘zaro ta’sirda bo‘ladi. Energetik tizim orqali axborot sirqib
chiqadigan kanal shakllanishi mumkin. Obyektning energetik tizi-
mining tashqi muhitga ta’siri natijasida niqobni ochuvchi akustik
maydon yaratiladi. Energetik tizim moddiy tizim bilan ham o ‘zaro
ta’sirda bo’ladi va natijada, tebranma (mexanik) maydon shaklla-
nadi. Tebranma maydon axborot tizimi signalini modulyatsiya qili-
shi mumkin. Har bir tizim o'zining elementlariga, bog‘lanishlari-
ning ichki strukturasiga, o‘zgaruvchi parametrlari soniga hamda
2 3 8
tashqi muhit orqali o ‘zaro ta’siriga bog‘liq cheklashlarga ega.
Obyektlaming ishlashi ulaming haqiqiy maqsad va vazifalarini ku-
zatishdan bekitadi. Har bir tizimda axborot sirqib chiqadigan texnik
kanallar mavjud.
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallar deganda, texnik vo-
sitalaming ishlash jarayonida paydo bo‘luvchi turli tabiatli qo‘shim-
cha nurlanish hisobiga, axborotning bexosdan uzatilishi tushuniladi.
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanalning strukturasi 10.2 -
rasmda keltirilgan.
10.2-rasm. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanal strukturasi.
Kanal kirish yo‘liga dastlabki signal ko‘rinishidagi axborot
qabul qilinadi.
Dastlabki signal - axborot manbaidan olinadigan axborot
eltuvchisidir. Quyidagi signal manbalarini ko‘rsatish mumkin:
• elektromagnit va akustik toiqinlarini qaytaruvchi kuzatuv
obyekti;
• o ‘zidan optik va radio diapazonlaridagi elektromagnit
to'lqinlarini tarqatuvchi kuzatuv obyekti;
• fimksional aloqa kanalining uzatuvchi qurilmasi;
• yashirincha o ‘matilgan qurilma;
• xavfli signal manbai;
• axborot bilan modulyatsiyalangan akustik to‘lqinlar manbai.
Kanal kirish yo‘liga manbadan axborot signali manba tilida
(harf, raqam, matn, simvollar, belgilar, tovush signallari va h. ko‘-
rinishida) qabul qilinganligi sababli, uzatuvchi qurilma axborotning
ushbu ifodalanish shaklini tarqalish muhitiga mos axborot eltuv-
chisiga yozishni ta’minlovchi shaklga o‘zgartiradi.
2 3 9
Uzatish muhiti - eltuvchi ko‘chib yuruvchi fazoning qismi. U
eltuvchining ko‘chib yurishi shartlarini belgilovchi fizik parametrlar
nabori orqali xarakterlanadi. Tarqalish muhitini tavsiflashda quyida-
gi asosiy parametrlami hisobga olish zarur:
• subyektlar va moddiy jismlar uchun fizik to‘siqlar;
• masofa birligidagi signalning susayish o'lchovi;
• chastota xarakteristikalari;
• signal uchun xalallar ko‘rinishi va quvvati.
Qabul qiluvchi qurilma quyidagi vazifalami bajaradi:
• qabul qiluvchiga kerakli axborot eltuvchisini tanlash;
• qabul qilingan signalni axborotni olishni ta’minlovchi qiy-
matigacha kuchaytirish;
• eltuvchidan axborotni olish;
• axborotni qabul qiluvchiga (insonga, texnik qurilmaga) tu-
shunarli signal shakliga o'zgartirish va signalni xatosiz o'zlashtirili-
shiga yetarli qiymatgacha kuchaytirish.
Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallaming turkumlanishi
10.3-rasmda keltirilgan.
Axborot eltuvchining fizik tabiati bo'yicha quyidagi axborot
sirqib chiqadigan texnik kanallar farqlanadi:
• radioelektron;
• akustik;
• optik;
• moddiy.
Axborot sirqib chiqadigan radioelektron kanalda eltuvchi sifa-
tida radiodiapazondagi elektrik, magnit va elektromagnit maydonlar
hamda metall o ‘tkazuvchilar bo'yicha tarqaluvchi elektr toki (elekt-
ronlar oqimi) ishlatiladi. Radioelektron kanalning chastotalar diapa-
zoni quyidagicha:
• past chastotali 10-1 km (30-300 KGs);
• o'rta chastotali 1 km-100 m (300 KGs-3MGs);
• yuqori chastotali 100-10 m (3-30 MGs);
• ultra yuqori chastotali 10-lm (30-300 MGs);
• o ‘ta yuqori chastotali 10-Ism (3-30 GGs).
2 4 0
A x b o r o t s i r q i b c h i q a d i g a n t e x n i k k a n a l l a r
10.3-rasm. Axborot sirqib chiqadigan texnik kanallaming
turkumlanishi.
Akustik kanalda axborot eltuvchisi sifatida muhitda tarqaluv-
chi akustik to‘lqinlar ishlatiladi. Akustik kanalning chastotalar dia-
pazoni quyidagicha:
• infratovush 1500-75 m (l-20Gs);
• pastki tovush 150-5m (l-300Gs);
• tovush 5-0,2m (300-16000Gs);
• ultratovush -16000 Gsdan 4 MGs gacha.
Optik kanaldagi axborot eltuvchisi - elektromagnit maydon
(fotonlar). Optik diapazon quyidagilarga boiinadi:
• uzoq infraqizil qism. Diapazon 100-10mkm (3-300TGs);
» o ‘rta va yaqin infraqizil qism. Diapazon 10-0,76 mkm (30
400 TGs);
• ko‘rinadigan diapazon (ko‘k-yashil-qizil). Diapazon 0,76-0,4
mkm (400-750 TGs).
Moddiy kanalda axborotning sirqib chiqishi himoyalanuvchi
axborotli eltuvchilaming nazoratlanuvchi zona tashqarisiga ruxsat-
241
siz tarqalishi hisobiga ro‘y beradi. Eltuvchi sifatida ko‘pincha huj-
jatlar qo‘l yozmasi va ishlatilgan nusxalash qog‘ozlari ishlatiladi.
Informativligi bo‘yicha axborot sirqib chiqadigan kanallar in-
formativ, informativligi kam va informativ emaslarga bo‘linadi. Ka-
nal informativligi kanal bo‘yicha uzatiluvchi axborot qiymati orqali
baholanadi.
Faollik vaqti bo ‘yicha kanallar doimiy, davriy va tasodifiylar-
ga bo‘linadi. Doimiy kanalda axborot sirqib chiqishi yetarlicha
muntazam xarakterga ega. Tasodifiy kanallarga axborot sirqib chi
qishi tasodifiy, bir martalik xarakterga ega bo‘lgan kanallar tegishli.
Axborot sirqib chiqadigan kanallaming amalga oshirilishi
natijasida quyidagi xavflar paydo bo‘lishi mumkin:
• akustik axborotning sirqib chiqishi xavfi;
• tasviriy axborotning sirqib chiqishi xavfi;
• axborotning qo‘shimcha elektromagnit nurlanishlar va na-
vodkalar bo‘yicha sirqib chiqishi xavfi.
Strukturalari b o ‘yicha axborot sirqib chiqadigan kanallar bir
kanalli va ko‘p kanalli bo‘lishi mumkin. Ko‘p kanallilarda axborot
sirqib chiqishi bir qancha ketma-ket yoki parallel kanallar bo‘yicha
bo'ladi.
|