Nazorat savollari: 1. Elektromagnit nurlanish indikatorining ishlash sxemasini
tushuntirib bering.
2. Radiochastotomerlaming ishlash rejimlarini tushuntirib be
ring.
3. Skanerlovchi qurilmalaming axborot sirqib chiqishidan hi-
moyalashdagi ahamiyati.
4. Shaxsiy kompyuterlar asosida qurilgan avtomatlashtirilgan
qidiruv kompleksi.
10.3. Obyektlarni injener himoyalash va texnik qo'riqlash Axborot manbalarini fizik himoyalash tizimi niyati buzuqning
himoyalanuvchi axborot manbalariga suqilib kirishini oldini oluvchi
hamda tabiiy ofatdan, avvalo yong‘indan, ogohlantiruvchi vositalar-
ni o‘z ichiga oladi.
Injener konstruksiyalar tahdid manbalarini axborot manbalari
tomon harakati (tarqalishi) yo‘lida ushlab qoluvchi to‘siqlami yara-
tadi. Ammo axborotni himoyalashni ta’minlash uchun tahdidlami
niyati buzuqning va tabiiy ofatning himoyalanuvchi axborotli man-
baga ta’siridan oldin neytrallash zarur. Buning uchun tahdid neyt- rallash vositalari tomonidan aniqlanishi va oldi olinishi zarur. Bu
masalalar axborot manbalarini texnik qo ‘riqlash vositalari tomoni
dan hal etiladi.
Axborotga tahdidlaming turlari va ro‘y berishi vaqtining no-
aniqligi, axborotni himoyalovchi vositalaming ko‘p sonliligi va turli
- tumanligi, favqulot vaziyatlardagi vaqtning tanqisligi, axborotni fizik himoyalash vositalarini boshqarishga yuqori talablar qo‘yadi.
Boshqarish quyidagilami ta’minlashi lozim:
• axborotni himoyalashning umumiy prinsiplarini amalga
oshirish;
2 5 0
• axborotni fizik himoyalash tizimini va uni sirqib chiqishidan
himoyalash tizimini yagona doirada ishlashini muvofiqlashtirish;
• axborotni himoyalash bo'yicha operativ qaror qabul qilish;
• himoya choralarining samaradorligini nazoratlash.
Fizik himoyalash tizimini boshqarish bo‘yicha m e’yoriy
hujjatlar axborotni himoyalash bo‘yicha yo‘riqnomalarda o ‘z aksini
topgan. Ammo yo‘riqnomalarda barcha vaziyatlami hisobga olish
mumkin emas. Fizik himoyalash tizimining vositalari vaqt tanqisligi
sharoitida notipik vaziyatlar sodir bo'lganida to ‘g ‘ri xulosa qabul
qilinishini ta’minlashi lozim.
Axborotni himoyalash uning samaradorligini nazoratlamasdan
amalga oshirish mumkin bo‘lmaganligi sababli, boshqarish tizimi
ning muhim vazifasi - himoyalash bo‘yicha choralami turli xil na-
zoratlashni tashkil etish va amalga oshirishdir.
Fizik himoyalash tizimining tarkibi turli-tuman: oddiy qulfli
yog‘och eshikdan to qo‘riqlashning avtomatlashtirilgan tizimigacha.
Fizik himoyalash tizimning umumlashtirilgan sxemasi 10.11-rasmda
keltirilgan.
Obyektlami injener himoyalash va texnik qo‘riqlash zaruriyati
statistika orqali tasdiqlanadi, ya’ni suqilib kirishlaming 50% dan
ko‘prog‘i xodimlar va mijozlar tomonidan erkin foydalaniladigan
obyektlarga amalga oshirilsa, faqat 5 % kuchli qo‘riqlash rejimli
obyektlarga amalga oshiriladi.
Niyati buzuqlaming suqilib kirishlari yashirincha, instrument
yordamida yoki portlatish orqali injener konstruksiyalarini mexanik
buzish bilan amalga oshirilishi mumkin. Ba’zi hollarda suqilib ki-
rishlar qorovullami neytrallash bilan harbiy hujum ko‘rinishida
amalga oshiriladi.
Axborotni injener himoyalashni quyidagilar ta’minlaydi:
• niyati buzuqning va tabiiy ofatning axborot manbalariga
(yoki qimmatbaho narsalarga) qarab harakat qilishi mumkin bo‘lgan
yo‘ldagi tabiiy va sun’iy to ‘siqlar;
• foydalanishni nazoratlovchi va boshqaruvchi tizimlaming
to‘suvchi qurilmalari.
251
10.11-rasm. Axborot manbaini fizik himoyalash tizimining
strukturasi.